Skanerlar tiniqligiga qarab farqlanadilar, yani har bir dyuym tasvirda qancha nuqtalarni tanishiga qarab. Malakali mutaxassislar uchun tiniqlik darajasi 1200 dan 600 dpi gacha bo’lgan skanerdan foydalaniladilar. Bugungi kunda A4 dan to A0 formatgacha bo’lgan planshetli skanerlarning turli formatlari ishlab chiqarilmokda. Skanerga kartani yoki boshqa bir tasvirni joylashtirib, skanirlash jarayoni boshlanadi. Karta joylashgan shisha yuzaning ostida harakatlanuvchi kareta joylashgan, unga nur beruvchi va qabul qilish moslamasi joylashtirilgan. Qabul qilish moslamasi tasvirning har bir qatoridan qaytarilgan nurni kodlaydi. Skanirlash tugagandan keyin tasvir kompyuter monitorida ifodalanadi, uni o’zgartirish, nashr qilish va tashqi jamlovchi disklarda saqlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |