Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 1,69 Mb.
bet208/233
Sana12.08.2021
Hajmi1,69 Mb.
#146272
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   233
Bog'liq
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida

Terrorizm – radikalizm va ekstremizmning eng nihoiy shakli bo‘lib, davlat ma'muriy tizimlari yoki boshqa ijtimoiy ob'ektlarga ekstremistik guruhlar talabini bajarilishini ta'minlash maqsadida majburlash va ularga tazyiq ko‘rsatish vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Terroristik amallar turli vositalar: portlatish, o‘t qo‘yish, siyosiy arboblar joniga suiqasd, garovga olish. O‘g‘rilash va ommaviy qirg‘in qurollarini qo‘llashga (yadroviy, biologik va kimyoviy) tahdid qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ekstremistik ruhdagi har bir guruh ham terroristik bo‘lib qolishi shart emas, ammo imkoniy jihatdan o‘zining mantiqiy xotimasi sifatida ekstremizm terrorizmga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga ushbu mantiq juda ham o‘ziga xosdir. Terroristlar talablarini hukumat yoki boshqa ma'muriy tizimlar tomonidan qondirilishi hamma vaqt ham terroristik faollikning kamayishiga olib kelmaydi. Terroristlar orasida hamisha shunday radikallar topiladiki, ijtimoiy vaziyatning o‘zgarishidan qat'iy nazar terror taktikasini qo‘llashda davom etadilar.

Qachonki, jamiyatda qandaydir keskin o‘zgarishlar yuz bersa, bo‘layotgan hodisalarga nisbatan turli qarashlar paydo bo‘ladi. Tanlangan yo‘lni ma'qul topmagan opponetlar topiladiki, ularning ta'kidlashlaricha, barcha narsani bunday emas, balki boshqacha qilmoq lozim. Bunday fikr bilan xayrixohlik qiluvchi kishilar guruhi ham paydo bo‘ladi. Bunday vaziyatda umuminsoniy qadriyatlar tizimiga yoki alohida olingan katta ijtimoiy jamoalarning qadriyatlariga qarama-qarshi bo‘lgan alohida g‘oyalar va qarashlar tizimi shakllanishi mumkin.

Tarixda terrorizm dunyoviy va diniy sohalarda ham siyosiy kurashning eng keskin vositasi sifatida yetarli darajada keng qo‘llanildi. Ayniqsa terrorizm ko‘proq darajada jamiyatning bir holatdan ikkinchisiga o‘tish davrida, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik sharoitida qo‘llanilgan va qo‘llanilmoqda.

Hozirgi zamon terrorizmining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri alohida amaliyotdan ommaviy, jamoaviy tarzdagi oldindan yaxshi rejalashtirilgan va tashkil etilgan saviyaga o‘tishdir. Terror endi ayrim olingan mutaassib bir kishining ishi bo‘lmay qoldi. Hozirgi vaqtda u bilan keng tarmoq otgan, katta moliyaviy, insoniy, texnik zahiralarga ega bo‘lgan qudratli tashkilotlar shug‘ullanmoqda. Bundan Markaziy Osiyo mintaqasi ham istisno emas. Bu yerda XX asrning 90-yillaridan boshlab «Xizb-ut-tahrir», «Islom ozodlik partiyasi», «O‘zbekiston islomiy harakati», «Tojikistonning islomiy uyg‘onish harakati» (90-yillargacha ham) kabi terroristik tashkilotlar va boshqalar faol ish olib bormoqdalar. O‘zlarining maqsadi sifatida ular mintaqada mavjud bo‘lgan siyosiy tuzumni ag‘darib tashlab, diniy davlatni barpo qilish ekanligini e'lon qilmoqdalar. Ushbu tashkilotlar «Tolibon», «al-Qoida» kabi terroristik tashkilotlar bilan bevosita aloqa bog‘lagandirlar. Ularning faoliyati tashqi kuchlarning yordami va chet ellardagi qudratli moliyaviy manbalarga asoslandir. Ularning sa'y-xarakatlari tufayli bir qator terroristik aktlar ro‘y berdiki, ularning natijasida ko‘plab qurbonlar, moddiy zararlar va begunoh kishilarning azob-uqubatlarga duchor bo‘lishi kuzatiladi.

Terrorizm bilan kurashning dunyoda to‘plangan tajribasi shuni ko‘rstadiki, yangi terroristik harakatlarning oldini olish maqsadida shunga e'tibor qaratish juda muhimki, bunday harakatlar yo‘li bilan davlatni ular ko‘zlagan maqsadlar sari amal qilishga majbur qilishga terroristlarda hyech qanday umid qoldirmaslik lozim. Terrorsitlarni o‘z qilmishlarining be'mani va behuda ekanligini o‘ylab ko‘rishga majbur qilish lozimki, toki ular o‘z talablarini tanqidiy ravishda o‘ylab ko‘rsinlar va xalqaro terrorizm jabhasida olib borilayotgan kurashda ekstremistik yo‘lning hujumkorlik mohiyatini to‘g‘ri ekanligiga shubha qilsinlar. Terrorizmning namoyon bo‘lishiga va uning ijtimoiy asosiga barham berish-bugungi kunning eng dolzarb muammosidir. Faqat shugina ayrim olingan har bir davlatning, mintaqaning va umumiy xavfsizlikning milliy xavfsizligini ta'minlay oladi.

O‘zbekiston Respublikasi dunyoda birinchilardan bo‘lib, xalqaro terrorizmning milliy va xalqaro xavfsizlik uchun xatarli tahdid ekanligini anglab, mo‘tabar xalqaro tashkilotlarning, birinchi navbatda Birlashgan millatlar tashkilotining tribunasidan foydalanib xalqaro hamjamiyatning diqqat-e'tiborini bu umumiy muammoga qaratdi451.


XULOSA
Falsafa - bu ham umumnazariy dunyoqarash, ham ijtimoiy ong shakli, ham umumiy (umumiylik to‘g‘risidagi) fan. U ma'naviy madaniyatning kvinessensiya (mag‘zi)dir. Mana shuning uchun ham falsafaning ahamiyati va vazifalari shunchalik ko‘p qirralidir. U idrokiy, uslubiy, qadriyatiy hamda amaliy va bashoratiy rol o‘ynaydi.

Albatta, falsafiy bilim, o‘z tabiatiga ko‘ra, o‘ta nazariydir. Ammo bu degani uning voqyey hayotdan, muayyan tarixiy jarayondan ajralgan degan ma'noni bermaydi. Har qanday falsafiy tizim, bir tomondan, zamonasining ruhini nishoni bo‘lsa, ikkinchidan, falsafa mazkur davrning mohiyatini aks ettiradi, uning qonuniy belgilarini ochib beradi. Falsafa mohiyat jihatdan faqat hozirginigina emas, balki o‘tmishni, va ayniqsaa, kelajakda bo‘lishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlarni va ularning qanday bo‘lishligi bilan shug‘ullanadi. U insoniyat hayotining istiqboliga umid bilan qarash va uni takomillashtirish yo‘llarini va tamoyillarini aniqlashga qaratilgandir. Dunyoni shunday ruhda talqin qilish bilan birga, falsafa turli siyosiy kuchlar, hamda ijtimoiy guruhlar va muayyan kishilar amaliy faoliyatining uzoqni ko‘zlovchi asosi bo‘lib qoladi. Falsafaning amaliy va bashorat qiluvchilik ahamiyati ana shundadir.

O‘zbekiston Respublikasining mustaqil taraqqiyoti davomida to‘plangan tajriba falsafiy talqin va umumlashtirish uchun katta imkoniyat beradi. Shunday tahlil tajribasi ushbu darslikning tegishli bo‘limlarida berilgan. Kelgusida mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining falsafiy talqini yanada aktuallashadi. Bir tomondan, uni dunyo taraqqiyoti tamoiyllari nuqtai nazaridan qarab chiqish kerak bo‘ladi, negaki, bizning mamlakatimiz va unda ro‘y berayotgan jarayonlar – umuman dunyo sivilizatsiyasi taraqqiyotining bir qismidir. Ikkinchi tomondan, mazkur tajribani uni to‘laligicha, barcha asosiy tomonlari bo‘lgan – siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy jixatlarini birgalikda qarab chiqib, uning mohiyatiy, qonuniy tamoiyllari, umumiy va xususiy belgilari nisbatini aniqlash lozim.


Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish