Axloqiy madaniy qadriyatlar Reja: Axloqiy madaniy qadriyat Falsafiy muammolar


Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni



Download 146,99 Kb.
bet51/67
Sana26.02.2022
Hajmi146,99 Kb.
#466720
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67
Bog'liq
Axloqiy madaniy qadriyatlar

3. Nikoh va oilaning axloqiy asoslari, uning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni.
Nikoh — eng qadimgi axloqiy munosabat shakli. Nikohning qonuniy va diniy jihatlari. Nikoh o'z mohiyatiga ko'ra axloqiy hodisa. Nikoh — erkak va ayolning teng huquqli, erkin va ixtiyoriy ittifoqi bo'lib, u fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida tuziladi va oila tuzish maqsadiga xizmat qiladi. Oila jamiyatning dastlabki bo'g'ini sanaladi va davlatning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki oilada tug'ilib, tarbiya topayotgan yosh avlod jamiyatning, davlatning ertangi kunini, istiqbolini belgilab beradi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018-yil 2-fevraldagi «Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori oila mustahkamligini ta'minlash, uning ijtimoiy vazifalarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirish, ayniqsa, oilaning farzandlar tarbiyasidagi nufuzini oshirishga ko'maklashish hamda mamlakatimizda oila va nikoh munosabatlarining qadriyat sifatida e'tirof etish uchun asosiy poydevor bo'lib xizmat qiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan marosimdagi ma'ruzasida oilaning jamiyat taraqqiyotidagi nufuzi haqida: «Barchamizga ayonki, yurtimizdagi har qaysi inson, har qaysi oilaning eng ezgu orzu-maqsadlari, hayotiy manfaatlari avvalambor uning farzandlari timsolida namoyon bo'ladi, ro'yobga chiqadi. Albatta, bu borada yurtimizda ulkan ishlar qilinmoqda va ular amalda o'zining ijobiy natijasini bermoqda», — deb ta'kidlagan edilar.
Oila, nikoh haqida, uning mustahkamligi to'g'risida diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarimiz Imom al-Buxoriy, Imom al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg'inoniy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat va boshqalar o'z asarlarida qimmatli fikrlarini keltirib o'tganlar. Xususan, fiqh (musulmon huquqshunosligi) ilmining sultoni Burhoniuddin Marg'inoniyning oilani mustahkamligi va farovonligini oshirishga xizmat qiladigan, oila va nikoh masalasida chiqarilgan ayrim hukmlarini ta'kidlash lozim.
Burhoniddin al-Marg'inoniyning shoh asari «Hidoya»da «Nikoh kitobi» va «Taloq kitobi» bevosita oila va nikoh masalalariga bag'ishlangan. Marg'inoniy oilaning moddiy va ma'naviy jihatdan mustahkamlanishi uchun xizmat qilishi mumkin bo'lgan holatlarni nazarda tutgan holda mahr berish borasida ayrim yengilliklarni o'z hukmlariga kiritadi: Chunonchi, «nikohda garchi mahr aytilmasa ham, nikoh durust bo'laveradi», «... mahr ayol kishining xolis haqqidir. U nikohning boshidayoq mahrni bekor qilishi mumkin bo'lgani kabi nikoh tugagandan keyin (ya'ni eri o'lgandan keyin) ham o'z haqidan voz kechishi mumkin», «Nikoh faqat juftlanish uchun emas, balki undan ko'zda tutilgan maqsadlarni ro'yobga chiqishi uchun mashru' qilingandir», deb chiqargan hukmlari fikrimizning isbotidir. Marg'inoniy fikricha, shaxsni ma'naviy tubanlikka olib kelishi, jamiyat uchun ijtimoiy falokatga aylanishi mumkin bo'lgan har qanday nikoh holatlari axloqiy jihatdan qattiq qoralanadi va g'ayrishar'iy nikohlar deb hukm chiqariladi, garchi bu nikohlar rasmiyatchilik qonun-qoidalari asosida amalga oshirilgan bo'lsa ham. Rasman nikoh deb atalgan, lekin Marg'inoniy tomonidan noshar'iy deb hukm chiqarilgan ana shunday «botil» nikohlardan biri — mut'a nikohidir. Ushbu nikohning g'ayriaxloqiy mohiyati va «botilligi haqida «Hidoya»da shunday deyiladi: «Mut'a birorta ayolga: men sendan falon muddatga faloncha pul evaziga (jinsiy) foydalanaman» — deyishdir.
Har bir insonning shakllanishi, voyaga yetishi, o'zini shaxs sifatida namoyon etishida u tarbiya topgan oiladagi tarbiyaning, ma'naviy-ruhiy muhitning o'rni kattadir. Shuning uchun ham ajdodlarimiz qurilajak oilaning mustahkamligini ta'minlaydigan jihatlarga alohida e'tibor qaratganlar. Yetti pushtini surishtirishdan tortib, oilaviy tutumini, mahalladoshlarining bo'lajak qudalar, kuyov yoki kelin haqidagi fikrlarini, kasbu korini batafsil o'rganishgan. Yosh oila asoschilarining oila qurishga tayyorgarligini hisobga olish esa eng muhim omil sanalgan.
Haqiqatdan ham, yoshlarning jismonan yetuklikka erishgani hali ularni oila qurishga tayyorligini bildirmaydi. Qachonki, ikki yosh ham kichik jamiyat, ya'ni oilani barpo etishga ruhan tayyor bo'lsalar, shundagina to'kis oila bunyod bo'lishi mumkin. Mutaxassislarning fikrlariga qaraganda, bugungi kunda ayrim otaonalar orzu-istaklarini tezroq ro'yobga chiqarish maqsadida yoki farzandi oldidagi mas'uliyatdan qochish uchunmi, farzandlarini erta turmush qurishga undashmoqda. Ming afsuski, bu ko'pincha ajralishlar bilan tugamoqda.
Oilada er-xotin bir-biri bilan nafaqat sevgi-muhabbat rishtalari orqali bog'langan, balki iqtisodiy-ijtimoiy, ma'naviy-tarbiyaviy, eng muhimi avlodlarni dunyoga keltirish, tarbiyalash va jamiyatga yetkazib berishdek o'ta mas'uliyatli vazifa bilan ham o'zaro bog'liqdirlar. Chunki «oila hayotning, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarni saqlaydigan, kelajak nasllar qanday inson bo'lib yetishishiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan tarbiya o'chog'idir»1 . Bunda ularning maqsad-muddaolari uyg'un, intilishlari mushtarak bo'lishi katta ahamiyat kasb etadi. Oila insonning o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga sharoit tug'diradigan, ruhan orom oladigan makoni bo'lishi bilan birga «asosiy ishxonasi» desak, mubolag'a bo'lmaydi. Bu yerda er ham, xotin ham o'z vazifasini og'ishmay bajarsagina farzandlari qobil, dasturxoni to'kin, el-yurt o'rtasidagi obro'si yuksak bo'ladi. Har tomonlama yetuk, barkamol avlod sog'lom muhitda, ma'rifatli, mehnatkash, uzoqni ko'ra oladigan ota-onalarning qo'l ostida voyaga yetadi.
Milliy tarbiya tizimida oila ma'naviyati, undagi ota-onaning o'rniga ajdodlarimiz alohida e'tibor berishganlar. Chunonchi, milliy ma'naviyatning shakllanishiga beqiyos hissa qo'shgan, o'zbek oilalarida azaldan sog'lom turmush tarzi, muomala madaniyati mavjudki, bu, o'z navbatida ota-ona va farzandlar o'ziga xos axloqiy qadriyatlarga munosabatlarida, ro'zg'orni saranjom tutish, o'ziga-o'zi xizmat ko'rsatish tamoyillarida o'z ifodasini topgan. Milliy an'analarimiz ichida bola tarbiyasiga doir urf-odatlar ayniqsa, muhim o'rin tutadi. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, xalqning sof holda ko'rinishi bolalarda namoyon bo'ladi. Qachonki bolalarda milliylik o'lar ekan, bu millat o'limining boshlanishini bildiradi. Tarbiyada milliylik qancha ko'p saqlanib qolgan bo'lsa, shu millat shuncha kuchli madaniyatga ega, ma'naviy boy hisoblanadi.
Oiladagi to'g'ri tarbiya dastlab ota-onaning namunali, ularning o'zaro iliq va samimiy munosabatlari orqali amalga oshiriladi. Oiladagi ota-ona va boshqa oila a'zolarining gazeta va jurnallar, badiiy asarlarni o'qishi, ma'naviy-ma'rifiy ko'rsatuvlarni ko'rishi hamda ularga oilaviy munosabatlarini bildirishi yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta'sir etadi. Oila o'rnini bosuvchi boshqa ijtimoiy institut hali kashf etilgani yo'q. Oila shaxs, davlat, jamiyat va boshqa ijtimoiy institutlar o'rtasidagi munosabatlarda vositachi o'rnini o'taydi. Oilaning o'z vazifalarmi bajarishi avlodlar tarixiy izchilligining saqlanishi, shaxs va jamiyat rivojlanishi jamiyat taraqqiyotining muhim sharti hisoblanadi. Oilaviy tarbiya — bu, avvalo ota-onaning o'zini tarbiyalash demakdir. Ota va ona oila deb atalmish muqaddas qo'rg'onning ustunlari. Ular qanchalik pishiq va puxta bo'lsa, bu qo'rg'on ham shunchalik mustahkamlanib boraveradi.
Oiladagi qadriyatlar, undagi psixologik, ijtimoiy-ma'naviy muhitning farzand tarbiyasiga ta'siri buyuk mutafakkir va allomalarimizning bizgacha yetib kelgan ilmiy meroslarida alohida e'tirof etilgan. Oila qurish jamoa, ota-ona izmida bo'lgan. Shu sababli, jamoa va ota-onalar bo'lajak kelin-kuyovlami tanlashda obdon o'ylab ish ko'rganlar.
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida demokratik huquqiy davlat qurish, davlat va jamiyatimizning barcha jabhalarini modernizatsiya qilish hamda yangilashga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar, ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Xalqimiz uchun munosib turmush shart-sharoitlarini yaratish, bunyodkorlik salohiyatini oshirish, ming yillik an'analarimizni tiklash va yanada rivojlantirish, milliy o'zlikni anglash hamda faxr-iftixor tuyg'usini mustahkamlashga qaratilgani mamlakatimizda inson manfaatlarini ta'minlash yo'lida o'tkazilayotgan islohotlarning o'ziga xos jihatlaridir. Jumladan, «Harakatlar strategiyasi»da oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishlarini kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko'rsatish, chaqaloqlar va bolalar o'limini kamaytirish, jismoniy baquvvat va ma'naviy jihatdan sog'lom avlodni kamol toptirish masalalariga alohida ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida qaralgan. Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning ma'naviy, axloqiy tamoyillarini shakllantirish. Ajralish va uning axloqiy kamolotga salbiy ta'siri.
«Kadrlar tayyorlash bo'yicha milliy dasturi»da bu masalaga alohida urg'u berilgan.
Ya'ni:
— «oila oilaviy an'analarni hamda ma'naviy-axloqiy merosni saqlab qoluvchi, davom ettiruvchi;
— jamiyatning eng kichik bir qismi bo'lib, bolaning madaniy, estetik va boshqa ehtiyojlari o'sishini va sog'lom turmush tarzini ta'minlovchi;
— bolaning xulq-atvori asoslarini shakllantiruvchi birinchi murabbiy;
— hayotning barcha jabhalarida yosh avlodning doimo maslahatchisi, yo'1-yo'riq ko'rsatguvchisidir», deyiladi.
Jamiyatning tinchligi, barqarorligi, taraqqiyoti yoki tanazzuli, torn ma'noda aytganda ekzistensiyasi, ya'ni mayjudligini ta'minlovchi ijtimoiy me'yorlar yaralishiga ko'ra moddiy-iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy omillar bilan belgilanishi mumkin, ammo uning avloddanavlodga uzluksiz o'tib borishining birlamchi negizi avvalo tarbiyadir.
«Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora-tadbirlar yig'indisi. Odam va jamiyatning mayjudligini ta'minlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o'tadi». Demak berilgan ta'rifdan ham bilsa bo'ladiki, insoniyatning butun borlig'i, ekzistensial mohiyati tarbiya tufayli ro'yobga chiqadi va voqelikka aylanadi.
Yosh avlodning, umuman jamiyat a'zolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shug'ullanmagan mamlakat turg'unlik va inqirozga mahkum. Buni hech kim inkor qila olmaydi. O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov: «Ma'lumki, o'zbek xalqi azaldan o'zining bolajonligi, oilaparvarligi bilan ajralib turadi. Albatta, farzandga mehr qo'yish, ularning qornini to'q, ustini but qilish o'z yo'li bilan, lekin bolalarimizni yoshlik chog'idan boshlab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma'naviyat asosida voyaga yetkazish biz uchun doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Bu masalaga e'tibor bermaslik nafaqat ayrim ota-onalar, balki butun jamiyat uchun juda qimmatga tushishini ham ko'pgina hayotiy misollarda ko'rish mumkin», deganida haqli edi.
E'tibor bersak xalqimizning lug'at boyligida inson tarbiyasi bilan bog'liq bir qator so'z va iboralarni uchratamiz: aqliy tarbiya, ruhiy tarbiya, axloqiy tarbiya, ma'naviy tarbiya, g'oyaviy tarbiya, siyosiy tarbiya, ijtimoiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya va hokazo. Diqqat bilan nazar solinsa tarbiyaning aksariyat shakllari torn ma'noda kishining ma'naviy tarbiyasiga qaratilganini ko'rish mumkin. Ma'naviy tarbiya negizini esa birinchi navbatda aqliy, ruhiy va axloqiy fazilatlarni shakllantirish tashkil etadi.
Jamiyatimiz, xalqimiz ongi bunday salbiy tushunchalardan xoli. Farzand tarbiyasi xalqimizning o'z qo'lida. Biroq jamiyatning, hayotning bugungi jadal rivoji, munosabatlarning tezligi ba'zan kishini chalg'itib, muhimni-nomuhimdan ajratib olishida qiyinchiliklar tug'dirmoqda. Bizni o'rab turgan muhitda tarbiyaga ta'sir e'tuvchi omillar salmog'i ortib bormoqda. Masalan, televideniya va radio, kino va video mahsulotlari, turli reklama afishalari, internet kabilar shular jumlasidandir.
Bugungi g'oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning, chetdan kirib kelayotgan turli tahdidlarning nishoni ham birinchi navbatda yoshlar, ya'ni ularning ongi va qalbini egallash. Agarki, ota-onalar saodatli umr kechirishni istasa, xalq kelajagi porloq bo'lishini o'ylasa, mamlakat tinchlik va barqaror taraqqiyotni maqsad qilgan bo'lsa tarbiya, tarbiya va yana tarbiya masalasi dolzarb bo'lib qolaveradi. Zero, ulug' ajdodimiz A.Avloniy ta'kidlaganidek: «Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidir».
Oila shartnomasini tuzishning axloqiy jihatlari. Bugun shiddat bilan rivojlanib borayotgan taraqqiyot zamonning o'zgarishiga unga mos ravishda jamiyat a'zolariga bo'lgan talablarning o'zgarishiga olib keldi. Shu munosabat bilan inson hayotiga, uning turmush tarziga turli darajada ta'sir ko'rsatuvchi yangi tushunchalar kirib kelayapti. Ayniqsa, xususiy mulkchilik paydo bo'lgach, tafakkurimizda, ongimizda juda ko'p o'zgarishlar ro'y berdi. Zamon talablariga javob berishning bir ko'rinishi sifatida turmush tarzimizga «Nikoh shartnomasi» degan atama ham kirib keldi. Aslida bu ko'proq G'arb olamiga xos bo'lib, u yerda turmush qurgan paytda er-xotin o'rtasida nikoh shartnomasi tuziladiki, bir yil yoki ikki yildan so'ng ajralishsa qancha tovon to'lanadi yoxud farzand bo'lsa yoki bo'lmasa qancha tovon to'lanishi va boshqalar lozimligi haqida oldindan kelishib olinadi. Yoxud o'rtadagi mulk kimga tegishli bo'lishi xususida avvaldan belgilab qo'yiladi.
Nikoh shartnomalari (inglizcha «marriage kontrakt») hozirgi davrda G'arbiy Yevropa davlatlarida, AQSH, Kanadada keng ommalashgan. Bu tadbir, dastlab ming yillar ilgari Gretsiya va Rimda kelib chiqqan, ya'ni erkak va ayol nikoh tuzishdan avval mulkiy munosabatlari — kelgusida orttiradigan mulk va meros masalalari haqida kelishuvni rasmiylashtirishgani haqida ma'lumotlar mavjud. Dastlab biz uchun g'ayritabiiy tuyilgan ushbu holat bugUngi kunda hayotimizdan o'rin olmoqda. Bizning jamiyatimizda nikoh shartnomasi avvalo, mentalitetimizdan kelib chiqqan holda, birinchi navbatda ayolni himoya qilishga qaratilgan. Chunki aksariyat ayollarimiz o'z haq-huquqlarini yaxshi bilishmaydi, ajrashmoqchi bo'lgan chog'ida bolalarini yetaklagancha, «uyingni yelkamning chuqUri ko'rsin» deb chiqib ketaverishadi. Bizning tushunchamizda erkak kishi mardlarcha bola-chaqasiga molmulkni qoldirib (agar kelin-kuyov qaynona-qaynotasi bilan emas, alohida yashayotgan bo'lsa) yelkasiga choponini tashlab chiqib ketishi lozim, deyiladi. Biroq ayrim hollarda buning aksiga duch kelayapmiz.
Shu bois, bugungi kunda nikoh shartnomasi dolzarb masala hisoblanadi. Nikoh shartnomasining axloqiy ahamiyati shundaki, u mulkiy munosabatlarni tartibga solish orqali oilani mustahkamlaydi, er-xotinni bir-biriga tegishli mulkdan to'g'ri foydalanishga va uni yaxshi saqlashga, mulkiy majburiyatlarini o'z vaqtida bajarishga undaydi va shu bilan birgalikda fuqarolarning axloqiy va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi, sud orqali mulkni bo'lishdek ko'ngilsiz tortishuvlarning oldini oladi. FHDYO xodimlari va notariuslar tomonidan huquqiy targ'ibotning kuchaytirilishi, nikohlanuvchilarning nikoh shartnomalari qoidalari bilan tanishtirilishi kelgusida nikoh shartnomalarining rivojlanishi va oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarni bartaraf etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Download 146,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish