Soundblaster
– axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni
tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Soundblaster
qurilmasining chiqish
qismiga ovoz kuchaytirgich yoki ovoz
kolonkalarini ulash mumkin, bu bilan
kompyuterning multimedia imkoniyatlarini to’liq namoyon etishga yo’l ochiladi.
Multimedia
– matn, tovushli ma`lumotlarni,
tabiiy va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi axborot
texnologiyasi. Multimedia uchun zamonaviy CD –
ROM texnologiyalar taqdimnomasi ilk marta 1987
yili Sietldagi konferensiyada (Second Microsoft CD
– ROM Conference) bo’lib o’tdi va bu sana
video
va audioaxborotli to’laqonli multimedianing paydo
bo’lishining boshlanishi deb hisoblanadi.