Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining
axborot xavfsizligini ta‟minlovchi va tashkilot axborot zahiralarining yaxlitliligi,
ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta‟minlovchi qat`iy
reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi.
Axborotni himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat:
- axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o’g’irlanishi, yo’qotilishi,
o’zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;
- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo’lgan xavf – xatarning oldini olish;
- axborotni yo’q qilish, o’zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko’chirish,
to’siqlash bo’yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish;
- hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy tartibini
ta‟minlovchi, axborot zahirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy
aralashuvlarning oldini olish;
- axborot tizimida mavjud bo’lgan shaxsiy ma‟lumotlarning shaxsiy
maxfiyligini va konfidensialligini saqlovchi fuqarolarning konstitutsion
uquqlarini himoyalash;
- davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan axborotning
konfidensialligini saqlash;
- axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta‟minlovchi vositalarni yaratish,
ishlab chiqish va qo’llashda sub`ektlarning huquqlarini ta‟minlash.
Axborot xavfsizligining huquqiy ta‟minoti axborotni himoyalash tizimida
bajarilishi shart bo’lgan qonun chiqarish aktlar, me‟yoriy-huquqiy hujjatlar,
qoidalar yo’riqnomalar, qo’llanmalar majmui. Hozirda axborot xavfsizligining
huquqiy ta‟minoti masalasi ham amaliy, ham qonunchilik jihatidan faol o’rganib
chiqilmoqda.
Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish instrumentlari sifatida
telekommunikatsiya va hisoblash texnikasi vositalari, dasturiy ta‟minot va
intellektual bilim ishlatiladi. Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish sohasi sifatida
nafaqat kompyuterlar, global va korporativ tarmoqlar (Internet), balki axborot
texnologiyasining zamonaviy, yuqori unumli vositalari hamda axborotning katta
hajmi ishlanadigan, masalan, statistik va moliya institutlari tanlanadi.
Shu sababli, har qanday tashkilot faoliyatini turli-tuman axborotni olish uchun
qo’lda yoki hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlash, axborotni tahlil qilish
natijasida qandaydir muayyan yechimlarni olish va ularni aloqa kanallari orqali
uzatishsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Kompyuterga ham tajovuz ob`ekti, ham tajovuz
qiluvchi instrument sifatida qarash mumkin.
Agar axborotning o’g’irlanishi moddiy va ma‟naviy boyliklarning
yo’qotilishi bilan bog’liq bo’lsa, bu fakt jinoyat sifatida baholanadi. Shuningdek,
agar ushbu fakt bilan milliy xavfsizlik, mualliflik manfaatlari bog’liq bo’lsa, jinoiy
javobgarlik O‟zbekiston Respublikasi qonunlarida bevosita ko’zda tutilgan. Har
qanday davlatda axborot xavfsizligining huquqiy ta‟minoti xalqaro va milliy
huquqiy me‟yorlarni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |