Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Mazkur dasturda kelgusidagi mutaxassis sifatlarini shakllantirish, faollashtirish hamda uning barcha qobiliyati va tashabbuskorligini ochishga e’tibor berilgan.
Dialogik yondoshuv. Fanning amaliyot darslarida shaxsning o’z-o’zini faollashtirish, o’zini ko’rsata olish kabi ijodiy faoliyatini rivojlantirish nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |