USHBU HАFTА “АXBOROT VА MURАBBIYLIK SOАTI” MАSHG‘ULOTLАRINI O‘TKАZISH UCHUN TАYYORLАNGАN YORDАMCHI MАTERIАLLАR
Mavzu: Ilm maskani – katta hayot maktabi!
2020-yil mamlakatimizda ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb eʼlon qilinib, bu boradagi ustuvor maqsadlar belgilandi. Yurtimizda avvaldan shakllangan ilmiy maktablar salohiyatini hisobga olib, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, bu yil matematika, kimyo, biologiya, geologiya fan va sohalarini rivojlantirish tanlab olindi.
Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir. So‘nggi yillarda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qilish, ularning fuqarolik javobgarligini va olib borilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ilm-maʼrifat va texnologiyalar rivojiga alohida ahamiyat qaratdi: “Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!” Shu sababli, hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam maʼrifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Taraqqiyotga erishish uchun, raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda.
Hayot abadiy, ammo u yosh avlod bilan barxayot. Аvlod bor ekan, unga taʼlim va tarbiya beradigan mexri daryo ustozlar ham abadiy barxayot yashayveradi. Ustoz bamisoli bog‘bon. Ustoz- yo‘l ko‘rsatuvchi erkin yulduz. Murabbiy, bu- axloq odob, insoniylik bo‘yicha taʼlim va tarbiya beruvchidir. U yosh avlodga ilm fan asoslarini o‘rgatadi, ularga taʼlim tarbiya beradi, zamonamizning har tomonlama barkamol kishilarni yetishtiradi. Ustoz – murabbiy, o‘quvchi – shogird uchun misoli ko‘zgu, o‘quvchi o‘sha ko‘zguga boqib o‘z aksini ko‘radi va qiyofasini to‘g‘irlab boradi.
Prezidentimiz tomonidan yosh avlodni yuksak axloq va maʼnaviyat sohibi etib kamolga yetkazish, ularga eng zamonaviy bilim va kasb-hunar o‘rgatish masalasiga ustuvor vazifa sifatida yondashilmoqda. Prezidentimizning “dunyoda eng katta boylik yoshlikda olingan bilim va egallangan kasb-hunardir” deganlar. Bu fikrlarining mazmun-mohiyati yoshlar ongida vatanga muhabbat, keksa avlod vakillariga hurmat, tinchlik va osoyishtalikni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, yaratilayotgan imkoniyat-larning qadriga yetish, ularga munosiblik tuyg‘usini kuchaytirishdir.
Yusuf Xos Hojibning bilim egallashning zarurligi haqidagi ushbu misralari. Inson kamolotida ilm egallash ulkan fazilatlardan biri hisoblanadi. Yusuf Xos Hojib o‘z ijodida bilimni yuksak baholaydi. Shoir bilimni boylik, kishan, kiyim, yemish kabi narsa, hodisalarga qiyoslaydi. Darhaqiqat, bilim – boylik. Chunki uni qancha sarflasak, shuncha ko‘payib, sayqallanib boradi. Qancha ko‘p bilganimiz sari, shuncha kam bilishimizni his etib, bilim ummonidan bahramand bo‘lishni istaymiz va natijada, o‘rganishga intilamiz. Bilim – kishan, yaʼni to‘g‘ri bilim olgan kishi zalolatga olib borishi mumkin bo‘lgan narsalardan nafsini tiyadi.
Bilim ozuqadir. Аql va qalb u bilan oziqlanadi. Bilim muvaffaqqiyat. Bilimsizlik esa mag‘lubiyatdir. Bilim jasoratdir. Bilimli kishi muammolarni jasorat bilan yengadi. Bilim durbinga o‘xshaydi. Chigal masalalarni u hal etadi. To‘siq g‘ovlar ustidan uning yordamida oshib o‘tamiz. Bilim nurdir. Yo‘limizni u bilan yoritamiz. Bilimsizlik esa barcha yomonliklarning manbaidir. Bilimsiz inson o‘ziga eng katta yomonlikni qilgan bo‘ladi. Johil kishining tik tura olmaydigan qopdan farqi yo‘q. Saʼdiy bilimsizlikni urush dovuliga o‘xshatadi. Ovozi baland ichi esa bo‘sh. Go‘zal tushunchalar, bilim javharlari bilan to‘ldirilmagan zehn sandiq foydasiz va zararli narsalar bilan to‘ladi. Insonning qadri ilm bilan yuksaladi. Ilmli kishi hodisalarga xolis baho beradi, talabchanlik va uddaburonlikni o‘rganadi. Falokatlarning ustidan bilim bilan ustun kelish mumkin. Hoji bektosh valiyning ifodasiga ko‘ra «bilimsizlik bilan ketilgan yo‘lning oxiri hayrli bo‘lmaydi». G‘alaba qozonish, muvaffaqqiyatga erishish, yuksalishni xohlaganlar ilmni mahkam ushlaydilar. O‘rganish shavqida yonib kuymaganlarga esa «dunyoni istagan ilm o‘rgansin. Oxiratni istagan ham ilm o‘rgansin», deb buyurgan payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bilimning ahamiyatini naqadar ajoyib tushuntirganlar.
Ilm o‘rganish faqat maktabga xos emas. Maktab insonga kalit beradi. U kalit bilan ilm xazinalarini insonning o‘zi ochadi. Nima qilsa o‘zining g‘ayrati bilan amalga oshiradi. Maktabni bitirar bitirmas kitob daftarni bir burchakka uloqtirish katta xatodir. Holbuki, ilm olishning na yoshi, na vaqti, na joyi bor. Har yoshda, har yerda, hamma vaqt o‘rganiladi, ilm eng katta sarmoyadir, inson har yoshda, har yerda va har vaqt sarmoyasini ko‘paytirishni istaydi. Baʼzi qiyinchiliklarni boshingizdan o‘tkazasiz, ammo unutmang: har qanday qiymatli narsa osonlik bilan qo‘lga kiritilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, maktablarning moddiy texnika bazasini rivojlantirish, ularni ilmiy metodik jihatdan taʼminlash sohasida bir qator ishlar amalga oshirildi. O‘zbekistonda maktab ishlari yuksak surʼatlar bilan rivojlanmoqda.
Maktab – inson kamoloti shakllanadigan muqaddas dargoh. Har bir inson borki, maktab ostonasiga qadam qo‘yar ekan, o‘zining eng beg‘ubor, eng samimiy, eng go‘zal davrlarini yodga oladi. Biz pedagoglarning asosiy vazifamiz -kelajakni yaratuvchi bilimli, vatanimiz ishonadigan, diyorimiz shaʼnini ulug‘laydigan farzandlarimizg bilim berish va tarbiyalashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |