Axborot uzatish muhiti
Reja:
1.
Axborot uzatish muhiti
2.
Mahalliy tarmoqlarda axborotlar uzatilishi
Аxborot uzatish muhiti deb, kompyuterlar oʼrtasida
axborot almashinuvini
taьminlovchi axborot yoʼllariga (yoki aloqa kanallariga) aytiladi. Koʼpchilik
kompyuter tarmoqlarida (ayniqsa, mahalliy tarmoqlarda) simli yoki kabelli aloqa
kanallari ishlatiladi, vaholanki, simsiz tarmoqlar ham mavjuddir.
Mahalliy tarmoqlarda koʼpincha axborotlar ketma-ket kodda uzatiladi, yaьni
bir bit axborot uzatilgandan soʼnggina keyingi bit uzatiladi. Tushunarliki, bunday
axborot uzatish parallel kodda
axborot uzatishga qaraganda, murakkab va sekin
ishlovchi usuldir. Shuni hisobga olish kerakki, tezkor parallel usulda axborot
uzatish, ulangan kabellar (simlar) sonini uzatilayotgan
axborotning razryadlar
soniga nisbatan baravar oshadi (masalan, 8-razryadli kodda 8 marotaba axborot
yoʼli oshadi). Yuzaki qaraganda kabel kam sarf boʼladigandek koʼrinadi, aslida
juda koʼp sarf boʼladi. Tarmoqdagi abonentlar oʼrtasidagi masofa katta boʼlsa
ishlatiladigan kabelning narxi kompyuter narxi bilan barobar yoki undan ham koʼp
boʼlishi mumkin. 8,16 yoki 32 ta kabellarni oʼtkazishga qaraganda,
bir dona
kabelni oʼtkazish ancha oson. Taьmirlash, uzilishlarni topish va tiklash ishlari ham
arzonga tushadi. Lekin bu hammasi emas.
Kabelning turidan qatьi nazar axborotni uzoq masofaga uzatish murakkab
uzatish va qabul qilish qurilmalarini ishlatishni talab qiladi. Buning uchun
axborotni uzatish qismida kuchli signal hosil qilish va axborotni qabul qilish
qismida esa kuchsiz signalni tiklash (detektorlash) kerak.
Ketma-ket uzatishda
buning uchun faqat bitta uzatuvchi va bitta qabul qiluvchi qurilma talab qilinadi.
Parallel axborotni uzatishda uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar soni esa,
ishlatiladigan parallel axborotni razryadlar soniga teng boʼladi. Shuning uchun
uzunligi uncha koʼp boʼlmagan (10 metrli) tarmoqni loyihalashda koʼpincha
axborotni ketma-ket uzatish usuli tanlanadi.
Аxborotni parallel uzatishdagi muhim sharti, bu —
har bir bitni uzatishga
moʼljallangan kabellar uzunligi bir-biriga deyarli teng boʼlishligidir. Аks holda,
turli uzunlikdagi kabellardan oʼtayotgan signallar oʼrtasida qabul qilish
qurilmasining kirishida vaqt boʼyicha siljish hosil boʼladi. Buning natijasida
tarmoq qisman buzilishi yoki butunlay ishdan chiqishi mumkin. Masalan, 100
Mbit/s axborot uzatish teziigida va bitni uzatish davri 10 ns boʼlganda vaqt
boʼyicha siljish 5—10 ns.dan oshmasligi lozim.
Bunday siljish kattaligi,
kabellarning uzunlikdagi farqi 1—2 metr boʼlganda hosil boʼladi. Kabel uzunligi
1000 metr boʼlganda esa, bu kattalik 0,1—0,2 % ni tashkil qiladi. Haqiqatan, baьzi
yuqori tezlikda ishlovchi mahalliy tarmoqlarda 2—4 talik kabel yordamida axborot
parallel uzatiladi. Berilgan tezlikni saqlab qolgan holda ancha arzon kabel ishlatish
mumkin, lekin kabelni ruxsat etilgan uzunligi bir necha 100 metrdan oshmaydi.
Misol tariqasida Fast Ethenet tarmoq segment 100 BASE-T4 keltirish mumkin.
Kabelsozlik sanoati korxonalari kabel turlarini koʼp miqdorda ishlab chiqaradi.
Hamma ishlab chiqariladigan kabellami uch turga boʼlish mumkin:
• oʼralgan juft simli kabel (Vitaya napa — twisted pair), ular
himoyalangan, yaьni ekranlashtiriladi (ekranirovannыe — shielded
twisted pair, stop) va himoyalanmagan, yaьni ekranlashtirilmagan
(neekranirovannыe, unshielded twisted pair, UTP);
• koaksial kabellar ((coaxial cable);
• shisha tolali kabellar (optovolokonnыe – fiber optic).
Kabelning har bir turi oʼz afzalliklari va kamchiliklariga ega,
shuning uchun
kabel turini tanlanganda hal qilinayotgan masalaning xususiyatini, shuningdek,
alohida olingan tarmoq xususiyatini va awaldan mavjud boʼlgan barcha korxona
standartlarining oʼrniga, 1995-yilda qabul qilingan EJA/TIA 586 (Commercial
Building Telecommunication Cabling Standard)standarti mavjud boʼlib,
hozirgi
vaqtda shu standartdan foydalaniladi.