IVOE RDAT IOLK ADLT
O‘rta va katta o‘lchamdagi sehrli kvadratlar yordamida, u davrlarda mustahkam shifrlashni amalga oshirish mumkin bo‘lgan. Chunki deshifrovka qilishda barcha variantlarni qo‘lda amalga oshirib bo‘lmas edi. Oddiy almashtirish orqali shifrlash
Shifrlanadigan matnning harflari berilgan qoida bo‘yicha shu yoki boshqa alfavitdagi harflarga almashtiriladi. Oddiy almashtirish shifrida berilgan matnning har bir harfi shu alfavitdagi unga mos qo‘yilgan boshqa harfga almashtiriladi. Odatda, bu shifrlash usuli bir alfavitli almashtirish
shifri deb ataladi. Sezarning shifrlash tizimi. Sezarning shifrlash usuli oddiy almashtirish
shifrining xususiy holidir. Bu usulda alfavitning har bir harfi K songa surilgan harfga almashtirilgan. Surilish alfavit oxiriga yetganda, uning boshidan boshlangan. Sezar K=3 bo‘lgan siljitishni qo‘llagan. Quyidagi jadvalda bu siljitishdagi lotin grafikasidagi harflarining mosligi keltirilgan:
Sezarning «keldim, ko‘rdim, yutdim» mazmundagi xabari VENI VIDI VICI, u taklif etgan usulda shifrlanganda YHQL YLGL YLFL ko‘rinishni oladi. Sezar usulining kamchiligi bu bir xil harflarning o‘z navbatida, bir xil harflarga almashishidir. Kriptotahlilda harflarning takrorlanish chastotasi yordamida bu usulda shifrlangan matn tezgina rasshifrovka qilinishi
mumkin. Kalit so‘zli Sezar tizimi. Sezarning kalit so‘zli shifrlash tizimi bitta alfavitli almashtirish tizimi hisoblanadi. Bu usulda kalit so‘zi orqali harflarning surishda va tartibini o‘zgartirishda foydalanadi. Misol tariqasida kalit so‘zi sifatida DIPLOMAT so‘zi va surish 5 ga
teng qilib olingan bo‘lsin. Kalit so‘zi alfavit ostiga 5 ta harfga surilgan holda yoziladi:
Natijada, berilgan matnning harflariga mos almashtiruvchi harflar aniqlanadi. Agar ochiq matn TOVAR KELDI bo‘lsa, shifrlashdan so‘ng JCNVG MZAYL matniga aylanadi.
Vijinerning shifrlash tizimi. XVI asrda fransuz diplomati Vijiner tomonidan yaratilgan shifrlash tizimi 1586-yilda chop etilgan. U mashhur ko‘p alfavitli tizim hisoblanadi. Vijiner tizimi Sezar shifrlash tizimiga qaraganda mukammalroq hisoblanib, unda kalit harfdan harfga almashtiriladi. Bunday ko‘p alfavitli almashtirish shifrini shifrlash jadvali orqali ifodalash mumkin. Quyidagi jadvallarda rus va lotin alfavitlari uchun mos keluvchi jadvallar ko‘rsatilgan. Bu jadvallardan matnni shifrlash va uni ochish uchun foydalaniladi. Jadvalning ikkita kirishi bo‘lib:
– yuqori qatordagi harflardan kiruvchi ochiq yozuv uchun foydalaniladi.
– chap ustunda esa kalit so‘zi joylashadi.
Ochiq matnni shifrlashda bu matn bir satrga yoziladi. Uning ostidagi satrga kalit so‘z joylashtiriladi. Agar kalit so‘zning uzunligi qisqa bo‘lsa, bu so‘z ochiq matnning oxirgi harfigacha takrorlab yoziladi. Shifrlash jarayonida jadvalning yuqori qismida joylashgan ochiq matnning harfi topiladi va chap qismdan kalit so‘zning harfi tanlanadi. Satr va ustun
kesishgan katakdagi harf berilgan harfni almashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |