Axloqiy qadriyatlarni quyidagicha tasniflash mumkin


Sog'lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati



Download 29,93 Kb.
bet3/3
Sana29.04.2022
Hajmi29,93 Kb.
#589693
1   2   3
Bog'liq
ong

Sog'lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati. Jismonan sog', ma'nan barkamol, zararli ta'sirlardan, salbiy xislat, illatlardan xoli, toza, рок, sog'lom fikrli avlodni, sog'lom naslli, jismoniy baquvvat, ruhi tetik, fikri tiniq, iymone'tiqodli, ma'naviyatli, mard va jasur, vatanparvar shaxsni tarbiyalashda har bir jamiyat a'zosi olib borayotgan turmush tarzi juda katta rol o'ynaydi. Sog'lom bolaning tug'ilishi, eng avvalo, ota-onaning sog'lig'iga bog'liq. Sog'lom oila bo'lmasa, barkamol avlod ham, istiqboli porloq millat ham bo'lmaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu masalaga nihoyatda katta e'tibor berib kelinmoqda.
Inson uzoq umr ko'rish va tinch hayot kechirish maqsadida sog'lom, tetik va baquvvat bo'lish, o'z yoshligi, husni va ishchanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning asosiy omillaridan biri jismoniy harakatdir. Sog'lom turmush inson farovon hayot kechirayotganidan dalolat beruvchi omillardan biridir. Chiniqish — bu organizmni suv, quyosh va havo ta'sirida sekin-asta moslashtirib borish mexanizmidir.
Hozirgi paytda globallashuv jarayoni hayotimizga tez sur'atlar bilan kelmoqda. Uning ijobiy tomonlari birinchi navbatda turli sohalarda (jumladan, iqtisod, siyosat, madaniyat sohalarida) davlatlar va xalqlar o'rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishiga xizmat kundan-kunga kengayib va rang baranglashib bormoqda. Shu bilan birga dunyoda barcha odamlar ham ezgu niyatlar bilan ish olib boradi, deyish qiyin. Ba'zilar buzg'unchi kuchlar uchun jahonda yagona axborot maydonining vujudga kelishi ham bunda «ayni muddao» bo'ldi. Ular zudlik bilan bu qudratli vositani ham o'z qabih niyatlari yo'lida ishga solish harakatiga tushdilar.
Taraqqiyotga tahdidning zamonaviy ko'rinishlaridan biri bu «Ommaviy madaniyat» bo'lib, u o'tgan asrning ikkinchi yarmida G'arbda «pop kultura» nomi bilan vujudga kelgan. U millat, ma'naviyat, qadriyat kabi tushunchalarni inson ongidan butunlay o'chirib tashlab, manqurtga aylangan olomonni shakllantiradi. Bugungi kunda «ommaviy madaniyat» G'arb dunyosidagi madaniy hayotni izdan chiqarib, oila, nikoh, axloq bilan bog'liq qadriyatlarga putur yetkazgan holda butun olamga giyohvandlik, gomoseksualizm, SPID, egoizm, sadizm kabi illatlarni tarqatmoqda. Bu kabi illatlarni o'zida mujassam etgan «ommaviy madaniyat» globallashuv sharoitidagi axborotning shiddatli oqimidan foydalanib, milliy madaniyatlar qiyofasini o'zgartirishga va xalqlar turmush tarzini yaqinlashuviga sabab bo'lmoqda. Bir so'z bilan aytganda «ommaviy madaniyat» dunyoda bir xillikni shakllantirmoqda. Inson hayotida bir xillik zerikarli va mazmunsiz yashashga olib keladi.
Globallashuvning eng dolzarb bo'lgan madaniyatlararo munosabatlardagi bu tendensiyalari bizning davrimizda ziddiyat ko'rinishini kasb etmoqda. Ana shunday «madaniy qarash»lardan biri kosmopolitizm (yun. kosmorolites — dunyo, olam, dunyo fuqarosi) bo'lib, bu oqim tarafdorlari yagona dunyo, universalizm g'oyasini ilgari suradilar. «Yagona dunyo erkin fuqarosi»ning bu g'oyasi go'yoki har qanday millat va mamlakat manfaatlaridan ustun turadi. Ularning qarashlariga ko'ra hech qanday millat yoki mamlakat yo'q, hamma bir xil dunyo xalqlaridir. Bu g'oya ham «Ommaviy madaniyat»ning ko'rinishlaridan biridir. 
Milliy madaniyatimiz har doim tahdidlarga uchrab kelgan. XX asrgacha gegemonlikni istagan bosqinchi kuchlarning qarshiligiga uchrab kelgan bo'lsa, endilikda mafkuraviy qurol birlamchi bo'lgan global zamonamizda hudud tanlangan qator muammolar tahdid solmoqda. Bu muammolar madaniy chegaralarni buzib, milliy birliklarga ba'zan oshkora, ba'zan esa yashirin ravishda o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda. «Ommaviy madaniyat» millat va xalq tanlamaydi. Shu bois ko'p millatli O'zbekiston xalqi uning har qanday shakllariga yo'l bermasdan yagona milliy mafkura atrofida birlashishi maqsadga muvofiqdir.
Texnik taraqqiyotni, uning jamiyatdagi o'rni va rolini to'xtatish, inkor etish mumkin emas. Shunday ekan, texnogen sivilizatsiyada inson texnogen madaniyat-fan amaliyoti, texnikaning yangidanyangi shakllari, ularni ishlata bilish uquvi va mahoratiga ega bo'lishi taqozo etiladi. Ayni paytda inson ma'naviyatining substansiyasi, ijodiy kuch quvvati va o'z o'rnida har bir inson ijodiy quvvatining in'ikosi bo'lgan mehnatda texnikaning o'rni va ahamiyati ortib borayotgani barchaga ma'lum.
Texnika rivojining ko'p yillik tarixi bizni ng texnik bilimlarimizixtirochilik, konstruktorlik qobiliyatimiz fan, inson ehtiyojlari, yashash muhiti rivojiga muvofiq doimiy mukammallashib borishini ko'rsatmoqda. «Inson va mashina» munosabatlari tobora yangicha mazmun kasb etib bormoqda. Ammo har qanday rivojlangan texnika ham ijtimoiy masalalarni insonsiz hal eta olmaydi. Mamlakat taraqqiyoti taqdirini texnikaviy bilimi, hozirgi zamonning murakkab texnologiyalarini egallash bilan birga ma'naviy jihatdan yetuk, barkamol odamlar hal qiladi.
«Bioetika» tushunchasi insonning butun tiriklikka munosabatini ko'rib chiqadigan masalalar sohasini nazarda tutadi. Biologiya va tibbiyot sohasidagi bilimlarning taraqqiyoti, tibbiyot yangi imkoniyatlarinmg rivojlanishi an'anaviy etika ilgari duch kelmagan muammolarni keltirib chiqardi. Amalda bioetika amaliy etikaga aylandi ya asosiy e'tiborni amaliy tibbiyotning axloqiy muammolariga qaratdi. Bugungi kunda zamonaviy bioetikaning eftanaziya, klonlashtirish, abort bilan bog'liq muammolari mavjud. Yaratuvchanlik va bunyodkorlik fazilati Alloh yaratgan barcha jonzotlar ichida eng mukarrami hisoblangan insonga ko'proq berilgan. Ba'zida esa fazilatni o'rnini o'ziga bog'liq holda buzg'unchilik illati egallab oladi. Bu holat individ darajasidan inson darajasiga shakllanayotgan ona qornidagi bolaga nisbatan ayolni o'ziga bog'liq va bog'liq bo'lmagan holatlarda homilaning rivojlanishini sun'iy yo'l bilan to'xtatish (abort) bilan bog'liq holatlar tibbiy axloqiy muammo sifatida bugungi kunda juda ham ko'p uchrab turadi. Masalan, «Yevropada uchta mamlakat Shimoliy Irlandiya, Malta va Irlandiya Respublikasida abort taqiqlangan. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, abortlar soni tug'ilishlar sonidan kam emas. Ba'zi mamlakatlarda esa qayd etilgan abortlar soni tug'ilishlardan ko'p. Rossiyada ba'zi tug'ruqxonalar abort miqdorining keskin ortishi tufayli ruhoniyga yordam so'rab murojaat qilishgan. Hatto shifokorlar ayollarga operatsiyadan oldin rohib bilan suhbatlashishni shart qilib qo'yishmoqda. Shuning ta'sirida abortdan voz kechganlar soni ortgani ta'kidlanmoqda».
Bioetika tadqiqotlar sohasi, ijtimoiy munozaralar va axloqiy qarorlar qabul qilish maydoni sifatida mamlakatimizda o'zining dastlabki qadamlarini tashlamoqda. Jahonning ko'pgina atoqli mutafakkirlari insoniyat yangi ming yillikda yashab qolishi uchun vayronkor an'analar va ajralishdan yangi umumbashariy dunyoqarashga yo'l topishi zarurligini ko'rsatmoqda. Ularning mazkur qarashlari Xalqaro Insonparvarlik Akademiyasi tomonidan 2000-yilda chiqarilgan insonparvarlik manifestida aks ettirildi. Unda quyidagi so'zlar bor: «Yangi dunyoqarash inson huquqlarini himoya qilishi, insonning erkinligi va qadr-qimmatini yanada oshirishi, Shuningdek, bizning butun insoniyat oldidagi majburiyatlarimizni qayd etishi lozim».
Download 29,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish