Axborotlashgan jamiyat kontseptsiyasi. Reja



Download 249,34 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.02.2022
Hajmi249,34 Kb.
#452014
  1   2
Bog'liq
Umarov M4-21 2



Axborotlashgan jamiyat kontseptsiyasi. 
 
 
 
Reja: 
1. Informatsion jarayonlar: asosiy tushunchalar talqini. 
2. Axborotlashuv va jamiyat rivoji. 
3. Axborot iste`moli madaniyatini shakllantirish-dolzarb vazifa. 
Axborot (lotincha «informatio»-tushuntirmoq, bayon etmoq) zamonaviy fan va 
siyosatning asosiy tushunchalaridan biri; dastlab kishilar tomonidan og`zaki, 
keyinroq yozma yoki boshqa shakllar uzatilgan ma`lumot; XX asrning 
o`rtalaridan boshlab insonlararo, inson-avtomat, avtomat-avtomat o`rtasidagi 
ma`lumot hamda hayvonlar va o`simliklardagi signal almashinuvi, hujayrada 
hujayraga muayyan belgilarning uzatilishi va shu kabilarni anglata boshlagan.
Ijtimoiy hayotga tatbiqan axborot-kishilar, predmetlar, faktlar, hodisalar, 
jarayonlar va shu kabilar haqidagi ma`lumot (ma`lumotlar majmui)ni anglatadi. 
Axborotlashtirish-axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish 
hisobiga fuqarolar, davlat hokimiyati va o`z-o`zini boshqarish organlari, 
tashkilotlar va jamoat birlashmalarining axborot sohasidagi ehtiyojlarini 
qondirish, huquqlarini ro`yobga chiqarish maqsadida optimal sharoitlarni 
yaratish uchun tashkil etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonlar 
majmui. 
Informatsion jarayonlar-axborotni qidirish, yig`ish, qayta ishlash, to`plash, 
saqlash va tarqatish jarayoni. 
Axborot tizimi (informatsion sistema)-informatsion jarayonlarni amalga 
oshiruvchi tartibga solingan hujjatlar hamda axborot texnologiyalari majmui. 
Axborot resurslari-muayyan (kutubxona, arxiv, fond, ma`lumotlar banki kabi) 
axborot tizimlaridagi alohida hujjatlar va hujjatlar majmui. 
Ijtimoiy-siyosiy axborot- ijtimoiy va siyosiy hayot borasida jamiyat a`zolari, 
ijtimoiy guruhlar, siyosiy tashkilotlar o`rtasida almashinuv predmeti 
hisoblangan va ular o`z faoliyatida foydalanadigan bilimlar, ma`lumotlar va 
xabarlar majmui. 
Ijtimoiy-siyosiy axborotlar insonlar o`rtasidagi aloqalar, siyosiy jarayonlar, 
jamiyatni boshqarish, ilmiy, o`quv va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, targ`ibot 
va tashviqotni amalga oshirishda tobora muhim va ustuvor ahamiyat kasb 
etmoqda. 
To`laligi, asoslanganligi va ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadigan 
ijtimoiy-siyosiy axborotlarni ishlab chiqishda fan, ularni tarqatishda OAV 
muhim rol’ o`ynaydi. 
Axborot madaniyati texnik-texnologik va ijtimoiy-madaniy jihatlarga ega. 
Texnik-texnologik jihatdan axborot madaniyati axborotni olish, qayta ishlash, 
saqlash va etkazib berishga xizmat qiladigan texnik-axborot vositalari va 
ulardan oqilona foydalanish usullari haqidagi bilimlar tizimini anglatadi. 


Ijtimoiy-madaniy ma`noda axborot madaniyati insonning muayyan ma`naviy-
axloqiy, siyosiy, huquqiy va estetik qadriyatlarni o`zlashtirgan holda axborot 
maydonida hayotiy faoliyat ko`rsatishini anglatadi.
Axborot iste`moli madaniyati (O`zMU tadqiqotchisi U.Qo`shaev tomonidan 
ilmiy muomalaga kiritilgan tushuncha) axborot dunyosidan ijtimoiy 
taraqqiyotga xizmat qiluvchi ma`lumotlarni saralab olish borasidagi bilimlar, 
qobiliyat va malakani o`zida ifoda etadi.
Axborotlashgan jamiyat-kishilik jamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichida 
shakllanayotgan va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborot hamda 
informatikadan oqilona foydalanishga asoslangan sifatiy holatini tavsiflovchi 
tushuncha. 
Axborotlashgan jamiyat nazariyasi asoschilari ijtimoiy rivojlanishni «bosqichlar 
almashinuvi» nuqtai nazaridan qaragan holda, uning shakllanishini qishloq
xo`jaligi, sanoat va xizmatlar iqtisodiyotidan keyin paydo bo`lgan 
iqtisodiyotning to`rtinchi - «axborot sektori» yuzaga kelishi bilan bog`laydilar. 
Ularning fikriga ko`ra, industrial jamiyatning asosi bo`lgan kapital va mehnat 
axborotlashgan jamiyatda o`z o`rnini axborot va bilimga bo`shatib beradi. 
2. 

Download 249,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish