Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 1,69 Mb.
bet95/233
Sana12.08.2021
Hajmi1,69 Mb.
#146272
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   233
Bog'liq
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida

Den Syaopinning ijtimoiy-siyosiy qarashlari. Xitoy Xalq Respublikasidagi eng yangi islohotlar o‘tgan asrning yirik siyosiy arboblaridan biri bo‘lgan Den Syaopinning (1904-1997) nomi bilan chambarchas bog‘liqlikdir.

Mao Szedun hukmronligi davrida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqyealarning oqibati «Xitoy marksizm» ni kurash masalalaridan ko‘ra, ijtimoiy-iqtisodiy muammolar jarayonlariga yo‘naltirishni shart qilib qo‘ydi. XX asrning 70-nchi yillari oxiridan boshlab oldingi qatorga iqtisodiyotni ko‘tarish va takomillashtirish muammosi, huquqiy asosda ijtimoiy tartib o‘rnatish, hamda Xitoy davlatining mafkuraviy yo‘nalishlarini shakllantirish masalalari qo‘yildi. Yangi mafkuraviy tayanchni shakllantirishdagi hal qiluvchi masala G‘arb falsafiy-siyosiy va iqtisodiy tafakkurini, hamda an'anaviy qadriyatlarni qaytadan talqin qilish edi.

Den Saopinning qarashlarini qarab chiqishda shuni qayd etish muhimki, Xitoy falsafiy tafakkurining umummiy yo‘nalishi xalqning farovonligini oshirish muammolarini yechishga qaratilgan edi. Xitoy tarixining butun jarayonida bu muammo barcha xitoylik faylasuflar, mutafakkirlar, olimlar, siyosiy arboblarning: Konfutsiy, legistlar (Shan Yan, Xan Fey-sza), Mo-szы, XIX-XX asrlarda yashagan mutafakkirlar va siyosiy arboblarning (Kan Yuvey, Lyan Sichao, Yan Fu, Sun Yatsen) fikr va mulohazalarining ob'ekti bo‘lib keldi. Den Syaopin tomonidan ko‘tarilgan mamlakatni modernizatsiyalashning to‘rt yo‘nalishdagi nazariyasi, o‘zining mohiyati jihatidan, oxirgi ikki yuz yillik hududidagi barcha falsafiy-siyosiy bahslarning mantiqiy rivojlanishi edi. Sanoati rivojlangan davlat qurish maqsadini belgilab, Den Syaopin izchil, rejali modjernizatsiya siyosatini to‘rt sohada olib bordi: qishloq xo‘jaligi, sanoat, siyosiy tizim, fan va texnikada.

1910 yilda Yaponiya Quriyani bosib olib, uni Yapon imperiyasining bir qismi, ya'ni general-gubernatorlikka aylantirdi. Mamlakatni zo‘rlik bilan yaponlashtirish jarayoni boshlandi. Koreys teatrlari, muzeylari yopildi, milliy bayramlar, raqslar, musiqa, milliy kiyimni kiyish, koreys tilida adabiyot nashr etish taqiqlandi. Korescha kitoblar yoqildi. Rasmiy til yapon tili deb e'lon qilinib, «ona» tili deb ataldi. Korescha ism va familiyalar zo‘rlik bilan yaponchasiga o‘zgartirildi. Umumiy yaponlashtirish siyosati doirasida yapon diniy aqidasi bo‘lgan sintoizmni sintoizmni yoyish boshlandi. Xristian missionerlari, konfutsiychilik va buddaviylik faolllashib bordi. 20-yillargacha g‘arb oqimlari ichida Quriyada eng rasmi bo‘lgani mumtoz nemis falsafasi edi. Yaponlar tomonidan qisuvga olingan ma'rifatparvarlik tanazzulga uchray boshladi. Ikkinchi jahon urushidan keyin Quriya yarim orolida ikki davlat tashkil topdi: janubda Quriya Respublikasi va shimolda – Quriya Xalq Demokratik Respublikasi.



Quriya Xalq Demokratik Respublikasida stalincha-moistcha tushunishdagi «sotsializm» va «kommunizm» qurishga yo‘naltirilgan, totalitar turdagi siyosiy rejim tarkib topdi. Davlat rahbari va uning o‘g‘lining o‘ta darajadagi shaxsiga sig‘inish rivojlantirilib, ular tiriklik vaqtlaridayoq rasman «ulug‘ dohiy o‘rtoq Kim Ir Sen» va «sevimli rahbar o‘rtoq Kim Chen Ir» deb atalab boshladilar. «Marksizm-leninizm» ni stalincha-maoistcha tushunish asosida shunday mafkura vujudga keladiki, mohiyat jihatdan haqiqiy marksizmdan juda ham uzoq, tayanch nuqtalarining ko‘pchiligi bo‘yicha esa, unga to‘g‘ridan to‘g‘ri qarama-qarshi edi. Bu yerda gap «chuchxe» deb atalgan falsafa haqida ketmoqdaki, u davlat mafkurasi deb e'lon qilinib, ayni zamonda insoniyat ijtimoiy-siyosiy tafakkurining chuqqisi deb ham da'vo qilinadi. Shunga muvofiq ravishda kelajakdagi jamiyatning mohiyati ham belgilab beriladi: «kommunistik jamiyat-bu shunday jamiyatki, unda chuchxe g‘oyasi hukmronlik qiladi va chuchxe g‘oyalari to‘laligicha mujassamlashgan bo‘ladi»252.

«Chuchxe» ning asosiy qoidasi shundaki, «inson-hamma narsaning egasi, u hamma narsani hal qiladi» yoki, boshqacha aytganda, «sen o‘z taqdiringni egasisan, sening o‘zingda o‘z taqdiringni hal qilish uchun kuch bor»253. Chuchxe qoidasining o‘zak g‘oyasi – «mustaqillik» yoki «o‘z kuchiga tayanish»dir. Ana shu xususiyat, hamda undan kelib chiqadigan ijod va onglikka qodirlik, chuchxe nuqtai nazaridan, inson mohiyatini tashkil etadi. «Ijtimoiy taraqqiyot nuqtai nazaridan, - deb yozadilar shimoliy koreys faylasuflari, - inson boshqa jonli mavjudotlardan faqat uning o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlari bilan tubdan farq qiladi – mustaqilligi, ijod qilishga qodirligi va ongliligi bilan»254.

Insonni shunday nuqtai nazardan qarab chiqish buyuk kashfiyot va falsafada burilish sifatida talqin qilinadi: «chuchxecha falsafa shunday falsafiy dunyoqarashdan fark qiladiki, uning tarafdorlari barcha ashyolarning rivojlanishini tabiatning tadrijiy rivojlanishidagi ob'ektiv jarayon sifatida qarab chiqadilar. U inson tafakkuri rivojining oliy bosqichi bo‘lib, tarixda birinchi marta ijtimoiy harakatning qonunlariga xos ravishda asosiy falsafiy muammolarni, jumladan, insonning mohiyatiy xususiyatlari haqidagi masalani ham, ya'ni o‘ziga tayanish, ijodiy ishga layoqatli va ongli bo‘lishni ochib berdi. O‘zining kelib chiqish manbalarining qoidalariga va mohiyatiga ko‘ra, ashyolar rivojining tahlili vositalariga ko‘ra, bir so‘z bilan aytganda, hamma jihatlarga ko‘ra chuchxe g‘oyasi falsafiy tafakkurda keskin burilishdir»255.

«Chuchxe» g‘oyasi XX asrdagi eng buyuk kashfiyot deb e'lon qilinganligi tufayli yangi davr ham «o‘z kuchiga tayanish davri» deb e'lon qilinadi. Shunga muvofiq ravishda sotsializmni yangicha tushunish ham beriladi: «Sotsializm shunday g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtiradiki, ular insonning ijtimoiy-mohiyatining muhim talabi bo‘lgan – barcha o‘z kuchiga tayanib yashashi» kerakligini bildiradi»256. «Chuchxe» falsafasida marksizmning asosiy isbotsiz asos qilib olinadigan qoidasi qat'iy qayta ko‘rib chiqishga duchor bo‘ladiki, u tarixiy materializm ta'limotining asosida yotgan - ijtimoiy borliq – moddiy ishlab chiqarish vositasi va unga muvofiq keluvchi kishilarning moddiy hayot tarzi - ijtimoiy ongni belgilaydi. «Chuchxe» falsafasida bunga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshi bo‘lgan qoida ifodalanadi: «Ijtimoiy hayotda bosh va hal qiluvchi masala siyosiy va ma'naviy hayotga taalluqlidir»257. Bunday ta'limot ijodkorlarining nuqtai nazaricha, sotsializm sharoitida «asosiy omilni hokimiyat yoki iqtisodiy sistema emas, balki – sotsialistik mafkuraning tarqatuvchisi bo‘lgan inson tashkil etadi»258. Shuning uchun agar «chuchxe inqilobining uch asosiy yo‘nalishi bo‘lgan – «iqtisodiy qurilish», «inson tarbiyasi» va «jamiyatni qayta qurish»ni olsak, Kim Chen Ir fikricha, bu yerda «birinchilikni insonni qayta tarbiyalash vazifasiga qaratmoq lozim»259. Shunday qilib, «chuchxe» ruhidagi odamning g‘oyaviyligi jamiyat taraqqiyotining bosh omili bo‘lib qoladi.

70-nchi yillarda Quriya Xalq Demokratik Respublikasida shunday shior o‘rtaga tashlandi -«butun jamiyatda yagona mafkuraning tanho hukmronligini ta'minlash» va «butun jamiyatni chuchxe g‘oyalari asosida qayta o‘zgartirish yo‘nalishini belgilash» e'lon qilindi. Har qanday boshqacha fikr «dohiy, partiya va inqilob» ga qarshi qaratilgan jinoyat sifatida qaraldi. Erkin fikrlashga qarshi chiqqan Kim Chen Ir olib borilayotgan siyosatni quyidagicha asoslaydi: «Partiyada faqat bitta mafkura bo‘lishi mumkin. Agar partiyada turli xil siyosiy qarashlarga yo‘l ko‘yilsa, u vaqtda uning oqibatida har bir kishi o‘zicha isbotsiz asosiy qoidalar va fikrlar bilan maydonga chiqadi. Bu esa shunday ma'noni anglatadiki, partiya na faqat faoliyat birligini ta'minlay oladi, balki hatto aksil inqilobchilarga nimani o‘ylasa, shuni qilish imkoniyatini beradi»260.

Yagona mafkura prinsipi asosida demokratik sentralizm prinsipining mazmuni keskin o‘zgartirilib, undan demokratik ibtido bartaraf qilindi. Demokratiya «inqilobiy tashabbusga» va «partiya tomonidan qo‘yilgan maqsadlarni muvoffiqiyatli amalga oshirish uchun safarbarlikka» olib kelib taqaldi, sentralizm esa shunga olib kelindiki, keng omma ifodasi «yagona umumiy irodaga birlashdi va butun partiya yagona fikr va yagona irodaga amal qilib fikr yuritdi va amal qildi»261.

Oxir oqibatda, e'lon qilingan yagona jamiyatning «g‘oyaviy-irodaviy» va «axloqiy» birligi «mustaxkam e'tiqod bo‘lgan-inqilobiy kurashda faqat ulug‘ Kim Ir Sen atrofiga jipslashibgina g‘alaba qilish mumkin»262 degan akidaga asoslanishi lozim.

Chuchxe falsafasi davlat maqomini kasb etgan va boshqa falsafiy yo‘nalishlar qonundan tashqari deb e'lon qilingan Shimoldan farqli o‘laroq, Janubda koreys falsafasining buddaviylik va konfutsiychilikka asoslangan an'anaviy yo‘nalishlari ham, g‘arb falsafiy tafakkuri ta'sirida paydo bo‘lgan yangi yo‘nalishlar ham rivojlanishda davom etmoqda. Bunday vaziyat an'anaviy va g‘arb qadriyatlarining bir-birlari bilan hamkorlikda mavjud bo‘lishligining ko‘proq ma'naviy-madaniy vaziyatining in'ikosidir. Ko‘plab asarlar paydo bo‘la boshladiki, ularda an'anaviylik muammosi va g‘arb falsafasining muammolari va tushunchalari bilan uyg‘unlashtira boshlandi. Shu jihatdan konfutsiychilik falsafasi va pragmatizm, dzen - buddaviylik, Vitengenshteyn falsafasi, koreys falsafasining an'anaviy tushunchalari va global muammolar falsafasi va boshqalar qarab chiqildi.

Janubiy Quriyaning hozirgi zamon faylasuflarining ko‘plari kasbiy ta'limni Amerika Qo‘shma Shtatlarida oldilar. Shunga va boshqa tarixiy sharoitlarga ko‘ra janubiy Quriyada g‘arb yo‘nalishlaridan eng ko‘p darajada tahliliy falsafa rivoj topdi. Agarchi, plyuralizm siyosatiga muvofiq mamlakatda falsafiy maktablarning barchasining qarashlari mavjud bo‘lsa ham, tahliliy falsafa oldingi safdadir. 90-yillar boshidan boshlab Janubiy Quriyada Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligida ta'lim olgan faylasuflar paydo bo‘la boshladilar. Janubiy Quriya falsafasining yetakchi mavzularidan biri hozirgi Quriyada mavjud bo‘lgan milliy qadriyatlar, madaniyat va tafakkur tarzi muammolarini moslashtirishdir. Bu masalada G‘arb-Sharq, «otalar va bolalar», an'anaviylik va sanoatlashganlik, jamoaviylik va individualizm va shunga o‘xshash jihatlardan qarab chiqiladi. Faylasuflar, tarixchilar, jamiyatshunos va siyosatshunoslarning e'tiborini ko‘pincha jalb qilayotgan boshqa eng muhim mavzu Quriyani birlashishi muammosidir. Janubiy Quriyadagi hozirgi zamon ijtimoiy-falsafiy tafakkurini qiziqtiradigan masalalar qatorida – jinslar, oila, ekologiya, ta'lim tarbiya, tanglikdan keyingi taraqqiyot muammolari bor.

1868 yilda Yaponiyada segunat sistemasi barham topdi. Imperatorning hokimiyati qayta tiklandi («Meydzi restavratsiyasi»). Mamlakatda keskin tub o‘zgarishlar qilindi. Yaponlar tashqaridan birovning aralashuvisiz, hamda an'analar va oddiy turmush tarzini keskin buzmasdan siyosiy va huquqiy me'yorlar, fuqarolar ozodligi, ta'lim-tarbiya sohalarida yangiliklar kirita oldilar. Konstitutsion saltanat vujudga keltirildi, parlament saylandi (1890 yildan boshlab), demokratik va fuqarolik huquqi e'lon qilindi, kapitalizmning tez taraqqiy etishi uchun yul ochildi. Shu bilan birgalikda paternalistik an'analar va tadbirkorlar bilan ishchilar o‘rtasida sarmoya bilan mehnatning uyg‘unligi asosida aloqa o‘rnatish tashviq qilindi. X!X asrning oxiri – XX asrning boshida yapon kapitalizmining asosiy belgilari shakllantirildi, XX asr boshidan boshlab esa, Yaponiya endi eng yirik kapitalistik davlatlar bilan raqobat qila boshladi.

Tashqi siyosat uchun samuraylik ruhiga asoslangan tajavvuzkorlik xususiyati xos edi. Yaponiya Sharqiy Osiyoda «yangi tartib» o‘rnatish, Yaponiyaga bo‘ysunadigan mustamlakachilik imperiyasini vujudga keltirishga ochiqdan-ochiq da'vo qila boshladi. Ammo 2-nchi jahon urushida yengilgandan so‘ng yapon harbiylari halokatga uchradi. Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan tuzilgan Yaponiya uchun Ittifoq kengashi bir qator islohotlarni amalga oshirdi. Yangi konstitutsiya qabul qilinib, demokratik islohotlar amalga oshirildi. Imperatorning chegaralangan huquqlari saqlab qolindi. Biroq, Amerika-yevropa namunasidagi demokratlashtirishdan foydalanib, Yaponiya kup narsalardan voz kechmadi, negaki, ular o‘zining milliy an'analariga borib taqalar edi263.


Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish