Axborotlashgan



Download 22,6 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi22,6 Kb.
#496414
Bog'liq
AXBOROTLASHGAN


AXBOROTLASHGAN JAMIYATNING VA UNING NAZARIY ASOSLARI

Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi dunyoda axborot hajmining kundan-kun oshib borishi va barcha sohalarda axborot kommunikatsiya texnolgoyalarining qo‘llanilishi hamda AKTlarining kun sayin rivojlanishi asosini- bilim, ilm-fan, inson kapitali kabi nomoddiy intellektual resurslar tashkil etuvchi yangi turdagi 


jamiyat- «axborotlashgan jamiyat»ning shakllanishiga olib keladi. Axborotlashgan jamiyat» 
tushunchasi ilk bor XX asrning ikkinchi yarmida yuzaga kelgan bo lib, 1966-yilda Yaponiyada iqtisodiyot yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib brogan olimlarning ilmiy ma’ruzalarida qo llanilgan. Mazkur ma’ruzalarda axborotlashgan jamiyat yuqori sifatli axborotni saqlovchi, uni saqlash, tarqatish va foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan jamiyat sifatida aks etgan.
Axborotlashgan jamiyat mazmun-mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi uchta asosiy ilmiy-nazariy qarashlar mavjud bo lib bular quyidagilardan iboratdir.
1. Amerikalaik olimlar F.Maxlup, M.Porat, D.Bellarning fikricha, axborotlashgan jamiyat mavjudligini asoslovchi mezon - bu axborotlashgan (nomoddiy) sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushidir. Ikkinchi ilmiy yondashuv «axborotlashgan portlash» nazariyasiga asoslanadi. Bu nazariyaga asosan, jamiyat qabul qila oladigan axborotning miqdoran oshishi iqtisodiyot taraqqiyotining sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va bu o‘z-o‘zidan axborotlashgan jamiyatni vujudga keltiradi.
2. Yaponiyalik olimlar T.Umesao, Yu.Xayoshi va Yu.Itolarning ilmiy-tadqiqot ishlarida keltirilgan yondashuvga ko‘ra axborotlashgan jamiyatning asosiy xususiyatlaridan biri sifatida axborot komminilatsiya texnologyalarining jamiyatning barcha sohalarida keng tarqalishidir deb ta’riflanadi.
3. Yaponiya axborotlashgan jamiyat instituti asoschisi va prezidenti Yonedzi Ma’suda axborotlashgan jamiyatni quyidagicha ta’riflaydi: «Kompyuter texnologiyalari va kommunikatsiya vositalarining yaratilishi natijasida kirib kelgan axborotlashgan davr sanoatlashgan jamiyatga shunchaki ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ta’sir qilibgina qolmay, katta o‘zgarishlar natijasida tamomila yangi ko‘rinishdagi inson jamiyatini yaratadi. Ana shu jamiyat axborotlashgan jamiyatdir»
D. Bell, O. Tofflerlar konsepsiyasiga asosan, axborotlashgan jamiyat — bu postindustrial jamiyatning bir ko‘rinishidir. Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarini hisobga olib, ushbu konsepsiya tarafdorlari axborotlashgan jamiyatni, iqtisodiy taraqqiyot bosqichlarida asosiy fenomensektorlar hisoblangan: qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat tarmoqlaridan keying bosqichda shakllangan axborotlashgan tarmoqning vujudga kelishi bilan bog‘laydilar. Ularning fikricha, sanoatlashgan jamiyatning asosi - kapital va mehnat hisoblansa, axborotlashgan jamiyat negizida axborot va bilimlar yotadi.
Yuqoridagi aytib o tilgan yondashuvlariga asoslanib, axborotlashgan jamiyatga ta’rif beradigan bo‘lsak, axborotlashgan jamiyat — individlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatda axborot almashinuvi natijasida yuzaga kelgan munosabatlar tizimidir. Bunday konsepsiyaga ko‘ra, axborot miqdorining oshishi — axborotlashgan jamiyat shakllanishi uchun zarur sharoit yaratadi, AKTning keng qo‘llanilishi — obyektiv zaruriyat, iqtisodiyotdan moddiy ishlab chiqarish tarmog‘i ulushining oshishi — iqtisodiyotning tarkibiy o‘zgarish natijasi hisoblanadi. Axborotlashgan jamiyatda axborot va uning «oliy» shakli — ilmiy bilim davlat va korxona uchun raqobatbardoshlik ustunliklarini yaratuvchi strategik resurs hisoblanadi. Bular quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
• Bozor munosabatlarining an’anaviy shakli o‘zgaradi. Ijodiy mehnatning keng tarqalishi, mahsulot narxining unga sarflangan mehnat qiymati bilan emas, balki ushbu mahsulotning samaradorlik qiymati bilan o‘lchanishiga olib keladi.
• Bilim sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan Tovar va xizmatlar ishlab chiqarilishining oshishi. Buning asosiy sababi mahsulot ishlab chiqarishda ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik loyiha natijalaridan keng foydalanishlikdir.
• Intellektual Tovar va xizmatlar bozorining rivojlanishi. Mutaxassislarning baholashiga ko‘ra, hozirda intellektual Tovar va xizmatlarning jahon bozori an’anaviy bozorlarga nisbatan 5 barobar tez o‘sib kelmoqda.
• Axborotni ishlab chiqarish, saqlash, tarqatish va foydalanish bilan bog‘liq faoliyat muhimliligining oshishi. Ushbu faoliyatda muhim o‘rinni ta’lim egallaydi. XX asrning 60-yillaridan boshlab ta’limga ajratilgan mablag‘lar miqdori iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ajratilgan mablag‘larga nisbatan oshib bormoqda. Ko‘pgina mamlakatlarda ta’lim davlat tomonidan moliyalashtiriladi, davlat ushbu tarmoqqa mudofaa, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya bilan bir qatorda investitsiya qiladi.
Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon «yangi iqtisodiyoti» turli atamalar bilan nomlanadi. Masalan, «postindustrial iqtisodiyot» (D. Bell), «axborotlashgan iqtisodiyot» (O. Toffler), «mega iqtisodiyot» (V. Kuvaldin), «axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot» (I. Niiniluto), «texno iqtisodiyot» (B. Geyts), «bilimlarga asoslangan iqtisodiyot» (D. Tapskott). Ushbu tushunchalarni bog‘lab turadigan omil — bu iqtisodiy jarayonlarning globallashuv jarayonida axborot texnologiyalarining birlamchi o‘rinni egallashidir. Ushbu tushunchalar orasida «postindustrial iqtisodiyot» kategoriyasi eng keng qo‘llaniladi. Ammo ushbu kategoriya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ketma-ketlikdagi mantiqiy bosqichi hisoblanib, iqtisodiyotdagi tub o‘zgarishlar mohiyatini yoritmaydi. Bunday fikrni rus olimi, professor A. Yu. Nisnevich o‘zining ilmiy ishlarida bayon etgan.
Shunday ekan, axborot va bilim ishlab chiqarishning asosiy resurslariga aylanganligi tufayli, zamonaviy iqtisodiyotni bilimlar iqtisodiyoti deb ham talqin qilish mumkin. Ilmiy ishlanmalar iqtisodiyotni asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi, ishchining bilimi, malakasi, kasbi, kreativ ongi muhim ahamiyatli sifatlarga aylanadi. O‘zbek olimlaridan professor A. M. Qodirov axborotlashgan jamiyat yaralishi zaminida quyidagi jarayonlar yotadi deb hisoblaydi:
• Texnika va texnologiyalarning tezlanishuvi;
• AKT’ning keng qo‘llanilishi natijasida mehnat unumdorligining oshishi;
• Mintaqaviy mehnat taqsimotida tarkibiy o‘zgarishlarning amalga oshirilishi;
• Nazariy bilim va ta’lim rolining oshishi;
• transport va telekommunikatsiya infratuzilmalarining takomillashishi;
• Internet bilan bog‘liq biznesni tashkillashtirish yangi shakllarining paydo bo‘lishi (virtual firmalar, internet-kommersiya, internet banking va boshqalar);
• Autsorsingning keng tarqalishi.
X.V.Muksimova ilmiy-texnik yoki boshqa barcha turdagi axborotning ishlab chiqilishi va undan foydalanishni axborotlashgan jamiyat taraqqiyotining asosiy omili deb hisoblaydi. Sh. G. Akramova shakllanayotgan «yangi jamiyat»da ishlab chiqarish munosabatlarini birinchi navbatda, axborot texnologiyalari va kompyuterlashgan tizimlar, innovatsion texnologiyalar, innovatsion tizimlar va inson faoliyatining turli sohalarini tashkil etishning innovatsion shakli kabilar amalga oshirishini o‘zining ilmiy-tadqiqot ishlarida ta’kidlab o‘tgan.
Yuqorida keltirilgan ilmiy-nazariy yondashuvlarni tahlil etib, xulosa qilishimiz mumkinki axborotlashgan jamiyat shakllanishining asosiy mezonlarini quyidagicha izohlashimiz mumkin:
1. Axborot komminikatsiya texnologiyalari axborotlashgan mahsulot va xizmatlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini ortishi.
2. Barcha sohalarda Axborot komminikatsiya texnologiyalarikeng qo llanlishi.
3. Jamiyat hayotida axborot, bilim va Axborot komminikatsiya texnologiyalarining ahamiyatining oshishi.
4. Telefon, radio, TV, Internet, va electron OAV’dan keng foydalanish orqali jamiyatning «axborotlashishi».
5. Insonlarning axborot mahsulotlari va xizmatlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida ularning jahon axborot-resurslariga kirishishini ta’minlovchi global axborot makonining yaratilishi.
6. Axborotlashgan mahsulot va xizmatlarni sonining ortishi va boshqalar.
Foydalanilgana dabiyotlar:
1. Д. Белл. «Социальные рамки информационного общества» — М.: Экономика, 2004. — 308 с.
2. Ё. Масуда. «Информационноe общество». Вашингтон, 1981.
3. У. Дж. Мартин. «Информационноe общество: Реферат «Теория и практика общественно-научной информации». Ежеквартальник. - ИНИОН, 1990. No3. — 115 с.
3. D. Tapscott, A. Williams. «Wikinomics: How Mass Collaboration Changes Everything»-New York: Best Business Books, 2009. — 498.
4. А. М. Кадиров, С. Г. Севликянц, О. Э. Отто, А. Т. Ахмедиева. «Информационно-инновационное развитие экономики Узбекистана». Монография. Ташкент: АН РУз, 2011. — 65 с.
5. Sh. G. Akramova. «O‘zbekistonda innovatsion iqtisodiyot shakllanishi sharoitida inson kapitalining rivojlanishi». Monografiya. — Toshkent: Iqtisod-Moliya, 2014. — 34 b.
Download 22,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish