1. Texnik vositalar bilan himoyalanadigan axborotlarning turlari
Axborotlarni muhofaza qilishning texnik vositalari – obyektning niqoblovchi (maskirovkalovchi) belgilari ochilishini bartaraf etish yoki kamaytirish, yolg‘on alomatlarni yaratish hamda texnik vositalar orqali axborotga ruxsatsiz kirishga to‘sqinlik qilishga mo‘ljallangan texnik vositalardir.
Ma’lumotlarni ruxsatsiz olishning obyektlari, usullari va vositalari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
– bino, inshoat va qurilish konstruksiyalari (devorlar, tomlar, pollar, deraza va eshiklar, deraza oynalari, isitish va suv bilan ta’minlash tizimlari, havo tozalash quvurlari); konfedensial muzokara va majlislarni o‘tkazishda akustik tebranish kanallari bo‘yicha ma’lumotlarni ruxsatsiz olish;
– harakatlanuvchi obyektlar (avtomobil, temir yo‘l, suv va havo yo‘llari transportlari); konfedensial suhbatlar olib borishda – akustik tebranish kanallari bo‘yicha;
– kuchsiz tok texnika vositalari (aloqa qurilmalari, ovoz kuchaytirgichlar, audio- va telequrilmalar, elektr soatlar, radio eshittirishlar, yong‘in va qo‘riqlash signalizatsiya qurilmalari, elektr yozuv mashinkalari, konditsionerlar va ulardan foydalanilganda hamda bu vositalar yopiq tasnifli tadbirlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan binoga joylashganda – elektroakustik o‘zgarishlar bo‘yicha va yondosh elektromagnit nurlanishlar va navodkalar (YOEMNN-PEMIN) hisobiga;
– hisoblash texnikasi vositalari (monitordagi tasvir efir orqali ma’lum bir masofaga uzatiladi) – YOEMNN hisobiga;
– elektr manbasi va yerga ulangan o‘tkazgichlar tizimi (bu zanjir orqali ovoz kuchaytirish, kompyuterda kotiba bilan aloqa va shu kabilarni amalga oshiruvchi qurilmalarda qayta ishlanadigan ma’lumotlarni tutib olish mumkin)
– YOEMNN hisobiga;
– bino, avtomashina va boshqalardagi akustika (so‘z, tovushlar) – radiokanal va simlarda akustik radiomikrofonlar («juchoklar») bo‘yicha hamda lazer qurilmalari orqali qo‘lga kiritish hisobiga;
– telefonda so‘zlashuvlar – radiokanal va simlar orqali telefon «juchoklar» hisobiga;
– faks orqali ma’lumotlar – yondosh nurlanishlar va navodkalar hamda aloqa liniyasi orqali qo‘lga kiritish hisobiga;
Himoyaning texnik vositalari – bu texnik qurilmalar, komplekslar yoki tizimlar yordamida obyektni himoyalashdir. Texnik vositalarning afzalligi keng ko‘lamdagi masalalarni hal etilishda, yuqori ishonchlilikda,
kompleks rivojlangan himoya tizimini yaratish imkoniyatida, ruxsatsiz foydalanishga urinishlarga mos munosabat bildirishda va himoyalash amallarini bajarish usullaridan foydalanishning an’anaviyligida namoyon bo‘ladi.
Niqoblovchi belgilarning ochilishi (demaskirovka belgilari) deganda
obyektning boshqa obyektlardan biron-bir tavsifi bilan farq qiladigan xususiyati tushuniladi. Farqlovchi tavsiflar son yoki sifatda baholanishi mumkin. Obyektning demaskirovka belgilari – bu himoya obyektiga xos xususiyat bo‘lib, undan texnik razvedka obyektni topishi yoki aniqlashi
hamda obyekt haqida kerakli ma’lumotlarni olish uchun foydalanilishi mumkin. Axborotga egalik demaskirovka belgilarini tahlil etish orqali amalga oshiriladi. Demak, bu belgilar axborotni o‘ziga xos chiqib ketish kanali hisoblanadi. Demaskirovka belgilarni tarqatuvchilar bo‘lib to‘g‘ridan-to‘g‘ri bu belgilar bilan bog‘liq bo‘lgan fizik maydonlar hisoblanadi.
Obyektni topishda texnik razvedka vositalarining faoliyat ko‘rsatish jarayonida obyektning texnik demaskirovka belgilari aniqlanadi va uning mavjudligi haqida xulosa qilinadi.
Demaskirovka belgilari quyidagilar bilan farq qiladi:
– joylashuvi – boshqa obyektlar va atrofdagi predmetlar orasida obyekt joylashuvini aniqlab beradigan belgi;
– tarkibiy ko‘rinish – obyektning tuzilishi va to‘laligicha ko‘rinishini aks ettiradigan kattaliklarini (tarkibi, soni va alohida obyektlarning joylashuvi, shakli va geometrik o‘lchamlari) aniqlovchi belgilar;
– faoliyati – obyektning fizik faoliyat yuritishi orqali uni ochib beruvchi belgilar.
Texnik demaskirovka belgilarini ikki toifaga bo‘lish mumkin:
– to‘g‘ridan-to‘g‘ri demaskirovka belgilari – himoya obyektining faoliyati va uning fizik maydonlari (elektromagnit, akustik, radiatsion va boshqalar) bilan bog‘liq bo‘lgan, himoya qilinadigan axborotga bog‘liq bo‘lmagan atrof-muhitning fizik maydoni fonidan farq qiladigan belgilar;
– bilvosita demaskirovka belgilari – obyektning faoliyat ko‘rsatishi natijasida atrof-muhitdagi o‘zgarishlar natijasida yuzaga keladigan belgilar (faoliyatning optik-vizual belgilari, geometrik o‘lchamlar, yoritilganlikning keskin farq qilinishi, ishlab chiqarish faoliyatidan qolgan
izlar va hokazo).
Axborotni muhofaza qilishning samaradorlik ko‘rsatkichi himoya obyektining texnik demaskirovka belgilari kattaligi bo‘lib, unga nisbatan axborotni muhofaza qilish samaradorligining me’yorlari belgilanadi.
Xavfli signal, obyekt belgisining ko‘rsatkichi bo‘lib, undan konfedensial ma’lumotlarni olish uchun texnik razvedkada (TR) foydalaniladi. Obyektni aniqlash – TR vositalarining faoliyati bo‘lib, natijada obyekt demaskirovka belgilarining kattaliklari aniqlanadi va uning
tavsifi haqida xulosa qilinadi (klassifikatsiyalash amalga oshiriladi).
Aniqlangan obyektga ma’lum bir toifa beriladi. Ixtiyoriy obyektda bir
qancha belgilar bo‘lishi mumkin, biroq obyektni aniqlashda bu belgilarning ma’lum to‘plamidan foydalaniladi.
Texnik vositalar bilan himoyalanadigan ma’lumotlarning manbasi va tashuvchilari:
– obyekt tarkibining fizik xususiyatlarini tavsiflovchi belgilar (issiqlik va elektr ‘tkazuvchanligi, tarkibi, qattiqligi va hokazo);
– obyekt tomonidan hosil bo‘ladigan fizik maydonni tavsiflovchi belgilar (eletromagnit, radiatsion, akustik, gravitatsion va hokazo);
– obyektning shakli, rangi, o‘lchami va elementlarini tavsiflovchi belgilar;
– obyekt faoliyati natijasini (tutun chiqarish, changitish, obyektning tuproqdagi izi, suv va havoni ifloslantirish va shu kabi) tavsiflovchi belgilar.
Obyektni aniqlash uning demaskirovka belgilari bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu belgilar ko‘rinishi, faoliyat belgisi va joylashuvi bo‘yicha uchta guruhga bo‘linadi. Ko‘rinishi bo‘yicha demaskirovka belgilarga obyektning fizik (optik va radiolakatsion diapazonli nurlanish to‘lqinlarini qaytarish qobiliyati, issiqlik diapazonida energiyaga ega bo‘lgan nurlanish chiqarishi) va geometrik (obyekt shakli va uning alohida tashkil etuvchilarining o‘lchamlari) xususiyatlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |