Jamiyatni komp’yuterlashtirish deganda, asosiy e`tibor axborotlarni qayta ishlash natijalarini tezkor olish va ularni saqlashni ta`minlab beruvchi komp`yuterlarning texnik bazasini joriy qilish va kengaytirishga qaratiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda esa, asosiy e`tibor inson faoliyatining barcha sohalarida bilimlarni o`z vaqtida, to`liq va tezkor holda to`liq foydalanishni ta`minlab berishga yo`naltirilgan kompleks chora-tadbirlarga yo`naltiriladi.
SHunday qilib, «jamiyatni axborotlashtirish» tushunchasi «jamiyatni komp`yuterlashtirish» tushunchasiga nisbatan keng ma`nonini anglatadi. «Jamiyatni axborotlashtirish» tushunchasida e`tiborni nafaqat texnik vositalarga, balki ijtimoiytexnik taraqqiyotning maqsad va mazmuniga ham yo`naltirish lozim. Komp`yuterlar jamiyatni axborotlashtirish jarayonining tayanch texnik qismi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |