Mamlakatimizda axborotlashtirish sohasiga oid qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqdaki, ulardan asosiy maqsad axborotlarni tezkorlik bilan qabul qilish, qayta ishlash, uzatish va saqlash texnologiyalaridan jamiyatimizning turli jabhalarida, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlarining barcha xizmat yo‘nalishlarida keng miqyosda foydalanishni takomillashtirishga qaratilgan. Zamonaviy axborot texnologiyalarining taraqqiyoti ko‘pgina mamlakatlarda sanoat shpionaji, kompyuter jinoyatchiligi, konfidensial ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘qotish kabi salbiy hodisalar bilan birgalikda kuzatilmoqda. Kompyuter jinoyatchiligi rivojlangan davlatlar iqtisodiyotining haqiqiy kushandasiga aylandi. Masalan, Buyuk Britaniya firma va tashkilotlarining 90 foizi elektron qaroqchilikning ob’ektiga aylangan yoki uning xavfi ostida turibdi. Gollandiyada turli tashkilotlarning 20 foizi kompyuter jinoyatchiligi qurboniga aylangan. Germaniyada kompyuter yordamida yiliga 4 milliard marka, Fransiyada esa 1 milliard frank o‘g‘irlanadi. Mutaxassislar bu turdagi jinoyatlarning yuqori latentlikka egaligini ta’kidlashmoqda, ya’ni 85 foiz holatda kompyuter jinoyatchiligi ochilmay qoladi. Holat yana shu bilan chuqurlashmoqdaki, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zi ham jinoyatchilarning e’tiboridagi ob’ektga aylanib qolmoqda. Shu sababli, o‘zlariga tegishli axborotni himoya qilish huquqni muhofaza qilish organlarining bugungi kundagi dolzarb vazifasi bo‘lib qolyapti. Axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi qonunchilik, tashkiliy va dasturiy-texnik choralar yordamida yechimini topuvchi kompleks xarakterga ega. Shuning uchun axborotni muhofaza qilish har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi hisoblanadi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining taraqqiyoti ko‘pgina mamlakatlarda sanoat shpionaji, kompyuter jinoyatchiligi, konfidensial ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘qotish kabi salbiy hodisalar bilan birgalikda kuzatilmoqda. Kompyuter jinoyatchiligi rivojlangan davlatlar iqtisodiyotining haqiqiy kushandasiga aylandi. Masalan, Buyuk Britaniya firma va tashkilotlarining 90 foizi elektron qaroqchilikning ob’ektiga aylangan yoki uning xavfi ostida turibdi. Gollandiyada turli tashkilotlarning 20 foizi kompyuter jinoyatchiligi qurboniga aylangan. Germaniyada kompyuter yordamida yiliga 4 milliard marka, Fransiyada esa 1 milliard frank o‘g‘irlanadi. Mutaxassislar bu turdagi jinoyatlarning yuqori latentlikka egaligini ta’kidlashmoqda, ya’ni 85 foiz holatda kompyuter jinoyatchiligi ochilmay qoladi. Holat yana shu bilan chuqurlashmoqdaki, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zi ham jinoyatchilarning e’tiboridagi ob’ektga aylanib qolmoqda. Shu sababli, o‘zlariga tegishli axborotni himoya qilish huquqni muhofaza qilish organlarining bugungi kundagi dolzarb vazifasi bo‘lib qolyapti. Axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi qonunchilik, tashkiliy va dasturiy-texnik choralar yordamida yechimini topuvchi kompleks xarakterga ega. Shuning uchun axborotni muhofaza qilish har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |