Paskal tilida qism dastur. Dasturlash jarayonida shunday holatlar mavjud bo‘ladiki, bunda hisoblash jarayonining ayrim bo‘laklarini parametrlarining turli qiymatlari uchun takror-takror bajarishda to’g’ri keladi. Bunday hollarda har bir bo’lak uchun alohida dastur, ya’ni qism dastur tuzib kerak bo’ganda unga murojat qilish ishni ancha engillashtiradi. Paskal tilida qism dasturining ikki xil ko‘rinishi qo‘llaniladi: funksiya (function) va prosedura (procedure). Har qanday dasturda bir necha prosedura va funksiyalar bo‘lishi mumkin. Prosedura va funksiya tavsiflash bo‘limida o‘zgaruvchilaridan keyin beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |