Murakkab mulohaza va uning turlari. Murakkab mulohaza deb, mantiqiy bog’lovchi yordamida ikki va undan ortiq oddiy mulohazadan tashkil topgan mulohazalarga aytiladi.
Murakkab mulohazalar “yo”, “yoki”, “yoxud”, “. . . sa, . . . bo’ladi” kabi bog’lovchilari yordamida hosil qilinadi. Mantiqiy bog’lovchi grammatik bog’lovchidan farq qiladi. Grammatik bog’lovchi oddiy gaplardan murakkab gaplar hosil qilish uchun qo’llaniladi. Biror - bir grammatik bog’lovchini qo’llash oddiy gaplar orasida ma’no jihatidan bo’ladigan aloqadorlikka bog’liq. Grammatik bog’lovchilar – “va”, “ham” ketma-ket keluvchi narsa va hodisalar haqida, “esa”, “biroq” - bir-biriga qarama-qarshi turuvchi, bir-biridan farq qiluvchi hodisalar haqida, “chunki”, “shuning uchun” - sababiy-oqibatiy munosabatda bo’lgan narsa va hodisalar haqida berilgan ma’lumotlarni ifodalash uchun xizmat qiladi.
Shundan keyingina murakkab mulohazalarning turlarini o’rganishga kirishish mumkin.
Murakkab mulohaza uch turga bo’linadi:
1. Birlashtiruvchi (kon’yunktiv) mulohaza.
2. Ayiruvchi (diz’yunktiv) mulohaza.
3. Shartli (implikativ) mulohaza.
Birlashuiruvchi (kon’yunktiv) mulohaza. Birlashtiruvchi mulohaza “va”, “ham”, “hamda” bog’lovchilari yordamida hosil qilinadi. Mantiqiy bog’lovchi - "va" "/\" belgisi bilan ifodalanadi.
Misol, “Qor yog’di va bir zumda hamma yoq oppoq bo’ldi”;
Ayiruvchi (diz’yunktiv) mulohaza. Ayiruvchi mulohazalar “yo”, “yoki”, “yoxud” bog’lovchilari yordamida hosil qilinadi. Ayiruvchi (diz’yunktiv) mulohaza deb, “yoki” mantiqiy bog’lovchisi yordamida oddiy mulohazalardan hosil qilingan murakkab mulohazaga aytiladi.
Masalan. Bu dehqon yo qattiq mehnat kilgani uchun, yo eri unumdor bo’lgani uchun yo bir vaqtning o’zida ham qattiq mehnat qilganligi, ham eri unumdor bo’lganligi uchun mul hosil olgan.
Shartli mulohazalar. Shartli mulohazalar narsa va hodisalarning orasidagi sababiy aloqadorlikni ifodalaydi. Bunday mulohazalarning birida sabab hodisa aks etsa, ikkinchisida oqibat hodisa aks etadi. Biror hodisaning kelib bunday mulohazalar shart bo’lganligi sababli bunday mulohazalar shartli mulohazalar degan nom olgan.
Shartli mulohaza deb, ikki mulohazaning “agar…u holda” mantiqiy bog’lovchisi yordamida bog’lanishidan hosil bo’lgan murakkab mulohazaga aytiladi.
Misol, “agar kuesh nuri suv zarrachalaridan kesib o’tsa, unda kamalak hosil bo’ladi”. “Agar” bog’lovchisidan keyin boshlanib, “… u holda” gacha davom etadigan mulohaza shartli mulohazaning asosi deyiladi; “… u holda” dan keyin keladigan mulohaza shartli mulohazaning natijasi deyiladi. Agar, shartli mulohazaning asosini A harfi bilan, natijasini B harfi bilan belgilasak, unda shartli mulohazaning formulasi :
“Agar A bo’lsa, u holda B”
Do'stlaringiz bilan baham: |