Axmedova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 0,73 Mb.
bet201/233
Sana31.12.2021
Hajmi0,73 Mb.
#214277
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   233
Bog'liq
falsafa darslik Axmedova

2-§. Ekologik muammo
«Ekosofiya»ning falsafaning muayyan, juda o‘ziga xos qismi sifatida shakllanishi bir qator bosqichlarni bosib o‘tdi:

  • XX asrning 50-yillari: ekologiyada ahvol yaxshi emasligini qayd etish;

  • 60-godы: nazariy idrok etish uchun dastlabki urinishlar;

  • 70-yillar: ijtimoiy harakatlarning amaliy faoliyatining boshlanishi («yashillar» va boshqalarning);

  • 80-yillar: aniq-ravshan bayon qilingan tamoyillar asosida harakatlar amaliyotini ishlab chiqish;

  • 90-yillar: global ekologik tafakkurning shakllanishi.

«Ekosofiya»ning rivojlanishiga A,Pechchei, G.Kommoner, A.King, L.Braun, D.Medouz, G.Kan, J.Forrester, E.Pestel va boshqalar salmoqli hissa qo‘shdilar.

Hozirgi zamon globalistikasi ishlab chiqish bilan shug‘ullanayotgan xalqaro nohukumat tashkiloti - Rim klubining paydo bo‘lishi va dastlabki 15 yillik faoliyati italyan faylasufi va jamoat arbobi A.Pechchei nomi bilan bog‘langan.

Eng muhim ishlanmalar qatorida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:


  • Global miqyosdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik rivojlanish jarayonlarini muvofiqlashtirish uchun maxsus transmilliy tuzilmalar yaratish haqidagi taklif (E.Pestel, M.Mesarovich);

  • Ekologik muvozanatlashtirilgan global iqtisodiy tizimlar nazariyasini ishlab chiqish (L.Braun);

  • Global ekologik va insonparvarlik etikasini shakllantirish (R.Atfild) va boshqalar.

A.Pechcheining «taraqqiyot dinidan va mexanikaning kuch-qudratiga ko‘r-ko‘rona ishonishdan» voz kechish va o‘z nigohini Sharqqa qaratish zarurligi, zero «Osiyoning metafizik madaniyatlari materialistik g‘arb sivilizatsiyasini ko‘p narsaga o‘rgatishi mumkinligi» haqidagi takliflaridan biri g‘oyat qiziqarlidir.

Hozirgi kunda ekologik muammolarning naqadar dolzarbligini anglab yetish uchun BMTning global ekologik ma'lumotlari (1992)dan bir qator faktlarni keltirish mumkin.

Ekologiya sohasida eng jiddiy masalalari sifatida quyidagilar e'tirof etilgan:


  • chuchuk suvning yetishmasligi (uning 63% qishloq xo‘jaligida, 23% sanoatda va faqat 8% turmushda ishlatidadi);

  • Dunyo okeanining ifloslanishi («o‘lik zonalarning» paydo bo‘lishiga qadar).

  • Orolning qurishi (uning sathi 3 metrga pasaydi, yana 9-13 metrga pasayishi va sho‘rlanishning 10 marta ortish kutilmoqda),

  • Havoning halokatli tarzda ifloslanishi, xususan yirik shaharlarda (Parij, Madrid, Rio-de-Janeyro, Tokio, Sidney, Toronto, London, Tegeran, Bangkok, Nyu-York va boshqalar);

  • Tuproq eroziyasi (tuproqning 15% allaqachon tiklab bo‘lmas darajada eroziyaga uchragan);

  • O‘rmonlarning yo‘q bo‘lib ketishi (har yili 16,8 mln gektar o‘rmon kesib yuborilmoqda);

  • Tabiiy ofatlar oqibatlari (toshqinlar, zilzila, bo‘ronlar, vulqonlar otilishi va hokazo).

Umuman olganda ekologik muammo yadro urushini oldini olishdan keyingi ikkinchi muammo bo‘lib qoldi va vaqt o‘tishi bilan birinchi o‘ringa chiqishi ham mumkin. Kanadalik olim R.Pelke o‘zining «Envayronmentalizm va progressiv siyosatning kelajagi» nomli ishida ta'kidlaganidek, ekologiya barcha insoniy ehtiyojlar va istaklardan ham ko‘ra fundamentalroqdir, iqtisodiy muvaffaqiyatlar esa, bundan buyon ekologik beqarorlik uchun to‘lanadigan adekvat baho sifatida qaralishi mumkin emas.

Shunday qilib, alternativa shunday: insoniyat yohud o‘z sivilizatsiyasini ekologiya nuqtai nazaridan modernizatsiya qiladi, yoki atrof muhit bilan birga degradatsiyaga uchraydi.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish