Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
“Axborot xavfsizligi va xavf-xatarlarni boshqarish” fani ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq hisoblanadi Axborot xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalarni yechishda axborot-kommunikatsiya tizimlarida axborotlarni himoyalash texnologiyalarining o‘rni va istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab beradi.
Axborot xavfsizligi tizimlaridagi mavjud zaifliklar va ularga bo‘ladigan tahdidlardan himoyalash uchun masalaning maqbul yechimi topiladi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning “Axborot xavfsizligi va xavf-xatarlarni boshqarish” fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalari, ma’ruzalar matnlarining elektron versiyalaridan, tarqatma materiallaridan, ma’lumotlar elektron bazasidan, kompyuterdan, elektron taqdimotlardan foydalaniladi. Ma’ruza va amaliy darslarida ham mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |