Axborotlashgan jamiyat va media maydon tushunchasi



Download 76,3 Kb.
bet10/11
Sana24.10.2022
Hajmi76,3 Kb.
#855813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Mavzu

WhatsApp Messenger (talaffuzi: Uotsapp messenjer; inglizchadan What's up? — "Ishlar qalay?" va app) smartfonlar uchun propriyetar, kross-platforma darhol xabarlashuv obuna xizmatdir. Matn xabarlashuvdan tashqari foydalanuvchilar bir-birlariga tasvir, video va audio xabarlar yuborishlari mumkin. Mijoz dastur Google Android, Windows, BlackBerry OS, Apple iOS, Nokia Series 40, Symbian, Nokia Asha platform va Microsoft Windows Phone uchun mavjud. WhatsApp Inc. 2009-yilda amerikaliklar, sobiq Yahoo! xodimlari Brian Acton va Jan Koum tomonidan ochilib, Mountain View, Kaliforniyada joylashgan.[2][3]
Osiyolik xabarlashuv xizmatlari (LINE, KakaoTalk, WeChat kabi) bilan raqobatda boʻlgan WhatsApp 2012-yil avgustida kuniga oʻn milliard xabar oʻtkazdi. 2013-yil 13-iyunida WhatsApp Twitter hisobida kuniga 27 milliard xabar oʻtkazib, rekord oʻrnatganini eʼlon qildi. Financial Times gazetasiga binoan, "Skype xalqaro telefonlashuvga nima qilgan boʻlsa, WhatsApp SMSga xuddi shunday qildi."
2013-yil noyabriga kelib WhatsApp oylik foydalanuvchilari soni 190 millionga, ulashilgan fotolar soni 400 millionga yetdi. 2013-yil dekabrida WhatsApp blogi oylik faol foydalanuvchilar soni 400 millionga yetgani haqida iddao qildi.
2014-yil 19-fevralida Facebook WhatsAppʼni $19 milliardga sotib olishini bildirdi. Facebook shundan $4 milliardni naqd, $12 milliardni Facebook hissalarida, $3 milliardni keyingi toʻrt yil davomida faqat WhatsApp asoschilari va xodimlari tomonidan olinadigan xizmat uchun ajratiluvchi aksiyalarda berishini va WhatsApp messendjerining asoschilaridan biri boʻlmish Yan Kum (Jan Koum) direktorlar kengashi aʼzosi etib tayinlanishini eʼlon qildi.
TikTok Pekindagi ByteDance kompaniyasiga tegishli boʻlgan qisqa videofilmlarni yaratish va koʻrish xizmatidir. 2018-yil yozida ishga tushirilgan xalqaro versiya Xitoyda qisqa videofilmlar uchun yetakchi video platforma hisoblanadi[2] va boshqa mamlakatlarda tobora ommalashib bormoqda, eng tez rivojlanayotgan va yuklab olingan dasturlardan biriga aylandi[3][4].
Xitoyda u „Douyin“ nomi bilan tanilgan (xitoy. 抖 音, pinyin Duyen). TikTok va Douyin aslida bir xil dasturdir, ammo Xitoyning senzura cheklovlari ostida alohida serverlarda ishlaydi. TikTokning Los-Anjeles, Nyu-York, London, Parij, Moskva, Berlin, Dubay, Mumbay, Jakarta, Seul va Tokioda vakolatxonalari mavjud.
Bugungi kunda ilovada 150 mamlakatdan 1 milliarddan ortiq foydalanuvchi bor. Ilova Xitoyda foydalanuvchilarning 60 % 25-44 yosh oraligʻida, Xitoydan tashqarida esa foydalanuvchilarning 43 % 24 yoshdan oshgan. 2019-yil oxirida oʻrtacha har oy rossiyalik foydalanuvchilar ilovada 16,25 milliard tomosha qildilar va 20,83 million video joylashtirdilar; shuningdek 23 million marta ulashishdi va 1,62 milliard video tomosha qilishdi.
TikTok mobil ilovasi foydalanuvchilarga oʻzlari haqida qisqa videofilmlarni yaratishga imkon beradi, ular video fonda musiqani oʻz ichiga oladi. Ularni tezlashtirish, sekinlashtirish yoki filtr yordamida tahrirlanish mumkin. Ilova bilan musiqiy video yaratish uchun foydalanuvchilar TikTok yoki boshqa ijtimoiy platformalarda boshqalar bilan baham koʻrish uchun yuklashdan oldin musiqiy janrlarning doirasidan fon musiqasini tanlab olishlari, tahrirlashlarini filtrlashlari va 15 soniyalik tezlikni sozlanishi mumkin boʻlgan videoni yozishlari mumkin. Shuningdek, ular mashhur qoʻshiqning qisqa sinxronlash videolarini suratga olishlari ham mumkin.

Download 76,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish