“8”
va
“9”
kodlari. Javob bermaslik holatlaridagi ushbu
kodlarni tayinlashda quyidagi ko‘rsatmalarga amal qilish lozim:
8
kodi PIRLS tadqiqotida qog‘oz shaklida ishtirok etuvchi
mamlakatlarda foydalanilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, elektron shaklda
ishtirok etayotgan mamlakatlar uchun ahamiyatga ega emas. Chunki,
tadqiqotning tashkiliy shaklidan kelib chiqqan holda, “Joriy etilmaydigan”
deb tasniflangan savollarga berilgan javoblarni ko‘rib chiqilmasligi
belgilangan. Ushbu koddan (8 kodi) savol xato chop etilgan, sahifa
tushib qolgan yoki o‘quvchiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablar bo‘lgan
holatlarda foydalaniladi. Masalan, xato chop etilgan baholash daftari
o‘quvchining savolga noto‘g‘ri javob berishiga olib kelishi mumkin yoki
biror bir hodisa tufayli o‘quvchi savolga javob bera olmasligi mumkin.
9
kodi esa PIRLS tadqiqotida jarayonlarning tashkiliy shaklidan
qat’iy nazar barcha mamlakatlar uchun joriy etiladi. Ushbu koddan (9
kodi) javob yoziladigan joy butunlay bo‘sh qoldirilgan yoki matnga aloqasi
bo‘lmagan tasodifiy belgilar qo‘yilgan holatlarda foydalaniladi. Lekin,
o‘quvchi savolga javob berish uchun ma’lum darajada urinib ko‘rganligiga
dalil mavjud bo‘lsa,
9
kodi QO‘LLANILMAYDI.
O‘quvchilarning javoblari kim tomonidan baholanishidan qat’iy nazar
tizimli baholanishi juda muhimdir. Bu, har bir baholovchi o‘quvchilarning
javoblarini boshqa baholovchilar kabi baholashi lozim ekanligini
anglatadi. Baholovchi baholash yo‘riqnomasining har bir tafsilotini doim
ham ma’qullamasligi mumkin. U umumiy baholash jarayonida sifatni
eng yuqori darajada ta’minlashi uchun baholash bo‘yicha yo‘riqnomaning
maxsus jihatlariga tizimli ravishda amal qilishi kerak. Baholovchilar
o‘quvchining bergan javobini baholash yo‘riqnomasida keltirilgan
baholash darajasi tavsiflari bo‘yicha ko‘rib chiqishga mas’uldirlar.
99
Ushbu baholash mezonlari Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro
tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tomonidan ishlab chiqilgan
4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro
PIRLS tadqiqotiga tayyorgarlik ko‘rish uchun mo‘ljallangan 3
-
sonli
Axborotnomada berilgan matnlar yuzasidan savol va topshiriqlarning
javoblarini baholashga qaratilgan.
3
-
sonli Axborotnomada 8 ta matn berilgan bo‘lib, ular PIRLS
tadqiqoti tamoyillariga ko‘ra, o‘quvchilarning matnni o‘qib, axborot
olish va foydalana olish hamda badiiy tajriba orttirishini baholash
va rivojlantirishga mo‘ljallangan. 3
-
sonli Axborotnomada matnlar va
mazkur matnlarga asoslanib, o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini
baholashga mo‘ljallangan savol va topshiriqlar berilgan bo‘lib, ular javobi
tanlanadigan savollar va javobini yozma bayon qilish lozim bo‘lgan ochiq
savollardan iborat topshiriqlar guruhini o‘z ichiga olgan.
Ushbu baholash mezonlari 3-sonli Axborotnomadagi matnlarni o‘qib,
matn yuzasidan savol va topshiriqlarga o‘quvchilar tomonidan berilgan
javoblarni tahlil qilishda o‘qituvchilar va ota-onalar uchun qo‘llanma
vazifasini bajarishga qaratilgan bo‘lib, quyida undan foydalanish bo‘yicha
asosiy tushuncha va yo‘riqnomalar berilgan.
Ushbu baholash mezonlaridan foydalanishdan oldin, 3-sonli
Axborotnomada berilgan matnlarni va ular yuzasidan berilgan savol va
topshiriqlarni o‘qib chiqish tavsiya etiladi.
100
Do'stlaringiz bilan baham: |