Axmedova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 0,73 Mb.
bet150/233
Sana29.12.2021
Hajmi0,73 Mb.
#79949
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   233
Bog'liq
Axmedova m. A. umumiy muxarrirligi ostida

Shaxs va jamiyat

Faollik va doimiy kamolotga intilish bilan bir qatorda shaxs­ning muhim xususiyatlaridan biri uning erkinligidir. Erkin­likning yo‘qligi turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin: qullik, krepo­st­noylik, qamoq, ma'naviy qullik va hokazo. Erkinlikning yo‘qligi shaxsiy mas'uliyatning yo‘qligini anglatadiki, u siz shaxs haqida so‘z ham yuritish mumkin emas. Bunda shuni esda tutish kerakki, erkinlik bu anarxiya emas, zero «jamiyatda yashab undan ozod bo‘lish mumkin emas».

Erkinlik va mas'uliyat ikkita o‘zaro dialektik bog‘langan qarama-qarshilikni tashkil etadi.

Inson o‘zining ijtimoiy majburiyatlarini, jamiyat oldidagi burchini, o‘z mas'uliyatini tabiiy bir hol, o‘z erkinligi va ijtimoiy faolligining uzviy bir qismi sifatida qabul qilgandagina chinakam shaxsga aylanadi.

Insonning hayotiy faolligi uning shaxsining shakllanishining asosiy omili sifatida namoyon bo‘ladi. Mazkur jarayon davomida faqat tabiiy va ijtimoiy dunyoga moslashish yuz berib qolmasdan balki inson uni o‘z xohishiga mos ravishda o‘zgartiradi. Bunda chinakam insoniy, shaxsiy, ijtimoiy taqozo etilgan olam shakllantiriladi. Jamiyatning o‘zi, uning tizimi va tuzilishi, undagi munosabatlarni tashkil etuvchi unsurlar - bularning hammasi shaxsning bunyodkorlik faoliyatining, uning dunyoni o‘zgartiruvchi ijodiy faoliyatining natijasi.

Ushbu o‘zgarish jarayoni cheksizdir, chunki faoliyat, faollik inson shaxsining mohiyatini tashkil etuvchi kuchlarning namoyon bo‘lishi, ochilishi va rivojlanishi demakdir. Dunyoni o‘zgartirar ekan, faol shaxs ayni paytda o‘z qobiliyatlari, mahorati, ko‘nikma va bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borgan holda o‘z-o‘zini yaratadi. Faol hayoti va ishi davomida shaxs doimiy ravishda sotsium ichidagi o‘z aloqalarini kengaytiradi. Bunda insoniy ehtiyojlar doirasi kengayib boradi va shu bilan bir paytda mazkur ehtiyojlarni qondirish vositalarining sifat va son jihatdan o‘sishi yuz beradi.

Individ ijtimoiy fazilatlar va sifatlar majmuasini kasb etish butun insoniy sivilizatsiya, jamiyatning butun tarixi tomoni­dan to‘plangan tajribani uzluksiz va har tomonlama o‘zlashtirish orqali shaxsga aylanadi.

Shaxsning jamiyatdagi o‘rni va rolini Kantning quyidagi so‘zlari bilan tavsiflash mumkin: «Inson faqat vosita sifatida emas, balki maqsad sifatida ham o‘z-o‘zicha mavjud bo‘ladi..., o‘zining barcha xatti-harakatlarida u maqsad sifatida ham qaralishi zarur».343

Inson shaxsi – sotsium markazi. Jamiyatning rivojlanish tarixi shaxsning, ayrim olingan insonning o‘rni va ahamiyatining oshib borishi bilan uzviy bog‘liqdir.
X Bo‘lim. JAMIYaT FALSAFASI
1-bob. TABIAT VA JAMIYaT
1-§. Tabiat va uning jamiyat taraqqiyotidagi roli
«Tabiat» tushunchasini an'anaviy ravishda keng va tor ma'noda talqin etish mumkin. Birinchi holda bu tushuncha bizni o‘rab turgan jamiki borliqni, butun dunyoni uning barcha voqyea va hodisalari bilan: «cheksiz o‘zgarmas materik bo‘laklardan tortib kosmik tizim va hayvonot olami hamda ijtimoiy hayotni» o‘ziga qamrab oladi. Albatta, bunday tushunishda jamiyat va tabiatni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish mantiqan noto‘g‘ri. Agar tabiat barcha borliqni, voqyelikni o‘ziga qamrab olsa, unda inson ham, jamiyat ham tabiatning bir bo‘lagi hisoblanadi.

Agar biz «tabiat tushunchasini» tor ma'noda, ya'ni borliq, butun dunyo ma'nosida emas balki inson va jamiyatni o‘rab turgan tabiiy geografik hodisa sifatida talqin qilsak unda bu tushuncha butunlay boshqa ma'no kasb etadi. Bu holda tabiat deganda inson yashashi uchun yaratilgan jamiyatdan tashqari mavjud butun moddiy dunyo tushuniladi344. Bu tabiiy sharoitlar o‘ziga quyidagi komponentlarni oladi: 1) iqlim; 2) joyning tuzilishi; 3) yerning hosildorlik darajasi; 4) o‘simlik va hayvonlar; 5) foydali qazilmalar va boshqa xom ashyo manbalarining mavjudligi; 6) suv resurslari va boshqalar.

Ijtimoiy taraqqiyotda jamiyatni o‘rab turgan tabiiy borliqning ahamiyati va mohiyatining muhimligi faylasuflar tomonidan allaqachon isbotlab berilgan. Jamiyat hayotida tabiatning roli haqida Lao-szы, Konfutsiy, Demokrit, Gippokrat, Platon, Aristotel, Farabi, Ibn Sina, Ibn Xaldun, Jan Boden va boshqa faylasuflar juda ko‘p gapirganlar va yozganlar. Lao-szы yozgan edi: «Inson uchun namuna – yerdir. yer uchun namuna – osmondir. Osmon uchun namuna – yo‘ldir (Dao)». Yo‘l uchun (Dao) namuna o‘z-o‘zidan ro‘y beruvchi tabiiylik»345 Jan Boden ta'kidlashicha, xususan, jamiyat inson xohishidan tashqarida tabiiy ravishda tabiat qonunlariga bo‘ysungan holda shakllanadi va rivojlanadi.

Geografik diterminizmning nazariy asosi va bunyodga kelishi fransuz faylasufi Sharl Monteskyo (1689-1755) nomi bilan bog‘liq. U shunday deb yozgan edi: «iqlim xukumronligi barcha hukmronlikdan ustundir», «issiq iqlim xalqlari qariyalardek sust, sovuq xalqlari esa yoshlardek harakatchandir»346 va hokazo. Biroq u vaqt o‘tishi bilan ijtimoiy faktrlarning ham ta'siri kuchayishini ham inkor etmagan: «yovvoyilarni deyarli har doim tabiat va iqlim boshqaradi», lekin «odamlar mehnat va foydali qonunlar yordamida yerni yashash uchun yana ham yashash uchun qulay qilib olganlar»347.

Geografik diterminizm K. Ritter i F. Ratsel, G. T.Bokl, E. Reklyu, L.m. Mechnikov va boshqa nemis tadiqotchilari izlanishlarida yanada rivojlantirildi. Masalan, T.G.Bokl (1821-1862) ning takidlashicha agar biz qaysi bir fizik detallar insoniyatga eng kuchli ta'sir ko‘rsatishini aniqlamoqchi bo‘lsak, ularni biz quyidagi to‘rt guruhga ajratishimiz qiyin emas, ya'ni: iqlim, ovqat, yer va tabiatning umumiy ko‘rinishlari348. L.Mechnikov o‘zining «Sivizilitsiyasi va buyuk tarixiy daryolar» nomli mashhur kitobida insoniyat tarixini uch turdagi sivilizatsiyaning almashinuvining natijasi deb isbotlagan: 1) daryolar sivilizatsiyasi ( Nil, Gang, Ind, Yanszы, Xuanxe, Tigr, yevfrat kabi daryo, basseynlarining shakllanishi bilan bog‘liq); 2) dengiz (avvalambor - O‘rta yer dengizi) sivilizatsiyasi; 3) okeanlar (global) sivilizatsiyasi.

Fridrix Ratsel (1844-1904) «geopolitika» nomli nazariyaning asoschisidir. Uning mohiyati shundan iboratki, davlatlar «hayotiy borlig‘ini» kengaytirish uchun kurashuvchi tirik biologik organizmlar sifatida talqin etiladi. F. Ratselning fikrini K. Xausxofer va E.Obst (Germaniya), R. Chellen (Shvetsiya), X. Makkinder (Velikobritaniya), A. Mexen (AQSh) va boshqa tadqiqotchilar qo‘llab-quvatlaganlar va rivojlantirganlar. Geopolitika nazariyasi fashizm mafkurasi bo‘lganligi yana bir bor turli nazariyalarning yaratalishida intellektual o‘yinlarining xavfli ekanligini isbotlaydi. Bugungi kunda ko‘pchilikni tashkil etmagan nazariyotchilar determilizm geopolitikani ochiq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri targ‘ib qilmoqdalar. Lekin bu zamonaviy ijtimoiy falsafa jamiyat taraqqiyotida tabiatning rolini butunlay xas-po‘shlaydi degani emas. Unga faqat o‘ziga loyiq darajada o‘rin beriladi.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish