Axborot xavfsizligini ta’minlash. Axborot xavfsizligini ta’minlash bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga quyilgan me’yor va talablarni bajarishidir



Download 30,21 Kb.
Sana14.07.2022
Hajmi30,21 Kb.
#798262
Bog'liq
Axborot xavfsizligini ta

Axborot xavfsizligini ta’minlash.Axborot xavfsizligini ta’minlash – bu foydalanuvchining axborotlarini himoyalashga quyilgan me’yor va talablarni bajarishidir. Axborot xavfsizligi esa bu axborot foydalanuvchilariga va ko‘plab axborot tizimlariga zarar keltiruvchi tabiiy yoki sun’iy xarakterga ega tasodifiy va uyushtirilgan ta’sirlardan axborotlarni va axborot kommunikatsiya tizim ob’ektlarining himoyalanganligidir.


Login tushunchasi. Login – shaxsning, o‘zini axborot kommunikatsiya tizimiga tanishtirish jarayonida qo‘llaniladigan belgilar ketma-ketligi bo‘lib, axborot kommunikatsiya tizimidan foydalanish huquqiga ega bo‘lish uchun foydalaniluvchining maxfiy bo‘lmagan qayd yozuvi hisoblanadi.
Parol tushunchasi.Parol – uning egasi haqiqiyligini aniqlash jarayonida tekshiruv axboroti sifatida ishlatiladigan belgilar ketma-ketligi. U kompyuter bilan muloqot boshlashdan oldin, unga klaviatura yoki identifikatsiya kartasi yordamida kiritiladigan harfli, raqamli yoki harfli-raqamli kod shaklidagi mahfiy so‘zdan iborat.
Avtorizatsiya tushunchasi.Avtorizatsiya – foydalanuvchining resursdan foydalanish huquqlari va ruxsatlarini tekshirish jarayoni. Bunda foydalanuvchiga hisoblash tizimida ba’zi ishlarni bajarish uchun muayyan huquqlar beriladi. Avtorizatsiya shaxs harakati doirasini va u foydalanadigan resurslarni belgilaydi.
Ro‘yxatdan o‘tish tartibi. Ro‘yxatdan o‘tish– foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish va ularga dasturlar va ma’lumotlarni ishlatishga huquq berish jarayoni. Ayrim veb-saytlar foydalanuvchilarga qo‘shimcha xizmatlarni olish va pullik xizmatlarga obuna bo‘lish uchun ro‘yxatdan o‘tishni, ya’ni o‘zi haqida ayrim ma’lumotlarni kiritishni (anketa to‘ldirishni) hamda login va parol olishni taklif qiladilar. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng tizimda unga qayd yozuvi (account) yaratiladi va unda foydalanuvchiga tegishli axborotlar saqlanadi.
Login va parolga ega bo‘lish shartlari. Biror shaxs o‘zining login va paroliga ega bo‘lishi uchun u birinchidan axborot kommunikatsiya tizimida ruyxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak va shundan so‘ng u o‘z logini va parolini o‘zi hosil qilishi yoki tizim tomonidan berilgan login parolga ega bo‘lishi mumkin. Login va parollar ma’lum uzunlikdagi belgilar ketma-ketligidan tashkil topadi. Login va parollarning uzunligi va qiyinligi uning qanchalik xavfsizligini ya’ni buzib bo‘lmasligini ta’minlaydi.
Login va parolni buzish.Login va parolni buzish – bu buzg‘unchining biror bir maqsad yo‘lida axborot kommunikatsiya tizimi ob’ektlaridan foydalanish uchun qonuniy tarzda foydalanuvchilarga tegishli login va parollarini buzishdir. Bunda maxsus dastur yordamida login va parollar generatsiya qilib topiladi. Login va parollarning uzunligi bu jarayonning uzoq vaqt davom etishiga yoki generatsiya qilaolmasiligiga ishora bo‘ladi.
Login va parolni o‘g‘irlash. Login va parolni o‘g‘irlash – bu foydalanuvchilarning mahfiy ma’lumotlari bo‘lgan login va parollarga ega bo‘lish maqsadida amalga oshiriladigan internet firibgarligining bir turidir. Bu mashhur brendlar, masalan, ijtimoiy tarmoqlar, banklar va boshqa servislar nomidan elektron xatlarni ommaviy jo‘natish yo‘li orqali amalga oshiriladi. Xatda odatda tashqi ko‘rinishi asl saytdan farq qilmaydigan saytga to‘g‘ri ishorat mavjud bo‘ladi. Bunday saytga tashrif buyurgan foydalanuvchi firibgarga akkauntlar va bank hisob raqamlariga kira olishga ega bo‘lishga imkon beruvchi muhim ma’lumotlarni bildirishi mumkin. Fishing – ijtimoiy injeneriyaning bir turi bo‘lib, foydalanuvchilarning tarmoq xavfsizligi asoslarini bilmasligiga asoslangan. Jumladan, ko‘pchilik oddiy faktni bilishmaydi: servislar qayd yozuvingiz ma’lumotlari, parolь va shu kabi ma’lumotlarni yuborishni so‘rab hech qachon xat yubormaydi.
Resurslardan ruxsatsiz foydalanish va uning oqibatlari. Axborot-kommunikatsiya tizimining ixtiyoriy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan hamda axborot tizimi taqdim etadigan imkoniyat mavjud bo‘lgan resurslardan belgilangan qoidalarga muvofiq bo‘lmagan holda foydalanishni cheklash qoidalariga rioya qilmasdan foydalanish – bu resurslardan ruxsatsiz foydalanish toifasiga kiradi. Bunday foydalanish natijasida quyidagi oqibatlar yuzaga kelishi mumkin:
axborotning o‘g‘irlanishi;
axborotni o‘zgartirish;
axborotning yo‘qotilishi;
yolg‘on axborotni kiritish;
axborotni qalbakilashtirish va h.k.
Kompyuter virusi. Kompyuter virusi – bu o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi, kompyuter tarmoqlari va axborot tashuvchilari orqali erkin tarqaluvchi, hamda kompyuter va unda saqlanayotgan axborot va dasturlarga zarar etkazuvchi dastur kodi yoki komandalar ketma-ketligi hisoblanadi. Kompyuter viruslari quyidagi xossalarga ega: o‘zidan nusxa ko‘chirish, axborotdan ruxsatsiz foydalanishni amalga oshirish. U o‘zining nusxalarini kompyuterlarda yoki kompyuter tarmoqlarida qayta ko‘paytirib va tarqatib, hamda qonuniy foydalanuvchilar uchun nomaqbul harakatlarni bajaradi. Virus, aksariyat hollarda nosozlik va buzilishlarga sabab bo‘ladi va biror hodisa yuz berishi bilan, masalan, aniq kunning kelishi bilan ishga tushirilishi mumkin.
Viruslarning turlari va vazifalari. Viruslarni quyidagi asosiy alomatlari bo‘yicha turkumlash mumkin:
yashash makoni;
operatsion tizim;
ishlash algoritmi xususiyati.
Kompyuter viruslarini yashash makoni, boshqacha aytganda viruslar kiritiluvchi kompyuter tizimi ob’ektlarining xili bo‘yicha turkumlash asosiy va keng tarqalgan turkumlash hisoblanadi.
Fayl viruslar turli usullar bilan bajariluvchi fayllarga kiritiladi (eng ko‘p tarqalgan viruslar xili), yoki fayl yo‘ldoshlar (kompanьon viruslar) yaratadi yoki faylli sistemalarni (link-viruslar) tashkil etish xususiyatidan foydalanadi.
YUklama viruslar o‘zini diskning yuklama sektoriga (boot - sektoriga) yoki vinchesterning tizimli yuklovchisi (Master Boot Record) bo‘lgan sektorga yozadi. YUklama viruslar tizim yuklanishida boshqarishni oluvchi dastur kodi vazifasini bajaradi.
Makroviruslar axborotni ishlovchi zamonaviy tizimlarning makrodasturlarini va fayllarini, xususan MicroSoft Word, MicroSoft Excel va h. kabi ommaviy muharrirlarning fayl-xujjatlarini va elektron jadvallarini zaharlaydi.
Tarmoq viruslari o‘zini tarqatishda kompyuter tarmoqlari va elektron pochta protokollari va komandalaridan foydalanadi. Ba’zida tarmoq viruslarini "qurt" xilidagi dasturlar deb yuritishadi. Tarmoq viruslari Internet-qurtlarga (Internet bo‘yicha tarqaladi), IRC-qurtlarga (chatlar, Internet Relay Chat) bo‘linadi.
Kompyuter viruslarining vazifalari, odatda, to‘rt bosqichni o‘z ichiga oladi:
virusni xotiraga yuklash;
qurbonni qidirish;
topilgan qurbonni zaharlash;
destruktiv funksiyalarni bajarish.
Viruslarga qarshi kurashish usullari. Hozirgi kunda kompyuter viruslarini aniqlash va ulardan himoyalanish uchun maxsus dasturlarning bir necha xillari ishlab chiqilgan bo‘lib bu dasturlar kompyuter viruslarini aniqlash va yo‘qotishga imkon beradi. Bunday dasturlar virusga qarshi dasturlar yoki antiviruslar deb yuritiladi. Antivirus dasturlariga AVP, Doctorweb, Nod32 dasturlarini kiritish mumkin. Umuman barcha virusga qarshi dasturlar zaharlangan dasturlar va yuklama sektorlarning avtomatik tarzda tiklanishini ta’minlaydi.
Viruslarga qarshi kurashishning asosan quyidagi usullari mavjud:
Muntazam profilaktika ishlarini, ya’ni virusga tekshiruv ishlarini olib borish.
Taniqli virusni zararsizlantirish.
Taniqli bo‘lmagan virusni zarasizlantirish.
Hujum tushunchasi. Xujum tushunchasi – buzg‘unchining biror bir maqsad yo‘lida axborot kommunikatsiya tizimlarining mavjud himoyalash tizimlarini buzishga qaratilgan harakati.
Axborot xujumlari va undan saklanish qoidalari. Axborot hujumlari odatda 3 ga bo‘linadi:
Ob’ekt haqida ma’lumotlar yig‘ish (razvedkalash) hujumi.
Ob’ektdan foydalanishga ruxsat olish hujumi.
Xizmat ko‘rsatishdan voz kechish xujumi.
Axborot xujumlaridan saqlanishda birinchi navbatda axborot kommunikatsiya tizimi ob’ektlariga qilinayotgan hujumlarni topib olishda qo‘llaniladigan mexanizm va vositalarni qo‘llash kerak. Bularga tarmoqlararo ekran (FIREWALL) va xujumlarni aniqlash (IDS) vositalarini misol tariqasida keltirish mumkin.
31272 marta o`qildi.
Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy etish, balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqozo etayotir. O‘zbekiston axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro xavfsizlik tizimiga Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib qo‘shildi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Ma’lumotlar uzatish, telekommunikatsiya tarmoqlari, teleradioefir hamda axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini yuritish;
Axborot xavfsizligiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarining yaratilishini tashkil qilish va bunda ishtirok etish;
Axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash;
davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko‘maklashish;
davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan monitoring natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasiga belgilangan tartibda taqdim etish;
telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari bilan hamkorlik qilish, davlat organlarining kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish masalalari bo‘yicha birgalikdagi ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish;
Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish;
qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish;
Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi huzuridagi Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi
Mazkur Markazning asosiy maqsadi etib, «Elektron hukumat» tizimining axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining, shuningdek Internet tarmog‘i milliy segmentining axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, davlat organlari tizimlari va axborot resurslarida axborot xavfsizligini ta’minlash belgilangan.
Markaz xodimlari axborot xavfsizligiga hozirgi vaqtdagi tahdidlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va to‘plash bilan shug‘ullanadilar, «Elektron hukumat» tizimi axborot tizimi, resurslari va ma’lumotlar bazalariga noqonuniy kirib olish holatlarining oldini olishni ta’minlaydigan tashkiliy va dasturiy-texnik yechimlarni samarali qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar va takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadilar.
“Elektron hukumat” tizimi axborot xavfsizligini ta’minlashning me’yoriy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarini ishlab chiqish ham Markazning maqsad-vazifalari hisoblanadi.

Tez rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bizning 

kundalik hayotimizning barcha jabhalariga sezilarli o„zgarishlarni olib kirmoqda. 


Hozirda “axborot tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga 
almashtirish mumkin bo„lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda. 
Shu bilan birga axborotning bahosi ko„p hollarda uning o„zi joylashgan kompyuter 
tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning 
uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, 
qasddan o„zgartirishdan, uni o„g„irlashdan, yo„qotishdan va boshqa jinoiy 
harakatlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug„iladi. Ammo, jamiyatning 
avtomatlashtirishni yuqori darajasiga intilishi uni foydalaniladigan axborot 
texnologiyalarning xavfsizligi saviyasiga bog„liq qilib qo„yadi. 
Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma‟lum. Shuning uchun 
ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo„llanilgan. Ulardan 
biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa 
shaxs o„qish imkoniga ega bo„lmagan. Asrlar davomida bu san‟at – sirli yozuv 
jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidensiyalari va razvedka 
missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o„n yil oldin hamma narsa 
tubdan o„zgardi, ya‟ni axborot o„z qiymatiga ega bo„ldi va keng tarqaladigan 
mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatadilar, 
sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o„g„irlaydilar, buzib talqin etadilar 
va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug„iladi. 
Axborotni himoya qilish deganda: 

Axborotning jismoniy butunligini ta‟minlash, shu bilan birga axborot 


elementlarining buzilishi yoki yo„q qilinishiga yo„l qo„ymaslik; 
Axborotning 
butunligini 
saqlab 
qolgan 

holda, 
uni 

elementlarini 
qalbakilashtirishga (o„zgartirishga) yo„l qo„ymaslik; 
Axborotni tegishli huquqlarga ega bo„lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali 
tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo„l qo„ymaslik; 
Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat 
tomonlar o„rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo„llanilishiga ishonish kabilar 
tushuniladi. 

Axborot xavfsizlig deb, ma‟lumotlarni yo„qotish va o„zgartirishga 


yo„naltirilgan tabiiy yoki sun‟iy xossali tasodifiy va qasddan ta‟sirlardan har 
qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi. Ilgarigi xavf 
faqatgina konfidensial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni o„g„irlash yoki nusxa 


olishdan iborat bo„lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma‟lumotlari to„plami, 


elektron ma‟lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so„ramasdan 


foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda olishga intilish 
ham rivojlandi. 

Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining 


axborot xavfsizligini ta‟minlovchi va tashkilot axborot zahiralarining yaxlitliligi, 
ishonchliligi, 
foydalanish osonligi va 
maxfiyligini 
ta‟minlovchi qat`iy 
reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi. 
Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat: 
- axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o„g„irlanishi, yo„qotilishi, 
o„zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish; 
- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo„lgan xavf – xatarning oldini olish; 
- axborotni yo„q qilish, o„zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko„chirish, 
to„siqlash bo„yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish; 
- hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy tartibini 
ta‟minlovchi, axborot zahirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy 
aralashuvlarning oldini olish; 
- axborot tizimida mavjud bo„lgan shaxsiy ma‟lumotlarning shaxsiy 
maxfiyligini 
va 
konfidensialligini 

saqlovchi 


fuqarolarning 
konstitutsion 
huquqlarini himoyalash; 

davlat 

sirini, 
qonunchilikka 


mos 
hujjatlashtirilgan 

axborotning 


konfidensialligini saqlash; 
- axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta‟minlovchi vositalarni yaratish, 
ishlab chiqish va qo„llashda sub`ektlarning huquqlarini ta‟minlash. 
Axborot xavfsizligining huquqiy ta‟minoti axborotni himoyalash tizimida 
bajarilishi shart bo„lgan qonun chiqarish aktlar, me‟yoriy-huquqiy hujjatlar, 
qoidalar yo„riqnomalar, qo„llanmalar majmui. Hozirda axborot xavfsizligining 
huquqiy ta‟minoti masalasi ham amaliy, ham qonunchilik jihatidan faol o„rganib 
chiqilmoqda. 
Kompyuter 
jinoyatchiliklarini 
qilish 

instrumentlari 


sifatida 
telekommunikatsiya va hisoblash texnikasi vositalari, dasturiy ta‟minot va 
intellektual bilim ishlatiladi. Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish sohasi sifatida 
nafaqat kompyuterlar, global va korporativ tarmoqlar (Internet), balki axborot 
texnologiyasining zamonaviy, yuqori unumli vositalari hamda axborotning katta 
hajmi ishlanadigan, masalan, statistik va moliya institutlari tanlanadi.
Shu sababli, har qanday tashkilot faoliyatini turli-tuman axborotni olish uchun 
qo„lda yoki hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlash, axborotni tahlil qilish 
natijasida qandaydir muayyan yechimlarni olish va ularni aloqa kanallari orqali 
uzatishsiz tasavvur etib bo„lmaydi. Kompyuterga ham tajovuz ob`ekti, ham tajovuz 
qiluvchi instrument sifatida qarash mumkin.
Agar axborotning o„g„irlanishi moddiy va ma‟naviy boyliklarning 
yo„qotilishi bilan bog„liq bo„lsa, bu fakt jinoyat sifatida baholanadi. Shuningdek, 
agar ushbu fakt bilan milliy xavfsizlik, mualliflik manfaatlari bog„liq bo„lsa, jinoiy 
javobgarlik O‟zbekiston Respublikasi qonunlarida bevosita ko„zda tutilgan. Har 

qanday davlatda axborot xavfsizligining huquqiy ta‟minoti xalqaro va milliy 

huquqiy me‟yorlarni o„z ichiga oladi. 


Axborot xavfsizligini ta‟minlashning huquqiy me‟yorlari 
Download 30,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish