Foydalanilgan adabiyotlar
O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 11-fevral.
O‘zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 21-may.
O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» to‘g‘risidagi Qonuni. Oliy ta‘lim. Me‘yoriy hujjatlari to‘plami: Mualliflar jamoasi. – T.: SHarq , 2001, 672-b.
Xulosa
Men ushbu tayyorlagan kurs loyiha ishimda quyidagilarni bilib oldim:
Axborot tizimi funktsiyalarini amalga oshirishni unga yunaltirilgan axborot texnologiyalarini bilmasdan turib mumkin emas. ZAT axborot jamiyatida axborotni o`zgartirish jarayonlari haqidagi zamonaviy tasavvurlarni aks ettiruvchi ancha keng tushuncha. Axborot tizimlari ishining muvaffaqiyat garovi – boshqaruv va komp`yuter axborot texnologiyalaridan oqilona uyg`unlikda foydalanishda.
Axborotni markazlashgan holda qayta ishlash EHM hisoblash markazlarida tarixan dastlab yuzaga kelgan texnologiyadir. Katta EHM bilan jixozlangan jamoaviy foydalanuvchi yirik HM (VTS)lari yaratildi. Bunday EHMlarni qo`llash katta miqdorda kirib kelayotgan axborotni qayta ishlash va bu asosida foydalanuvchiga beriladigan axborot mahsulotlarining xilma-xil turlarini olish imkonini beradi. Bunday texnologik jarayon 60-70 yillar korxona va tashkilotlar hisoblash texnikasi bilan etarli jihozlanmaganligiga bog`liq. Markazlashtirilgan texnologiya uslubiyatining afzalliklari:
foydalanuvchining ma`lumotlar bazasi ko`rinishidagi katta axborot oqimiga va keng nomenklaturadagi axborot mahsulotlariga murojaat etish imkoniyatlari;
markazlashtirilgan qabul qilinishi tufayli axborot texnologiyalarini rivojlantirish va takomillashtirish bo`yicha uslubiy qarorlarni tadbiq etishning nisbatan engilligi. Bunday uslubiyatning kamchiliklari kuyidagilar:
foydalanuvchi tezkor axborot olishiga qulaylik yaratmaydigan quyi xodimlarning cheklangan mas`uliyati, bu hol boshqaruv qarorlarini to`g`ri ishlab chiqishga to`sqinlik qiladi;
axborotni olish va undan foydalanish jarayonida foydalanuvchi imkoniyatlarining cheklanganligi.
Axborotning nomarkazlashtirilgan holda qayta ishlashi 80-yillarda shaxsiy komp`yuterlarning paydo bo`lishi va telekommunikatsiya vositalarining rivojlanishi bilan bog`liq. U avvalgi texnologiyani jiddiy siqib chiqardi, chunki u foydalanuvchiga axborot bilan ishlashda keng imkoniyatlar berdi va uning tashshabbusini cheklamaydi.
Bunday uslubiyatning afzalliklari quyidagilardir:
foydalanuvchi tashabbuslariga keng sharoit ta`minlovchi tuzilmaningmoslashuvchanligi;
xodimlar quyi bo`g`ini mas`uliyatining kuchayishi:
markaziy komp`yuterdan foydalanish ehtiyoji va tegishlicha HM tomonidan nazorat qilinishi;
komp`yuter aloqa vositalaridan foydalanish tufayli foydalanuvchi ijodiy imkoniyatining ancha to`liq amalga oshishi. Biroq bu uslubiyat o`z kamchiliklariga ega: ko`p sonli noyob ishlanmalar tufayli standartlashtirishning murakkabligi;
IM tavsiya etadigan standartlar va tayyor dasturiy mahsulotlarni foydalanuvchi psixologik tomondan qabul qilmasligi;
Mahalliy joylarda axborot texnologiyasi darajasining rivojlanishi bir tekis emasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |