15
jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan o‘ziga xosligi bormi, agar
shunday bo‘lsa u nimada namoyon bo‘ladi? Boshlang‘ich sinflarimizning
o‘qituvchilari foydalanayotgan metodlar boshqa mamlakat o‘qituvchilari
foydalanayotgan metodlardan farq qiladimi? kabi asosiy masalalar
o‘rganiladi.
Ota-onalar so‘rovnomasida ota-onalar haqidagi ma’lumotlar, oiladagi
ta’limiy resurslar, farzandini maktabga tayyorlash,
uning maktabga
qabul qilinishidan avvalgi ko‘nikma va malakalari, ota-onalarning
maktabga va o‘qishga munosabati o‘rganiladi. PIRLS xalqaro dasturida
o‘quvchilarning o‘qib o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini rivojlantirishda
ularning yashash sharoitlari bilan bog‘liq omillarni qanchalik ahamiyatga
egaligini ko‘rsatib o‘tilgan. O‘qishni yoqtiradigan va o‘zlari ham mutolaa
qilib turadigan ota-onalar farzandlari uchun eng yaxshi namuna bo‘ladi.
Uyda o‘qish muhitini yaratilishi bolaning o‘qishga bo‘lgan rag‘batini
oshirishga va o‘qib o‘zlashtirish ko‘rsatkichini yaxshilashga turtki bo‘lishi
mumkin. Ota-onalarning o‘qish tarzi va o‘qish haqidagi tasavvurlari ham
bolaning o‘qishga nisbatan rag‘batlantirilishiga yordam beradi.
Ijtimoiy
muomalaga kirishish o‘ta nozik jarayon bo‘lib (masalan, o‘zlaridan
katta opa yoki akalarini o‘qiyotganini, o‘qish uchun turli materiallardan
foydalanayotganini ko‘rgan bolalar), mazkur jarayon o‘quvchining
o‘zlashtirish darajasiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Maktab ma’muriyati so‘rovnomasi orqali maktabning quvvati,
joylashuvi, jihozlanishi, ta’lim resurslari, maktabda o‘quv jarayonining
tashkil
etilishi, maktab muhiti o‘rganilib, tahlil qilinadi. O‘quvchilarning
yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatishlari uchun maktabda yaratib berilgan
sharoit maktabning ham yutug‘i hisoblanadi. Izlanishlar natijasiga
ko‘ra, o‘quvchilarning yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishida
maktabning tutgan o‘rni va o‘quvchilarning o‘qib o‘zlashtirishlari
o‘rtasida ijobiy bog‘lanish borligi isbotlangan. O‘qitish jarayonining
ahamiyati, o‘qitish jarayonini tashkil etishda birgalikdagi samaradorlik
(hamkorlik, ishlash), maktab ishchi-xodimlari, ota-onalar va o‘quvchilar
ortasidagi o‘zaro ishonch maktabda ijobiy o‘quv jarayonini
yaratishda
xizmat qiladigan omil hisoblanib, bu omillar, o‘z navbatida, ijobiy o‘quv
muhitini hosil qiladi.
16
Tadqiqotning 2016-yil natijalariga ko‘ra, 50 ta mamlakat ichida,
Rossiya, Singapur, Gonkong, Irlandiya
va Finlyandiya mamlakatlari
yuqori natijalarni qayd etgan bo‘lsa, shular orasida rossiyalik va
singapurlik o‘quvchilar matnni o‘qish va tushunish bo‘yicha eng yuqori
natijalarni ko‘rsatgan. Shuningdek, Rossiyaning boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari ushbu mezon bo‘yicha dunyoda yetakchilik qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: