2. Foydalanish huquqini cheklashning usullari va vositalari.
Axborotlarni himoyalashning apparat vositalariga, kompyuterning texnik vositalariga taalluqli boʻlsa, axborot xavfsizligini ta’minlashning ayrim funksiyalarini mustaqil ravishda yoki dasturiy vositalar bilan bir majmua tarkibida bajaradigan elektron va elektron-mexanik moslamalar kiritiladi. Bunday qurilmalarni ma’lumotlarni himoyalashning injener-texnik vositalariga emas, balki apparat vositalariga kiritishning asosiy sharti, ularni kompyuterning texnik vositalari tarkibida kiritilishi bilan belgilanadi.
Axborotlarni muhofaza qilishning asosiy apparat vositalariga quyidagilani kiritish mumkin:
foydalanuvchini identifikatsiyalovchi ma’lumotlarni kiritish qurilmalari (magnit va plastik kartalar, barmoq izlari va boshqalar); - ma’lumotlarni shifrlovchi qurilmalar;
-ish stansiyalari va serverlarga noqonuniy ulanib olishga xalaqit beruvchi qurilmalar (elektron qulflar va blokiratorlar).
Ma’lumotlarni muhofaza qilishning yordamchi apparat vositalariga quyidagilar misol boʻla oladi:
magnitli tashuvchilardagi ma’lumotlarni yoʻq qiluvchi qurilmalar;
kompyuter vositalaridan foydalanuvchilarining noqonuniy harakatlari boʻyicha xabardor qiluvchi (signalizatsiya beruvchi) qurilmalar va boshqalar.
Axborotlarni muhofaza qilishning dasturiy vositalari deganda, faqatgina axborotlar xavfsizligini ta’minlashga moʻljallangan va kompyuter vositalarining dastiriy ta’minoti tarkibiga kiritilgan maxsus dasturlar tushuniladi.
Axborotlarni muhofaza qilishning asosiy dasturiy vositalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
kompyuter tizimlarida foydalanuvchilarni identifikatsiyalovchi va autentifikatsiyalovchi dasturlar;
kompyuter tizimlari resurslaridan foydalanuvchilarning huquqlarini cheklovchi dasturlar; - axborotlarni shifrlovchi dasturlar;
-axborot resurslarini (tizimli va amaliy dasturiy ta’minotni, ma’lumotlar bazalarini, ta’limning kompyuter tizimlarini va hokazo) noqonuniy oʻzgartirishlardan foydalanishlardan va koʻpaytirishlardan himoyalovchi dasturlar.
Kompyuter tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashga taalluqli ma’noda identifikatsiyalash atamasi kompyuter tizimlari subyektining unikal nomini bir qiymatli tanib olishini bildiradi. Autentifikatsiyalash esa taqdim etilgan nomni ushbu subyektga mosligini tasdiqlashni anglatadi.
Axborotlarni muhofaza qilishning yordamchi dasturiy vositalariga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:
qoldiq axborotlarni (tezkor xotira blokidagi, vaqtinchalik fayllardagi va hokazo) yoʻq qiluvchi dasturlar;
kompyuter tizimlarining xavfsizligi tizimlariga bogʻliq boʻlgan turli voqea va hodisalarni tiklash hamda shunday voqea va hodisalar roʻy berganini isbotlash uchun foydalaniladigan audit dasturlari;
qoidabuzar bilan ishlashni imitatsiyalovchi dasturlar;
Do'stlaringiz bilan baham: |