Integral sxema asosidagi sensorli tekshirishda AuthenTec kompaniyasida ishlatiluvchi usul aniqlikni yana ham oshirishga imkon beradi.
Qator ishlab chiqaruvchilar biometrik tizimlarni smart-kartalar va karta–kalitlar bilan kombinatsiyalaydilar.
Integral sxemalar asosidagi barmoq izlari datchiklarining kichik o‘lchamlari va yuqori bo‘lmagan narxi ularni himoya tizimi uchun ideal interfeysga aylantiradi. Ularni kalitlar uchun breloklarga o‘rnatish mumkin. Natijada foydalanuvchi kompyuterdan boshlab to kirish yo‘li, avtomobillar va bankomatlar eshiklaridan himoyali foydalanishni ta’minlaydigan universal kalitga ega bo‘ladi.
Qo‘l panjasining geometrik shakli bo‘yicha autentifikatsiyalash tizimlari. Qo‘l panjasi shaklini o‘quvchi qurilmalar barmoqlar uzunligini, qo‘l panja qalinligi va yuzasini o‘lchash orqali qo‘l panjasining hajmiy tasvirini yaratadi. Masalan, Recognition Systems kompaniyasining mahsulotlari
90 dan ortiq o‘lchamlarni amalga oshiradi. Natijada keyingi taqqoslash uchun 9-xonali namuna shakllantiriladi. Bu natija qo‘l panjasini individual skanerida yoki markazlashtirilgan ma’lumotlar bazasida saqlanishi mumkin. Qo‘l panjasini skanerlovchi qurilmalar narxining yuqoriligi va o‘lchamlarining kattaligi sababli tarmoq muhitida kamdan-kam ishlatilsada, ular qat’iy xavfsizlik rejimiga va shiddatli trafikka ega bo‘lgan hisoblash muhiti (server xonalari ham bunga kiradi) uchun qulay hisoblanadi. Ularning aniqligi yuqori va inkor koeffitsiyenti ya’ni inkor etilgan qonuniy foydalanuvchilar foizi kichik.
Yuzning tuzilishi va ovoz bo‘yicha autentifikatsiyalovchi tizimlar.
Bu tizimlar arzonligi tufayli eng foydalanuvchan hisoblanadilar, chunki aksariyat zamonaviy kompyuterlar video va audeo vositalariga ega. Bu sinf tizimlari telekommunikatsiya tarmoqlarida masofadagi foydalanuvchi sub’ektni identifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Yuz tuzilishini skanerlash texnologiyasi boshqa biometrik texnologiyalar yaroqsiz bo‘lgan ilovalar uchun to‘g‘ri keladi. Bu holda shaxsni identifikatsiyalash va verifikatsiyalash uchun ko‘z, burun va lab xususiyatlari ishlatiladi. Yuz tuzilishini aniqlovchi qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar foydalanuvchini identifikatsiyalashda hususiy matematik algoritmlardan foydalanadilar.
Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pgina tashkilotlarning hodimlari yuz tuzilishini skanerlovchi qurilmalarga ishonmaydilar. Ularning fikricha kamera ularni rasmga oladi, so‘ngra suratni monitor ekraniga chiqaradi. Kameraning sifati esa past bo‘lishi mumkin. Undan tashqari yuz tuzilishini skanerlash – biometrik autentifikatsiyalash usullari ichida yagona, tekshirishga ruxsatni talab qilmaydigan (yashiringan kamera yordamida amalga oshirilishi mumkin) usul hisoblanali.
Ta’kidlash lozimki, yuz tuzilishini aniqlash texnologiyasi yanada takomillashtirilishni talab etadi. Yuz tuzilishini aniqlovchi aksariyat algoritmlar quyosh yorug‘ligi jadalligining kun bo‘yicha tebranishi natijasidagi yorug‘lik o‘zgarishiga ta’sirchan bo‘ladilar. Yuz holatining o‘zgarishi ham aniqlash natijasiga ta’sir etadi. Yuz holatining 450 ga o‘zgarishi aniqlashni samarasiz bo‘lishiga olib keladi.