Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Falsafa madaniyat tizimida



Download 1,69 Mb.
bet21/233
Sana12.08.2021
Hajmi1,69 Mb.
#146272
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   233
Bog'liq
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida

1-§. Falsafa madaniyat tizimida
Falsafa va fan

Falsafa va aniq fanlar o‘zining dastlabki qadamla­ri­danoq bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib kelgan. Qadimgi jamiyatlarda diniy-mifologik (afsonaviy) tasavvurlar, falsafiy g‘oyalar va empirik ilmiy bilimlar bir biridan ajratilmagan, sinkret (qorishgan holda) yagona, birini boshqasidan ajratib bo‘lmaydigan darajada edi. Keyinchalik rivojlanish mobaynida falsafa va fan hali talaygina umumiylikni saqlagan holda o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘la boshlaydi.

Fan o‘zining yetuk shakliga sanoat revolyusiyasi davridan erisha boshlaydi, ba'zi ilmiy fanlar esa faqat XIX-XX asrlardangina shakllana boshladi. Shu sababli ko‘pgina zamonaviy ilmiy g‘oyalar o‘zining dastlabki shaklida falsafiy qarashlar ta'sirida ishlab chiqilgan. Bu, masalan, atom, Quyosh tizimining tabiiy kelib chiqishi, sinergetika va boshqalar to‘g‘risidagi g‘oyalarga tegishli.

Falsafa doirasida ilmiy bilishda qo‘llaniladigan mantiqiy-meto­do­logik vosita ishlab chiqildi. Arastu, Forobiy, Ibn Sino, Bekon, Dekart, Leybnits, Xegel kabilar mantiq qonunlari, induktiv, deduk­tiv, dialektik va boshqa metodlarni bevosita ishlab chiqqan fayla­suf­lardir. Xususan, dialektik metod eng ilg‘or zamonaviy ilmiy fan­lardan biri - sinergetikaning ko‘pgina qoidalarida o‘z aksini topdi.

Falsafa fanga nisbatan munosabatda faqat metodologik funksiyani bajarib qolmaydi. U dunyoqarash bo‘lgani holda u yoki bu ilmiy g‘oyaning shakllanishi (yoki to‘xtatish)ga ta'sir ko‘rsatgan. Masalan, yevropa o‘rta asr davrida falsafa ilohiyotga bo‘ysungani holda, har qanday fikrga arastu-xristian talqini nuqtai nazaridan qarab, ilmiy fikrning erkin rivojlanishini to‘sib qo‘ygan.

O‘z navbatida falsafa ham aniq fanlarning kuchli ta'siriga uchragan va uchramoqda. Agar ilgari atrof muhit to‘g‘risidagi ko‘pgina g‘oyalar, odatda, mushohada-spekulyativ (quruq mulohazaga asoslangan) shaklda naturfalsafa asosida vujudga kelgan bo‘lsa, fanning rivojlanishi davomida empirik ma'lumotlar va tabiiy ilmiy nazariy xulosa­lar­ning to‘planishi tufayli fan mushohidaviy mulohazalar va quruq mulohazalardan qutulibgina qolmay, balki o‘zi ham falsafaga ta'sir o‘tkaza boshladi. Falsafa fan doirasida olingan dalillarni inobatga olmasligi mumkin emas. Bundan tashqari falsafaning o‘zi u yoki bu davrda tabiatshunoslikning u yoki bu ideallarini ko‘zda tutadi. Masalan, XVII-XVIII asrlarda mexanikaning yetakchi ilmiy fan sifatida shakllanishi mazkur davrda yevropa falsafasining mexanistik shakliga sabab bo‘ldi. Deyarli barcha, hattoki inson va jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar ham mexanika qonunlari asosida sharhlandi. Bugungi kunda falsafa o‘z g‘oyalarini tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi fanlarda kechayotgan jarayonlarsiz rivojlantira olmaydi.

Falsafa va fanning o‘zaro munosabatlaridagi yana bir jihati falsafa ilmiy bilishdagi turli soha yutuqlarini muvofiqlashtiradi, umumlashtiradi va ularni imkon qadar umumlashtirgan falsafiy kategoriyalarda aks ettiradi.


Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish