Axmedov oybekning xalqaro moliya fanidan tayyorlagan



Download 73,82 Kb.
Sana08.09.2021
Hajmi73,82 Kb.
#168394
Bog'liq
2- oraliq XMM


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

DAVLAT MOLIYASI VA XALQARO MOLIYA

FAKULTETI DMXM-1 GURUHI TALABASI

AXMEDOV OYBEKNING

XALQARO MOLIYA

FANIDAN TAYYORLAGAN

2-ORALIQ NAZORAT SAVOLLARIGA JAVOBLAR

2021-YIL
6-variant



  1. Iqtisodiy riskining mohiyati va yuzaga kelish sabablari.

  2. Xalqaro kapital harakatining zamonaviy tendentsiyalari.

  3. Lizing operatsiyalarining jahon bozori.

JAVOBLAR:
2. Men Xalqaro kapital harakatining zamonaviy tendentsiyalari tuxtalishdan avval, zamonaviy xalqaro moliya bozorining rivojlanish tendensiyalariga tuxtalmoqchiman. Zamonaviy xalqaro moliya bozorining rivojlanish tendensiyalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

1. Moliya bozori barcha sektorlarining jadal sur'atlarda rivojlanishi bilan birga kechayotgan baynalminallashuv va globallashuv jarayonlarining chuqurlashuvi;

2. Transmilliy kompaniyalar, banklar va global moliya muassasalari, shuningdek, alohida davlatlar va davlatlar guruhlari o‘rtasidagi xalqaro raqobatning kuchayishi;

3. Chegaralarni oshib o‘tadigan moliyaviy oqimlarning yuqori sur’atlarda harakatlanishi va moliya bozorining tuzilmaviy sektorlari o‘rtasidagi aloqadorlikning oshishi;

4. Axborot tizimlari va elektron aloqa vositalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi;

5. Bozorni bevosita tartibga solishning susaytirilishi;

6. Moliya bozori ishtirokchilari faoliyatining an'anaviy sohalari o‘zgarishi (universal banklar fond sektorida anderrayter, tashkillashtiruvchi va treyderlarga aylanmoqda; investitsiya banklari sindikatlashgan kreditlarni tashkillashtirmoqda, shuningdek, loyihalarni moliyalash bilan shug‘ullanmoqda; tijorat banklari, o‘z navbatida, investitsiya banklarining an’anaviy faoliyatlariga aralashmoqda va h.k.);

7. Moliya bozori ishtirokchilarining ixtiyoriy qo‘shilishi yoki yirik ishtirokchilar tomonidan o‘z tarkibiga olinishi jarayonlari kuchaymoqda, bu esa, o‘z navbatida, moliya bozorining barcha sektorlarida operatsiyalarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘lgan universal moliyaviy xoldinglarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda;

8. Moliya bozoridagi operatsiyalar riskini kuchayishiga sabab boluvchi derivativlar bilan bitimlar hajmi o‘sish tendensiyasiga ega;

9. AQSH dollari mavqeining tushishi va qadrsizlanishi, bu o‘z navbatida, xalqaro moliya bozoridagi muvozanatning buzilishiga, zamonaviy moliya bozorining inqirozdan keyingi rivojlanishiga shart-sharoitlar yaratishga xizmat qilishi mumkin.

Mana endi “Xalqaro kapital” harakatining zamonaviy holati bilan bog‘liq quyidagi tendensiyalar jahon iqtisodiyoti amaliyotda kuzatilmoqda ko’zatadigan bo’lsak ular quidagilar:



  • Jahondagi kapitalni eksporti va importida rivojlangan mamlakatlar yetakchilik qilmoqda.

  • Xalqaro tadbirkorlik kapitali harakati tarkibida portfel investitsiyalar tomonga siljish tendensiyasi mavjud.

  • Xalqaro kreditlar va depozitlarning jahon investitsiyalari tarkibidagi ulushi jahon moliyaviy inqirozidan keyingi davrda kamayib bormoqda.

  • Jahon kapital eksportidagi Xitoyning ulushi o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan bir sharoitda, kapital importida AQSHning ulushi kamayish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda. Shunga qaramay jahon kapital importida AQSHning ulushi hali-hamon saqlanib qolmoqda.

  • Sanoati rivojlangan mamlakatlarda chet el investitsiyalarini joylashtirishning asosiy sohasi bank-moliya sektori, xizmatlar sohasi (buning ichida axborot telekommunikatsiya sohasi eng yetakchidir), farmatsevtika, biotexnologiya, elektron sanoat, ilmiy va texnologik mashinalar ishlab chiqarish bo‘lsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda avvalgidek to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalar neft-gaz qazib chiqarishga, mashinasozlikning alohida sektorlariga, agrosanoat kompleksiga jalb etilmoqda;

  • Jahon chet el investitsiyalari bozorida asosiy subyekt sifatida TMKlarning roli oshmoqda;

Xalqaro fond bozori rivojlanishining asosiy tendensiyalari quyidagilarda o‘z aksini topmoqda:




  • Fond bozorining tobora kengayib va chuqurlashib borishi;

  • Xalqaro fond aktivlari bilan hosila moliyaviy vositalar savdosining o'sishi;

  • Jahonning yetakchi moliyaviy markazlarida bozorning konsentratsiyasi;

  • Bozorning yangi vositalarni yaratishi;

  • Bozorning kompyuterlashuvi;

  • Xalqaro fond bozorida rivojlanayotgan mamlakatlar qimmatli qog‘ozlarining ahamiyatini ortishi.

Bundan tashqari, global moliyaviy inqiroz sharoitida fond bozorlarida quyidagi tendensiyalar yuzaga keldi:

— xalqaro fond bozorida kapitalni jalb etishning va operatsiyalarning asosini tashkil etgan holda xalqaro qarz qimmatli qog‘ozlari va xalqaro aksiyalar bozorining oxirgi o‘n yillikdagi hajmi olti barobardan ko‘proqqa oshgan, 2008-yil inqiroz davrida ularning o‘sishi sekinlashgan, xalqaro aksiyalar bozorining hajmi asosan rivojlanayotgan mamlakatlar hisobiga qisqargan bo'lsada, hozirda uiarning hajmi yana o'sish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda;

— xalqaro qarz qimmatli qog‘ozlar va aksiyalar bozorida rivojlangan mamlakatlar, xalqaro qarz qimmatli qog‘ozlar bozorida moliyaviy institutlarning yetakchiligi saqlanib qolmoqda.

— rivojlanayotgan mamlakatlar fond bozorining iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha diversifikatsiyalashuv darajasini kichikligi inqiroz davrida uning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan;

— moliyaviy inqiroz sharoitida jahonning rivojlangan mamlakatlari fond birjalarida aksiyalar bozori kapitallashuvining YalMga nisbatan salmog‘i keskin pasaygan. Jahon mamlakatlari YalMga nisbatan aksiyalar bozori kapitallashuvi inqiroz davrida 55% ni, oxirgi besh yillikda rivojlangan mamlakatlarda qarz munosabatini ifodalovchi qimmatli qog‘ozlar YalMga nisbatan kamida 100% ni tashkil etishi kuzatilgan;



— rivojlanayotgan mamlakatlar fond birjalarida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida aksiyalar va obligatsiyalar bo‘yicha savdolar hajmi kamaygan.
2-Manba:
-o’z fikrlarim
- https://fayllar.org/download/xalqaro-moliya-bozori-rivojlanishining-zamonaviy-tendensiyalar.doc


3.Lizing operatsiyalariga qisqacha ta’rif beradigan bo’lsam, lizing munosabatlari bo’yicha operatsiyalar dunyoning barcha mamlakatlarida keng ko’lamda qo’llanilayotgan eng samarali moliyaviy hizmat turlaridan xisoblanadi. Fikrimcha keyingi 25 yilda rivojlangan mamlakatlarda lizing operatsiyalarning hajmi bir necha martaga oshgan va ularning 30-35 foizdan ortiq investitsiyasi lizing orqali amalga oshirilmoqda. Ushbu raqamlar shuni izoxlaydiki lizing munosabatlari dunyodagi barcha mamlakatlar iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega va bugungi kunda ham ushbu moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishga alohida etibor berilmoqda. Bir yil va undan uzoqroq muddatga ijara to’g’risida tuzilgan va qatorbelgilangan to’lovlarni qamrab oladigan shartnoma ko’pgina hollarda lizing deb ataladi. Uzoq muddatli xizmat qilinadigan uskunalarni xarid etishning o’rniga firmalar ko’pincha lizingga murojat etadilar.Ijaraga har qanday mulk yoki elektrostasiyalardan boshlab, atom yonilg’isi, temir yo’l vagonlari, transport, samolyotlar, paroxodlar, gandbol maydonchalari, komp’yuterlar va boshqa turdagi uskunalar olinishi mumkin.

Ko’pincha adabiyotlarda lizing tarmog’i to’g’risida fikr yuritiladi, bunda ijara beruvchilar ustida gap ketadi. Ko’pgina ijara beruvchilar uckunalarni ishlab chiqaruvchilardir. Masalan,

-GATX-temir yo’l vago’nlarini ijaraga beruvchidir,

-IBM – komp’yuterlarini yirik ijaraga beruvchidir,

-XEROX – nusxa ko’chirish mashinalarini ijaraga beruvchidir.

Bulardan tashqari ikkita yirik ijaraga beruvchilar guruhini ajratish mumkin, bular banklar va mustaqil lizing kampaniyalaridir, ular o’zlarining turli xizmatlarini bajaradilar. Lizing ko’pgina shakllarda tadbiq etiladi, leki to’lovlarini to’lashni o’zi har doim ijaraga oluvchi ijaraga beruvciga mavsumiy to’lovlarni, yoki lizing to’lovlarini to’lashni o’z zimmasiga oladi. Lizing bitimida, odatda unga imzo chekilishi bilan, har oylik yoki bo’lmasa yarim yillik bo’mish to’lovlar o’z aksini topadi.

To’lovlar muddatlari lizing foydalanuvchisining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ham belgilanishi mumkin. Bunda, lizing bitimi bo’yicha birinchi ijara yili to’lovlari kamroq miqdorda ham belgilanishi mumkin.

Lizing bitimi tugagach, ijaraga olingan mulk ijaraga beruvchiga qaytariladi. Lekin, ko’p holatlarda lizing shartnomasi ijaradan foydalanuvchiga mulkni yoki, ijaraga olingan uskunalarni sotib olish yoki bo’lmasa yangitdan lizing shartnomasini yangilashni, ya’ni qayta tuzish imkoniyatini beradi.

Lizingni ayrim turlari qisqa muddatli bo’lib, ijaraga olinuvchi tomonidan lizing bitimining uzilishiga ham olib kelishi mumkin. Bunday hollarda ushbu lizing operatsion lizing nomini oladi. Lizing shartnomalarini boshqa turlari esa mulkni tassavur qilingan iqtisodiy xayotning ko’proq qismiga tuziladi va shartnomani bekor qilishni taqiqlaydi, yoki bo’lmasa shartnoma bekor qilinganda ijaraga beruvchini ko’radigan zararlarini qoplanishi taminlashni ko`zda tutadi. Bunday lizing kapital, moliyaviy yoki to’la to’lovli lizing deb ataladi.

Xalqaro lizing operatsiyalarini O’zbekistonda qo’llash va uni rivojlantirish istiqbollariga tuhtalmoqchiman - Jahon iqtisodiy amaliyoti, xalqaro lizingning kapital qo’yilmalarni yetarli darajada saqlab turishga xizmat qiluvchi, moliyaviy vosita sifatidagi yuqori samaradorligidan dalolat beradi. Xalqaro lizingda moliyalashtirishni tijorat banklari negizida tashkil qilinadigan lizing kompaniyalari, yoki banklaming o’zi amalga oshiradi. Shubxasiz, biznesning o’ziga xos bu turi bilan shug’ullanish banklarning o’ziga, yoki ularning maxsus bulimlariga, shuningdek, banklar bilan aloqador moliyaviy vositachilar uchun qulay.



Bugun O’zbekiston Respublikasida lizingning huquqiy asoslari shakllanayotganligini ishonch bilan aytish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi lizing shartnomasining mazmuni, lizing sub'ektlari va ulaming huquq va majburiyatlarini, shuningdek, lizing muomalalarida ishtirok etayotgan sub'ektlaming javobgarligini, lizing ob'ektlarini, sublizing (ijarachining lizingga olingan ob'ektni lizing shartnomasi asosida boshqa ijarachi - lizing oluvchiga berishi)ni belgilab beradi.

O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga binoan, lizing to’lovi - bu lizing oluvchi tomonidan lizing beruvchiga to’lanadigan hamda lizing ob'ektini sotib olish va lizing stavkasi bilan bog’liq barcha sarf-xarajatlarni o’z ichiga olgan pul summasidir.

Jahon tajribasiga qaraydigan bo’lsak, iqtisodiyotimizning turli tarmoqlarida lizingning turli shakllaridan foydalanish imkoniyati yaratilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda lizingning quyidagi shakllaridan foydalanish mumkin:


-Moliyaviy lizing.

-Operativ lizing
Moliyaviy lizing - bu ishlab chiqarish vositalarining uzoq muddatga ijaraga olishning bir shakli bo’lib, qoidaga binoan, ijaraga olingan mulklar, mulk egasidan ijaraga oluvchi, yoki mulkning ishlatuvchi ixtiyoriga o’tishi bilan yakunlanadi.


Operativ lizing - bu asosiy vositalarni uzoq muddatli ijaraga olish bilan bog’liq bo’lib, bunda asosiy vositalarni ta'mirlash ishlari, mulk egasi hisobidan yoki shartnomada ko’rsatilgan bo’lsa, diler firmasi hisobidan amalga oshiriladi.
3-Manba:
-Fuqarolik kodeksi (lizing operatsiyalari) bandidan
-https://uz.denemetr.com/docs/769/index-111161-1.htmlhttp:/uz.denemetr.com/docs/769/index-111161-1.html?page=22
1. Fikrimcha iqtisodiy risk va noaniqliklar bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir. Ushbu toifadagi tahdidlar ostida biz kompaniya rahbariyati tomonidan qabul qilingan biznes qarori natijasida yuzaga keladigan noxush hodisalar ehtimolini tushunamiz. Xavfning ijobiy tomoniga hozircha e'tibor bermaslik taklif qilinmoqda. Iqtisodiy muhitning noaniqligi, aslida kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan hodisaning asosiy sababidir. Ammo noaniqlikdan tashqari, iqtisodiy riskga barcha sohalardagi resurslarning cheklanishi ta'sir qiladi.

Iqtisodiy risk tegishli faoliyat bilan belgilanadi. Iqtisodiy faoliyat belgilariga quyidagilar kiradi. Sub'ektning umumiy foydali, iqtisodiy amaliyotiga mansubligi;

Davlat ro'yxatidan o'tkazish akti (yuridik shaxs sifatida) bilan tasdiqlangan faoliyat sub'ekti mavjudligi to'g'risidagi fakt.

Boshqaruv sohasi sifatida iqtisodiyot sohasida amalga oshirish sohasi;

Bir tomondan, jamiyat, uning a'zolari va kompaniya xodimlarining ehtiyojlarini qondirishda,

Ikkinchidan, moddiy va nomoddiy ne'matlarni yaratishda ifodalangan amaldagi maqsadlarning mavjudligi;daromad kompaniya tomonidan qilingan moddiy xarajatlarni va har xil turdagi xarajatlarni qoplash vazifasini bajaradi.

Xavf noxush hodisalar boshlanishining ma'lum ob'ektiv ehtimoli tufayli kelib chiqadi va qabul qilingan qaror ular uchun sub'ektiv zaruriy shartlarni shakllantiradi. Umuman olganda, har qanday iqtisodiy faktlar va hodisalarning sub'ektiv va ob'ektiv tomonlari iqtisodiy munosabatlarda asosiy rollardan birini o'ynaydi. Va munosabatlar sub'ekti har doim ularning dinamikasidagi har qanday taxmin qilinayotgan voqealar to'g'risida muhim bahoga ega.

Va bu munosabatlarning o'zlari kamida ikkita mavzuni o'z ichiga olganligi sababli, biz ularning qaysi biri xavfini hisobga olgan holda tushunishimiz kerak. Buning uchun quyidagi sxemaga e'tibor berishni taklif qilaman.

Darhaqiqat, sub'ektlar o'rtasidagi aloqalar nafaqat iqtisodiy xususiyatga ega. Ularni siyosat, texnologiya, xalqaro munosabatlar va boshqalar belgilashi mumkin. Shu bilan birga, iqtisodiy tavakkalchilik turlari, faqat ishbilarmonlik kontekstidan tashqari, universal xatarlarning maxsus turlarini ham o'z ichiga olishi mumkin. Bularga nafaqat foyda olish uchun, balki biznes tashabbuslari uchun ham oqibatlarga olib kelishi mumkin bo'lgan tahdidlar kiradi. Masalan, shaxsiy daromad solig'i yoki FSS (moliyaviy tavakkalchilik) ni hisoblashda xatolar tufayli xodimlarning moliyaviy ahvoliga zarar yetishi mumkin. Shuningdek, korxonaning balansidagi mol-mulk uchun uning ijtimoiy sohasidagi salbiy oqibatlari (mulkiy tavakkalchilik) ehtimoli katta.

Moliyaviy tavakkalchilikni biz qaror qilish natijasida moliyaviy resurslarni (pulni) yo'qotish shaklida noxush hodisa va uning oqibatlarini yuzaga keltirish imkoniyatini belgilaydigan iqtisodiy tavakkalchilik turi deb tushunamiz. Umuman olganda, kompaniya iqtisodiyoti uchun xavfning mumkin bo'lgan oqibatlari uchta asosiy yo'nalishda shakllanadi.

Rejalashtirilgan foydani to'liq yoki qisman ololmaslik foyda, daromad, xodimlardan qoniqish, biznes kapitallashuvi va boshqalar.

Kompaniya resurslarini to'liq yoki qisman yo'qotish pul, xodimlar, mol-mulk, ma'lumotlar va boshqalar.

Qo'shimcha moliyaviy va moddiy xarajatlar masalan, etkazilgan zararni qoplash holatida. Iqtisodiy riskining yuzaga kelish sabablari shulardan iborat.

1-Manba:
http://library.tdtuof.uz/storage/web/source/1/v04CD_uk54TqdnpZgfxXMRj5vRT03Ylo.pdf
Download 73,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish