Axborotlashgan jamiyatning o’ziga xos jihatlari. Axborotlashgan jamiyatda insonning tutgan o’rni. Reja



Download 17,53 Kb.
Sana18.02.2022
Hajmi17,53 Kb.
#452313
Bog'liq
AXBOROTLASHGAN JAMIYATNING O’ZIGA XOS JIHATLARI. AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA INSONNING TUTGAN O’RNI.


AXBOROTLASHGAN JAMIYATNING O’ZIGA XOS JIHATLARI. AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA INSONNING TUTGAN O’RNI.

Reja:

  1. Axborotlashgan jamiyat tushunchasi va uning mazmun-mohiyati.

  2. Axborot va ommaviy axborot vositalarining inson va jamiyat hayotidagi ta’siri, axborot xurujlari.

XX asrning oxiri - XXI asrning boshlarida dunyo xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotda, shuningdek, tabiatda yuz berayotgan global o‘zgarishlar bugungi jamiyatni "Axborotlashgan jamiyat" deb atashga asos bo‘lmokda. Xo‘sh axborotlashgan jamiyat nima? Bu savolga o‘zbek tilida nashr etilgan adabiyotlarda: "Axborotlashgan jamiyat - ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, eng avvalo, axborotni ishlab chikarish, unga "ishlov berish", saklash va jamiyat a’zolariga yetkazish bilan bog‘liq bo‘ladigan jamiyat", "axborotlashgan jamiyat, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishda mehnat qiluvchilarning, fan va madaniyat vakillarining axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish, dunyoviy bilimlar majmuini shakllantirish, yaratish, saklash, qayta ishlash va xalqaro bozorda sotishni amalga oshirish bilan mashg‘ul bo‘lgan jamiyatdir", "Axborotlashgan jamiyat - ko‘pchillik ishlovchilarning axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saklash, kayta ishlash va sotish-ni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan jamiyatdir", - degan ta’rif-lar berilgan.


Axborotlashgan jamiyatni ijtimoiy fenomen tarzda tushuntirib berish masalalari D.Bell, A.Toffler, M. Kastels, U.Rostou, P.Draker, J.Gelbreyt, F.Uebster, I.Masuda kabi olimlarning asarlarida mufassal bayon kilingan.
«Axborolashgan jamiyat» atamasi dastlab Yaponiyada vujudga kelgan. Yapon faylasuf olimi Y.Xayashi 1969 yilda Yaponiya hukumatiga "Yaponiya axborotlashgan jamiyat bardamligi siyosatiga chizgilar", 1971 yili "Axborotlashgan jamiyat rejasi" kabi tadqiqotlarni takdim etdi. 1971 yildan boshlab mazkur tushuncha ilmiy jamoatchilik tomonidan keng ko‘llanila boshladi. Demak, axborotlashgan jamiyat tushunchasini birinchi bo‘lib fanga Tokio texnologik universitetining professori Y.Xayashi kiritgan. Uning fikricha, moddiy mahsulot emas, axborotlashuv mahsuloti jamiyatning shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi kuchiga aylanadi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch qismdan tarkib topadi: mediatizatsiya (lot.mediatus - vositachi) - axborot to‘plash, saqlash va tarqatish vositalarini takomillashtirish jarayoni; kompyuterlashtirish - axborot izlash va unga ishlov berish vositalarini takomillashtirish jarayoni; intellektualizatsiya - axborot yaratish va uni idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, ya’ni jamiyatning intellektual salohiyatini oshirish, shu jumladan, sun’iy intellektdan foydalanish jarayoni. Umuman olganda, jamiyatni axborotlashtirishni zamonaviy axborot-texnika vositalari yordamida ijtimoiy tuzilma va jarayonlarni takomillashtirish deb talqin qilish lozim. Axborotlashtirish ijtimoiy intellektualizatsiya jarayonlari bilan uyg‘un holda bo‘lishi kerak. Zotan, bu shaxs va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirish imkonini beradi.
Axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan moddiy omillar bilan emas, balki ma’naviy omillar - bilim va axborot birinchi o‘rinda turishi bilan tubdan farq qiladi. Axborot va bilim olish, ularga ishlov berish hamda ularni saqlash va yetkazish jarayonida jamiyat a’zolarining aksariyati band bo‘ladi. Axborotlashgan jamiyatda axborot tayyorlash moddiy ishlab chiqarishni siqib chiqarmaydi, balki uning negizida shakllanib, bu soha rivojiga turtki bo‘ladi43 .
2006 yilning BMT Bosh Assambleyasi Butun jahon axborot jamiyati yili deb e’lon qilinishi ham hozirgi kunda jamiyat axborotlashuvining ahamiyati ortib borayotganligidan dalolat beradi. Hozirgi davrda dunyodagi barcha davlatlarning axborotlashgan jamiyat tomon intilishi kuzatilmokda.
Globallashuv tufayli odamlar bir lahzada o‘zini qiziktiradigan axborotni darhol olish, unta egalik qilish imkoniyatiga ega. Ushbu jarayon mazmuni to‘g‘risida I.A.Karimov: "Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgaridek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo karab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas", - degan edi.
Xulosa tarzida shuni aytish mumkinki, axborot arabcha "xabar" so‘zidan olingan bo‘lib, "darak", "ma’lumot", "ovoza", degan ma’nolarni anglatadi. Shu tariqa bugungi kunda axborot deganda biror kimsa, narsa yoki hodisa haqida darak, ma’lumot berish, bildirish, uni muayyan vositalar orqali yetkazish yoki ovoza qilish tushuniladi.
AKTni rivojlantirish va uning natijalaridan mamlakat hayotining barcha sohalarida unumli foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyun kuni «Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmoni e’lon kilindi. Bundan ko‘zlangan maqsad - mamlakatimizda AKT uchun xalqaro standartlarga muvofiq dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahalliy ishlab chikaruvchilar tomonidan sifatli va raqobatdosh dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish, AKT mahsulotlapri eksportini kengaytirish, maxalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirishni tashkil etishdan iboratdir.
Ommaviy axborot vositalari eng asosiy, qudratli va ta’sirchan mafkura vositasidir. Chunki ommaviy axborot vositalari ommaning o‘ziga xos tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta’sirchan quroli bo‘lib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‘oya va demokratik tamoyillar targ‘ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya va so‘z erkinligining o‘ziga xos o‘lchovi, ko‘rsatkichi bo‘lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqyotni rag‘batlantiradi va mustahkamlaydi.
Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berish, ma’naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning payini kesish va o‘zbekiston fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog‘liq Ommaviy axborot vositalarining ta’sir kuchini kursatadigan shunday bir gap bor "har qanday puch g‘oya, uydirma haftasiga uch martadan turt yil davomida takrorlansa - "haqiqat" tayyor buladi, odamlar unga chippachin ishonadilar".
Oxirgi paytlarda informatsion hurujlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida urushga munosabatning uzgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol - axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinadi. Garchi u daydi o‘q singari insonni jismonan yo‘q qila olmasa-da, uning qo‘poruvchilik kuchi, keltiradigan talofotlari har qanday ommaviy qirg‘in qurolinikidan kam emas. Chunki bu qurol yordamida onga berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni uz manfaatlariga zid harakat qilishga undaydi va demaq insonni boshqarish, uning ustidan hukmronlik qilish imkonini beradi. Aslida, axborot maqcadga erishishning eng arzon vositasi ham sanaladi. Haqiqatan ham, informatsion hurujlar uyushtirish uchun u qadap ko‘p mehnat, u qadap ko‘p harakat, u qadap ko‘p harajat talab etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya otishmalar va qon tukishlarni keltirib chiqarmasa-da, milliy uzlikni anglashni zaiflashtirish evaziga tanazzulga olib keladi.
Zamonaviy OAV, televideniye, kompyuter, Internet, uyali telefon va boshqa vositalar, insonlar, ayniqsa, yoshlarning milliyligi, tafakkuri va dunyoqarashini o‘zgartirib yubormoqda. Taraqkiy qilgan mamlakatlarning mazkur vositalar yordamida jahon xalqlari ongi, dunyoqarashi va turmush tarzini bir qolipga solish hamda unga o‘zlari shakllantirayotgan «ommaviy madaniyat»ni singdirishi bosh strategik siyosatga aylantirayotganligida yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Internet bugungi axborot makonining muhim bo‘g‘iniga aylandi. Hozirda internetdan nafaqat kompyuter tarmog‘i, balki kosmik aloqa yo‘ldoshlari, radiosignal, kabel televideniyesi, telefon, uyali aloqa orqali ham foydalanish mumkin. Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Bugungi kunda 2 milliard ortiqroq kishi u yoki bu darajada undan foydalanishi ham mazkur fikrlarning to‘g‘riligini tasdiqlaydi.
50 millionlik auditoriyaga erishib, ommalashish uchun radioga 38 yil, televideniyega 13 yil, kabel televideniyega 10 yil kerak bo‘lgani holda, bu bosqichni internet 5 yilda bosib o‘tdi. Internet odamlar ongi va hissiyotlariga, tafakkur tarziga, xulq-atvorlariga ta’sir ko‘rsatishda katta imkoniyatlarga ega. Internetning bugungi kundagi rivoji g‘oyaviy ta’sir o‘tkazishning miqyosi va ko‘lamining keskin darajada o‘sishiga olib keldi.Internet bugungi axborot makonining muhim bo‘g‘iniga aylandi.
Internet kishilar hayotining ajralmas qismiga aylanib borayotganini quyidagi raqamlardan bilib olish mumkin: 2000 yildan 2012 yil oxiriga qadar dunyoda internetdan foydalanuvchilar soni 9,6 barobarga oshib, 2,4 milliard kishiga etdi, mobil aloqa abonentlari soni esa 13,4 barobarga oshib, 6,7 milliardni tashkil etdi. Internetdan foydalanuvchilarning 44,8 % (1,1 mlrd. kishi) Osiyo, 21,6 % (519 mln. kishi) Yevropa, 11,4 % (274 mln. kishi) Shimoliy Amerika qit’alariga to‘g‘ri keladi. Jahon veb-auditoriyasining 45 %ini 25 yoshgacha bo‘lgan shaxslar tashkil etadi. Mazkur o‘smirlarning 68 % har kuni kimgadir SMS-xabar jo‘natadi, 51 % ijtimoiy tarmoqlarga kiradi, 30 % elektron pochtadan foydalanadi. Ayni vaqtda virtual olamda 600 mln.ga yaqin internet saytlar mavjud bo‘lib, har oyda o‘rtacha 201,4 trln. videorolik ko‘rib chiqiladi, har kuni 144 mlrd. elektron maktub jo‘natiladi
Download 17,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish