Tasvirning bo’laklari "piksel" (tasvir elementi) deyiladi, ularni ko’pincha juda kichik bo’lgani uchun nuqta xam deyish mumkin. Ko’plab piksellarda tashqil topgan rasm mozaikaga uxshaydi, chunki u turli ranglardan tashqil topgan. Agar lupa orqali televizor ekraniga yoki gazetaga karalsa, ularda rastrlarni ko`rish mumkin. Kompyuter monitorida xam rastrlar turli rangli bo’lib, ko’plab ketma-ket joylashgan nuqtalarga uxshab kurinadi. Agar bitta shaklli ok-kora rasm uchun bir bit yuza yetarli bo’lsa, rangli rasm uchun bu joy ancha kamlik qiladi, ular uchun kompyuterdan katta hajmdagi xotira talab etiladi. Rangli shakllar uchun ranglar chukurligi tushunchasi ishlatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |