Axborotlashgan jamiyat va media maydon tushunchasi


Media va axborotni yaratish hamda undan foydalanish



Download 76,3 Kb.
bet2/11
Sana24.10.2022
Hajmi76,3 Kb.
#855813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5-Mavzu

Media va axborotni yaratish hamda undan foydalanish
MAS yosh jurnalistlarni media va axborot platformalari bilan o‘zaro munosabatga kirishish, kasbiy muloqot hamda kontentni tayyorlash bo‘yicha zarur kompetensiyalar bilan ta’minlaydi. Ushbu ko‘nikma va qobiliyatlar sirasiga xalqaro standartlar va madaniyatlararo bag‘rikenglikni e’tiborga olgan holda media va axborot axloq-odobi tamoyillarini o‘zlashtirish kiradi.
MAS materiallari va vositalarini saralash, moslashtirish va/yoki yaratish
qobiliyati jurnalist uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmadir. OAVning bo‘lajak
mutaxassisida mustaqil ravishda mediaresurslar yaratish ko‘nikmasi shakllanishi ham juda muhim, chunki bu narsa uni mediatadqiqotlar olib borishga undaydi va kasbi doirasida tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi.
Foydalanuvchi kontenti ham yangi, ham an’anaviy medialarga diqqatni jalb
etishning asosiy omili bo‘lib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlarning boshqa foydalanuvchilari bilan o‘zaro munosabatga kirishish yoshlarning Internetni turli platformalarda qo‘llashga undovchi asosiy sabablardan biriga aylanmoqda. Shu ma’noda O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar va boshqa mobil media imkoniyatlarini fuqarolarning jamiyat hayotida hamda
millat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy va siyosiy masalalar yuzasidan ijtimoiy muloqot-munozaralarda faol ishtirok etishini ta’minlash nuqtai nazaridan yanada faollashtirish zarur.
MAS bo‘lg‘usi jurnalistlarga izchillik bilan jamiyatda media va axborot
savodxonligini keng targ‘ib qiluvchi kuchga aylanish imkoniyatini yaratadi.
MEDIALAR TALQINIGA YoNDAShUVLAR
Media va axborot savodxonligining tarkibiy unsurlaridan biri – medialar turli voqealar tarixini, axborotni qanday yaratilishini, omma uchun taqdim etilayotgan materialning qabuli qilinishi murakkab bo‘lmasligi maqsadida qanday usullardan foydalanishni anglab yetish hisoblanadi. Muhimi, medialar qo‘llaydigan turli uslub, kodlarni tushunish va talqin etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishdir.
Media va axborot savodxonligiga ega bo‘lish uchun medialarning timsol va reprezentatsiyalarini o‘rganish, bunda nafaqat tasvir yoki matnni tahlil qilish, balki e’tibordan chetda qolayotgan kontekstni ham yoddan chiqarmaslik zarur. Jamoatchilik fikrini yo‘naltirish va jamiyat oldiga dolzarb masalalarni ko‘ndalang qo‘yish borasida kuchli hokimiyatga ega bo‘lgan medialar ijtimoiy hayotni yoritishini va amalda biz kutadigan hamda qabul qilishga tayyor bo‘lgan voqea va timsollarni taqdim etishini nazarda tutish zarur.
Mediamatnni tanqidiy tahlili jarayonida biz odatda unda qaysi siyosiy guruhning nuqtai nazari aks etganiga e’tibor qaratamiz. Jumladan, medialarning ta’siri kimning nuqtai nazari va qarashini ifoda etishida, nima haqida va qanday rakursda xabar berishida, nima haqida esa sukut saqlashida ham namoyon bo‘ladi.
Medialar o‘z hukmronligini qanday axborot (masalan, yangiliklar)ni haqiqat sifatida taqdim etishi hamda qaysi mavzularni e’tiborsiz qoldirishida ham namoyon etadi. O‘smirlik davrida shakllanadigan abstrakt tafakkur media- matnni tanqidiy va tahliliy o‘rganishning asosi hisoblanadi. Axloqiy qadriyatlar bilan bog‘liq ikkilanish va savollar yoshlarda tabiiy ravishda yuzaga keladi: medialar va reklama bunday mushohadalar uchun cheksiz va xilmaxil materiallarni taqdim etadi. Ushbu bo‘lim medialar va ular tomonidan yaratiladigan timsollarning ta’siri masalasiga bag‘ishlangan. Unda shuningdek, axborotning ishonchliligi bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib o‘tilgan. Bundan tashqari, unda media matnlarini tahlil qilish bo‘yicha amaliy tavsiya va maslahatlar o‘rin olgan.

Download 76,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish