Axmedjanova Diloromning " Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi"



Download 445,2 Kb.
bet6/19
Sana29.12.2021
Hajmi445,2 Kb.
#75363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi

Tush ko`rish
Uyquda ma`lum taasurot va obrazlarni idrok etish holati ko`p uchrab turadi. Ongning o`ziga xos bu xolati tush ko`rish deyiladi. Tush ko`rish uyquning tez davrida sodir bo`lishi uning po`stloq hujayralari faolligi natijasida ekanini ko`rsatadi. Bu faollikni doimo mavjud bo`lgan kuchsiz ta`sirotlar (xonaning isib ketishi, yoki sovib ketishi, tovushlar, chanqash, ichki a`zolardan birini kasallanishi, isitma va b.) kuchaytiradi. Ular turli tuyg`ularni keltirib chiqaradi, bu tuyg`ular ko`rilayotgan tushga aralashib ketadi. Tush ongda birin ketin namoyon bo`ladigan ko`ruv eshituv, teri-taktil obrazlaridan iborat.

I.P.Pavlovning fikricha tush ko`rishning asosi avval kechirgan qo`zg`olishlarning uyqu vaqtida o`ziga xos faollikdan bo`lgan po`stloq hujayralari qayta tiklanishidir. Ma`lumki, ko`rgan eshitganimiz po`stloq hujayralarida qayd qilinadi, nerv tizimida iz qoldiradi. Bedorlik holatida bu izlar paydo qiladigan ko`zg`alishlar ko`pincha tormozlangan bo`lib, faqat eslaganda tormozlanishidan chiqishi mumkin.

Tushimizda bo`lib o`tgan voqealarni bevosita ko`rayotgandek bo`lamiz. Tush ko`rish boshdan kechirgan voqealar izlarining miyada qayta tiklanishini asosi bo`lishini ba`zi dalillar isbotlaydi. Masalan, ko`r bo`lib tug`ilgan bola tushida hech qachon ko`ruv obrazlarini ko`rmaydi. es-xushini tanib olgandan keyin ko`r bo`lgan odamning tushida ko`ruv obrazlari namoyon bo`ladi, tushda avval boshdan kechirilmagan, ko`rilmagan, eshitmagan hodisalar uchramaydi. Bo`lib o`tgan xodisalar izining markaziy nerv sistemasida tiklanishi turli harakterga ega bo`lishi mumkin. Ba`zan tushda o`tgan xodisalarning vaqtdagi va fazodagi tartibi saqlanib qoladi. Ko`pincha tushda ancha ilgari sodir bo`lgan hodisalar kecha-bugungi hodisalarga aralash-quralash bo`lib ketadi. Tushda umuman ko`rilmagan odam yoki tabiatda uchramaydigan hayvon qiyofasini, boshdan o`tmagan hodisalarni ham ko`rish mumkin.

Uyquning ultra paradoksal, paradoksal va tormozlanish fazalari farq qilinadi. Odam ko`pincha tushning ultra paradooksal fazasida tush ko`radi. Bu chuqur uyquga ketish yoki odam uxlashdan uygonishga o`tayotgan vaqtga to`g`ri keladi. Uygonishdan va uxlashdan biroz oldin ko`rilgan tushlar esda qoladi. Chuqur uyqu davrida ko`rilgan tushlar ko`pincha esda qolmaydi. Ba`zi odamlar butun umri mobaynida tush ko`rmasligi mumkin. Ba`zi odamlar juda ko`p tush ko`radi. Hayvonlar ham tush ko`radi. Chaqaloq ham tush ko`radi.
Gipnoz
I.P.Pavlov ishlari shundan darak beradiki, uyqu shuningdek gipnoz vaqtida bosh miya katta yarim sharlar tormozlangan holatda bo`ladi. tabiiy uyqu bilan gipnotik holatning farqi miya po`stlog`idagi tormozlanishning tarqalishidadir.

Gipnotik uyquda va gipnotik holatning bir necha fazalari ko`zatiladi. Gipnozda miya po`stlog`ining harakat markazlari tormozlanadi. Masalan, hayvonni birdaniga, kuchli, keskin harakat bilan orqasiga agdarib qo`yilsa, hayvonda harakat markazlari tormozlanadi, u ancha vaqtgacha ko`zini ochib harakat qilolmaydi. Uyqudan gipnozning asosiy farqi gipnozda miya po`stlog`ining ayrim markazlari tormozlanadi. Odamni gipnoz qilinganda nutqning nerv markazlariii uyg`oq qoldirish muhim ahamiyatga ega. Bu markaz orqali vrach yoki gipnozchi bilan gipnoz qilingan odam orasida bog`lanish hosil qilinadi. Gipnoz va uyqu bir xil sharoitda yuzaga chiqadi. Uyquga o`xshab gipnoz ham kuchisiz, ritmik ravishda takrorlanadigan ta`sirotlar yuzaga chiqaradi. Gipnozga odatda uyqu chaqiradigan shartli ta`sirotlarni (uxlang", "uxlang" degaya so`zii) qayta-qayta takrorlash bilan erishiladi.

Gipnozda uch davr ajratiladi 1) mudrash davri, bu davrda gipotik gipozchining gapiga qarshilik ko`rsatib ko`zlarini ochishi mumkin 2) yuzaki uyqu davri-gapnotik gipozchining ishontirishiga qarshilik ko`rsata olmaydi, ko`zlarini ocha olmaydi 3) samnabulizm chuqur uyqu davri-gipnotik gipnozchiga butunlay buyin soladi va bo`lgan hodisalarni eslab qololmaydi.

Gipnozga moyillik odamning yoshiga, jinsi va salomatliligi, charchaganliga, idroki va boshqa shaxsiy xususiyatlariga bog`liq. Gipnoz vaqtida gipnozchi gipnotikning ongiga ta`sir o`tkazadi, uning xoxishi bilan hisoblashmasdan o`zi xoxlagan narsaga ishontiradi. Gipnoz nazariyasi hali to`liq ishlab chiqilmagan. Psixologiya nuqtai nazaridan gipnoz odam idrokining taslim bo`lishi va gipnozchining buyruqlarini ko`r-ko`rona bajarishidan iborat. Gipnoz vaqtida odamning oliy nerv faoliyati keskin o`zgaradi, uni sezgilari o`zgarganiga masalan og`riqni yo`qolganiga ishontirish mumkin.

Gipnotikka u boshqa yoshdaligini, butunlay boshqa yerdaligiga, boshqa kayfiyatdaligini shpontirish va gipnozchi xoxlagan hatti-harakatlarini bajarishga majbur qilish mumkin.
Kun tartibi va uning ahamiyati


Download 445,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish