1.15 r a s m. Axborot tizimining konseptual modeli
Axborot tizimining funksional modeli. Axborot tizimining funksional modelini quyidagicha tasavvur etish mumkin (1.16-rasm).
Mazkur modeldan kurinib turibdiki, axborot tizimining sohasi axborot obektlari majmuidan iborat axborot makonini ifodalaydi. Umuman olganda axborot makoni bir xilda emas, chunki unda axborotning yuzaga kelishi, tashkil etilishi va joylashtirilishi jihatidan farqlanuvchi axborot obektlarini ozida saqlaydi.
Tizim orqali barcha axborotlarning yuzaga kelishini quyidagi asosiy pro-tseduralarga ajratish mumkin: saqlash, qidirish, qayta ishlash, kiritish va chiqa-rish. Birinchi uchtasi ichki bosqich sanaladi tortinchi va beshinchilari esa maz-kur tizim bilan axborot manbai va tashqi muhit ortasidagi aloqani taminlaydi.
1 axborotni tashkil etish, saqlash va taqdim etish tizimi;
2 axborotni kiritish, yangilash va tuzatish tizimi;
3 axborotni istemol qilish tizimi.
1.16 r a s m. Axborot tizimining funksional modeli
Axborot muhiti. Axborot muhiti ozaro boglangan uchta tarkibiy qismni oz ichiga oladi. Bular: foydalanuvchining axborot tuzilmasi, axborot texnologiyasi, boshqaruvning ishtirok etuvchi obektlari (1.17-rasm).
Axborot infratuzilmasi axborotdan oz maqsadlariga erishish uchun foydalanadi.
Axborot texnologiyalari foydalanuvchilarni zarur texnologiya-lar bilan taminlash vositasi sanaladi.
Axborot infratuzilmasi doirasida axborot texnologiyalari foydalanuv-chilari ham ozaro harakatlanuvchi oziga xos muhit sifatida korib chiqiladi.
1.17 r a s m. Axborot muhitining tarkibi
Foydalanuvchi kerakli axborotni olish uchun rasmiy (formal) va norasmiy axborot tizimlari yordamida uning manbaiga murojaat qilishi lozim. Tashqi manbaga rasmiy tizim orqali kirib boriladi. Bu tizim axborotni raqam va matnli malumot (statistik hisobotlar, kitob, jurnal, xabar va hokazo) korinishida taqdim etadi. Ichki manbaga murojaat qilish axborot texnologiyalari komponentlari kompyuterlar, tizimli va amaliy dasturiy taminot hamda zarur hollarda kommunikatsiya vositalari yordamida amalga oshiriladi. Ichki manbalar norasmiy tizim vositasida malumotlar bazasidan sorovga javob tariqasida foydalanuvchini axborot bilan taminlaydi. Foydalanuvchi rasmiy va norasmiy tizimga suyanib ijtimoiy faoliyat, korxona va tashkilot ishini tavsiflovchi axborotni oladi.
Ananaviy axborot texnologiyasi rivojlanishi ikki ananaviy segment malumot va matndan tashqari, yana qoshimcha ikkita segment-tasvir va nutqni qayta ishlashni taminlaydi.
Axborot muhiti axborotni qayta ishlash, qabul qilish, otkazish va qidirish qobiliyatiga kora qismlarga bolinadi. Oz navbatida, qayta ishlash qobiliyati insonning axborotni qabul qilish imkoniyatiga kora aniqlanadi. Ayrim hollarda axborot shakl, hajm va hokazo belgilar boyicha tarkiblashtirishni talab qiladi.
Qayd etish lozimki, foydalanuvchi axborot manbaiga muhtoj boladi. Chunki u axborotni uygunlashtirishga qancha kop vaqt va kuch sarflasa, samaradorlik ham shuncha kam boladi. Foydalanuvchining faoliyat samarador-ligini oshirish uchun axborotni integrallash jarayonini turli yollar bilan amalga oshirish mumkin. Integrallash jarayonining darajasini belgilashni yangi axborot texnologiyalari SHK, MBBTlar taminlaydi. Asosiy urgu turli xildagi axborot-ni qayta ishlash imkonini beradigan va oz ichiga integrallashgan malumotlarni qayta ishlash vositalari, malumotlar bazalarini boshqarish tizimi, aloqa vosita-lari va matnli protsessorlarni oluvchi amaliy dasturiy taminotga qaratiladi.
Axborot tizimining namunaviy tarkibi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimiga quyidagilar kiradi: odam-(xodim), texnik vositalar va dasturiy taminot. Ular birgalikda boshqaruv usullari uchun malumotlarni qayta ishlaydi
Axborot tizimlarini miqyosi, qollanilish sohasi, tashkil etish usuli boyicha sinflari.
Axborot tizimi tushunchasi kop kirrali, uning mazmuni va mohiyati axborot texnologiyasi qollanilayotgan obektning oziga xos xususiyatlari, xossalari bilan belgilanadi. Axborot tizimini toliq va har tomonlama bilish uchun uning oziga xos xususiyatlari tizimini aniqlash kerak boladi. Shu maqsadda kuyida axborot tizimini har bir qator belgilariga kora tasniflash variantlari korib chiqiladi (1.6-jadval):
avtomatlashtirish darajasi;
boshqarish jarayonining turlari boyicha;
qollanilish sohalari boyicha;
boshqarish obektining ishlash sohasi boyicha;
qollanilish yonalishi boyicha;
boshqaruv tizimidagi darajasi boyicha va hokazo.
Axborot tizimining tasnif belgilari ichida ularning qollanish sohalari asosiy hisoblanadi.
Axborot tizimlarini texnik tuzilishi boyicha sinflanishi.
Axborot tizimini tasavvur kiladigan bulsak, unda texnik vositalar va dasturiy taminotlar majmui ekanligi namoyon buladi, va ular foydalanuvchilarga va texnik obektlarga xizmat korsatishi lozim buladi. Texnik vositalarga quyidagi kiradi:
- kiritish kurilmalari;
- malumotlarni saqlash kurilmalari;
- malumotlarni chiqarish kurilmalari;
- malumotlarni qayta ishlash kurilmalari;
- hisoblash mashinalari;
- kommunikatsiya kurilmalari va b.;
Har kanday axborot tizimining asosida texnik vositalar turadi. Ularning ishlash tezligi va ishonchligi bevosita axborot tizimining samaradorligini taminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |