Axmedova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


Falsafaning hozirgi davr rivojidagi global va mintaqaviy xususiyatlari



Download 0,73 Mb.
bet27/233
Sana31.12.2021
Hajmi0,73 Mb.
#214277
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   233
Bog'liq
falsafa darslik Axmedova

Falsafaning hozirgi davr rivojidagi global va mintaqaviy xususiyatlari

Hozir biz yashayotgan davr bashariyat tarixida muhim ahamiyatga ega. Butun dunyo uchun global oqibatlarga ega bo‘lgan hodisa va jarayonlar bugun uchun ham, kelajak uchun ham uning zimmasida. Bular fan-texnika revolyusiyasi va uning natijalari, «sotsializm» dunyosining tuzilishi va parchalanishi, klassik va yakka hokim (monopolistik) kapitalizmning inqirozi va sifat transformatsiyasi, imperiya va kolonial tizimlarning yemirilishi, ikkita jahon urushi, yadro urushi tahdidi, «sovuq urush» va «keskinlikni yumshatish», bipolyar dunyoning tugatilishi, global muammolarning paydo bo‘lishi, xalqaro terrorchilikning tarqalishi (ekspansiyasi) va hokazolardir. Albatta, butun insoniyat manfaatlariga daxldor bu jarayonlar dunyo falsafasida o‘z aksini topmasligi mumkin emas. Bu ssientizm, kapitalizm va sotsializmni falsafiy tanqid qilishda, inson hayoti, barqarorlik va insonparvarlik muammolariga jiddiy e'tiborning qaratilishida namoyon bo‘ldi. Bu muammolarning tadqiqotlari falsafa va ijtimoiy-siyosiy fikrlashda yangi yo‘nalish­lar: texnika falsafasi, tazyiq o‘tkazmaslik falsafasi, hayot falsa­fasi, modern va postmodern falsafasi, falsafiy germenevtika, falsafiy aksiologiya, falsafiy komparati­vis­tika, global etika, fanlar etikasi, konvergensiya nazariyasi kabilarning paydo bo‘lishiga olib keldi.

Sanalgan falsafiy muammolar va yo‘nalishlar XX asr falsafasi rivojidagi global yo‘nalishlar tarziga ega bo‘ldi. Dunyo falsafasining mana shu global yo‘nalishlari bilan bir qatorda falsafiy va mafkuraviy oqimlarning kontinental, mintaqaviy va milliy tarzga ega o‘ziga xos xususiyatlari ham mavjud.

Masalan, Afrikadagi falsafa milliy o‘ziga xoslikka ega: Senegalning sobiq prezidenti Leopold Sedar Sengorning negrlar falsafasi «negrityud» va Aleksis Kagamaning bantu-ruanda etnofalsafasi. L.S.Sengor qora kontinent qadriyatlarining o‘ziga xosligini his etish (intuitsiya), ichki kechinma (emotsiya) va ritmda, guruhiy hissiyot va dialog11da ko‘radi.

Shuningdek, zamonaviy latinoamerikacha fikrlashning ham milliy-mintaqaviy koloritga ega falsafiy nazariyalari mavjud: «ozodlik falsafasi», «autentik (haqiqiy) falsafa», «Lotinamerika mohiyati falsafasi», «Meksika mohiyati falsafasi» (Samuel Ramos, Leopoldo Sea va boshqalar). Lotinamerika falsafasi va madaniyatini o‘ziga xosligi to‘g‘risidagi tezisni asoslab, meksika faylasufi L.Sea quyidagi xulosani ifodalaydi: «Buni xohlashadimi, yo‘qmi, Amerikamiz odamlari tarix yaratib, o‘z mohiyati ifodasining shunday shaklini bunyod etadilarki, bunaqasi boshqa tarix va odam ifodasidan topilmaydi. Shuning uchun ularning fikrlashi boshqalarnikidan farq qiladi, shuningdek fikr mazmuni ham farq qilishi kerak. Har bir inson va xalqning paydo bo‘lishi o‘ziga xos bo‘lgani kabi tarix, fikrlash va mazmun ham o‘ziga xosdir»12.

Osiyoning turli mamlakatlarida ham falsafiy nazariyalar o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Shubhasiz, Yaqin va O‘rta Sharq mintaqasi, jumladan hozirgi O‘zbekiston hududida yashagan xalqlarning ham falsafiy tizimlari tarixan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. Arastu va neoplatonizm an'analari bu yerda islom an'analari va tabiiy ilmiy bilimlar rivojining yuksak darajasi bilan qo‘shilib ketgan. Bu yerda yevropadan farq qiladigan, o‘ziga xos ta'limotning shakli – tasavvuf (so‘fiylik) paydo bo‘lgan.

SSSRning parchalanishi natijasida vujudga kelgan tarixiy sharoitning o‘ziga xos xususiyatlari yangi mustaqil davlatlar, jumladan mustaqil O‘zbekistonda ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega falsafiy fikr rivojlanishiga sabab bo‘ladi.


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish