Zamonaviy xotira turlari
Xotira qurilmasi - elektron hisoblash mashinasi (EHM), raqamli hisoblash
mashinasi (RHM) va kompyuterlarning axborotlarni qayd kilish, saqlash va
operator izlaganda "qaytarib berish" uchun moʻljallangan qismi. Asosan integral
mikrosxemalardan iborat. Xotira qurilmasida axborotlarni qayd qilishda
axborotlarni eltuvchi material (perfokarta, perfolentami mexanik tarzda surish,
magnit materiallar (magnit disk, magnit lenta va boshqalar)ning magnit xossasini
oʻzgartirish, dielektriklarda elektrostatik zaryadlarni toʻplash, tovush va
ultratovush tebranishlaridan foydalanish, oʻta oʻtkazuvchanlik hodisasini qoʻllash
va boshqa amallar bajariladi.
Xotira qurilmasi, asosan, oʻta operativ, operativ va tashqi qurilmalardan
iborat boʻladi. Axborotlarni izlash usuliga koʻra, adresli (har bir xotira uyasiga
zarur raqam qoʻyiladi va axborot aniq bir adres boʻyicha izlanadi) hamda
assotsiativ (axborotlar alomatlar yigindisi boʻyicha izlanadi) Xotira qurilmasi
farqlanadi. Xotira qurilmasining axborotlar oʻchmaydigan (diod matritsalar,
perfolentalar va boshqalardagi axborotlar) va oʻchadigan (magnit eltuvchilar,
ferromagnit oʻzaklar va boshqalardagi axborotlar) turlari bor. Xotira qurilmasining
asosiy ish koʻrsatkichi birligi bit yoki bayt (8 bit)da oʻlchanadigan sigʻim, yaʼni bir
vaqtda Xotira qurilmasida joylashishi mumkin boʻlgan belgilar soni.
hujayrasi (uyasi) — neytronlar mavjud boʻlib, ularning har biri xotira hujayrasi
(uyasi)ni tashkil qiladi.
Kompyuterning "miyasi" — mikroprotsessor maʼlumot yoki dasturlarni
aynan xotiradan oladi va natijalarni unga qayd kiladi. Kompyuter diskdan
maʼlumotlarni "oʻqib", maxsus qismida saqlaydi va ish jarayonida undan bevosita
foydalanib turadi. Ana shu maxsus kiyem operativ xotira deb ataladi.
Kompyuterning imkoniyatlari operativ xotira sigʻimiga bogʻliq. Kompyuterda
operativ xotira 1 Mbayt yoki undan kichik boʻlsa, u faqat MS DOS OT muhitida,
agar 4 Mbayt boʻlsa, MS DOS OT, Windows 3.1 muhitida, 32 Mbayt va undan
katta boʻlsa, lokal tarmoqdar (internet, elektron pochta — Email) da ishlashi
mumkin. Koʻpchilik kompyuterlarda operativ xotira orasiga qoʻshimcha
KEShxotira oʻrnatiladi. Koʻp ishlatiladigan maʼlumotlar ana shu xotiraga kayd
kilinadi. IBM PC kompyuterida yana xotiraning BIOS (doimiy xotira) va CMOS
(yarim doimiy xotira) turlari mavjud. Ularda kompyuter qurilmalarini tekshirish
dasturlari, operatsion tizimni yuklash va kompyuter qurilmalariga xizmat
koʻrsatish vazifalarini bajarish dasturlari saqlanadi. Elektron texnikasining
rivojlanishi, bionika yutuqyaaridan samarali foydalanish tufayli sigʻimi inson
miyasi sigʻimiga yaqinlashib qoladigan Xotira qurilmasi yaratishga muvaffaq
boʻlindi.
Bundan bir necha o‘n yil oldin “flesh” xotira to‘g‘risida faqatgina tajribali
kompyuter foydalanuvchilari bilishardi. Chunki u paytlarda flesh xotira modullari
shaxsiy kompyuterlarda, asosan, PCI shinali 486 prosessorli kompyuterlarda ilk
bora ishlatila boshlangan edi.
Ammo bugunga kelib bunday xotira modullari nafaqat kompyuter
texnikalarida balki mobil aloqa telefonlarida (telefon raqamlarini saqlab qolish,
so‘zlashuv vaqtini hisoblash va boshqa funksiyalarni bajarishda), raqamli
diktofonlarda (ovozni saqlash va qayta eshitish), mp3-pleyerlarida (musiqiy
formatdagi fayllarni saqlash va qayta eshitish), aloqa kommunikasiya raqamli
modemlarida, raqamli fotokameralarda (fotosuratlarni saqlab qolish va ko‘rish),
video kameralarda (video formatdagi axborotlarni saqlash, ko‘rish va eshitish)
axborotni samarali saqlash va uzatishda qo‘llanilmoqda. Ularning qo‘llanish sohasi
kun sayin yanada kengayib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |