Axborot tizimlarini (AT) loyihalash texnologiyalarining asosiy tushunchalari



Download 203,08 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi203,08 Kb.
#467270
Bog'liq
5-maruza Axborot tizimlarini (AT) loyihalash texnologiyalarining asosiy tushunchalari


Axborot tizimlarini (AT) loyihalash texnologiyalarining asosiy tushunchalari
Loyihalash – bu axborot tizimini texnik topshiriq kо’rinishdagi boshlang’ich
tavsifidan, tizim tashkil qilish uchun yetarli bо’lgan standart hujjatlar tо’plami sifatida tasvirlanishidir.
Loyihalashda texnik topshiriqni, ya‘ni texnik topshiriqda amalga oshirilishi kо’zda
tutilgan narsalarni ishlab chiqish, amalga oshirish usullari ishlab chiqish. Bunda standart
hujjatlar deganda bu texnik va ishchi loyiha bо’lib, uning asosiy mazmuni davlat
standartlarida keltirilgan bо’ladi.
Loyihalash obyekti sifatida AT olinadi. Tizim degan termin ishlatilishi bu о’zaro
bog’langan elementlarning mavjudligidir. Masalan, о’zaro bog’langan masalalar tо’plami:
bir masalani yechish natijasi boshqasi uchun zarur bо’ladi va h.k., tizim elementlari
tо’plami va ular orasidagi о’zaro aloqalar tizim tuzilmasini aniqlaydi. Tizim elementlari bu
har xil belgilari bо’yicha ajratilgan uning tashkil etuvchilaridir. Shuning uchun axborot tizimlari boshqa narsalar kabi juda kо’p tuzilmalar tо’plamidan tashkil topgan bо’lishi mumkin: ular vazifaviy (funksional), texnik vositalar majmuasi tuzilmasi, vazifaviy
qismlar tuzilmasi, ta‘minot qismlari tuzilmasi, obyekt tuzilmasi va h.k.
Axborot zamonaviy dunyoda eng kerakli resurslardan biriga aylandi, axborot
tizimlari (AT) insoniyatning amaliyotdagi hamma faoliyatida zaruriy uskuna bо’ldi.
AT yordamida yechiladigan turli masalalar turli tipli tizimlar tо’plamini yaratilishiga
olib keldi, ular qurish va axborotga ishlov berish qonuniyati kiritilishi bilan farq qiladi.
Axborot tizimlarini qator turli alomatlari bо’yicha sinflarga ajratish mumkin.
Qaralayotgan sinflashning asosiga mavjud alomatlari asos qilingan, funksional
imkoniyatlari va zamonaviy tizimlarni qurish hollari aniqlangan.
2. Yechilayotgan masalaning hajmidan kelib chiqib, foydalaniladigan texnik vosita,
funksionallashtirishni tashkillashtirish, axborot tizimlari bir qator guruhga (sinfga)
bо’linadi
AT saqlanaladigan ma‘lumotlari tipiga qarab faktografik va hujjatliga bо’linadi.
Faktografik tizimi son va matn kо’rinishidagi strukturlashgan ma‘lumotlarni saqlash va
ishlov berishga mо’ljallangan. Hujjatli tizimlarda matn va referat, bayonnoma,
sarlavhadan tashkil topgan axborot hujjat kо’rinishida taqdim etiladi. Strukturlashmagan
ma‘lumotlarni qidiruv semantik alomatlaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Tanlangan hujjatlar foydalanuvchiga taqdim etiladi, bu tizimlarda ma‘lumotlarga asosan
ishlov berilmaydi.
Firmani boshqarish tizimida axborot jarayonini avtomatlashtirilganlik darajasi asos
qilinib, axborot tizimlari qо’lda bajariladigan, avtomatlashtirilgan va avtomatiklarga
bо’linadi.

Qо’lda bajariladilan AT zamonaviy texnik vositalarning yо’qligi sababli axborotni
ishlov berish inson tomonidan bajarilishi bilan tavsiflanadi. Avtomatik AT larida
axborotni ishlov berish inson aralashuvisiz bajariladi. Avtomatlashtirilgan ATlarida
axborotni ishlov berishda texnik vositalar va inson ishtirok etadi, kо’p mehnat talab qilinadigan axborotni ishlov berishda kompyuterga asosiy rol ajratiladi. «Axborot tizimi» ni tushunishda xuddi shu sinf zamonaviy taqdimotga mos keladi. Axborotlarni ishlov
berishiga qarab AT lari qidiruv-axborot va yechuvchi-axborotlarga bо’linadi.
Qidiruv-axborot tizimlari kiritish, tizimlash, saqlash, axborotni foydalanuvchining
sо’roviga qarab ma‘lumotlarni murakkab almashtiruvlarsiz ishlab chiqadi (misol uchun,
Kutubxona xizmatini bajaruvchi AT, transportlardagi chipta savdosi va rezervlash,
mehmonxonadagi joyni bronlash va hokazo) Yechuvchi-axborot tizimlari aytilgandan
tashqari aniq algoritm bо’yicha axborotga ishlov beradi. Chiquvchi axborotning
foydalanishiga qarab bunday tizimlar boshqariladigan va moslashuvchanlarga bо’linadi.
Boshqariladigan AT da natijaviy axborot inson qabul qiladigan yechimga mos
ravishda transformallanadi. Bunday tizimlarga katta hajmdagi ma‘lumotlarga ishlov berish
va hisoblanadigan masalalar kiradi (misol uchun, Ishlab chiqarish yoki buyurtmani,
Buxgalter hisobini rejalashtiruvchi AT.)
Moslashuvchan AT lar axborotni ishlab chiqadi, u inson tomonidan ma‘lumot uchun
qabul qilinadi va boshqaruv yechimlarini shakllantirishda hisobga olinadi, konkret harakatni kо’rsatmaydi. Bunday tizimlar, ma‘lumotlarga emas, bilimlarga ishlov
berishning intellektual jarayonini imitatsiya qiladi (misol, ekspert tizimlar).
Qо’llanish sohasiga bog’liq ravishda AT quyidagi sinflarga ajratiladi: tashkiliy
boshqaruv axborot tizimlari, texnologik jarayonni (TJ) boshqaruvchi AT, AT
avtomatlashtirilgan loyihalash (ATAL-SAPR), integrallashgan (korporativ) AT.
Tashkiliy boshqaruv axborot tizimlari – boshqaruv personal funksiyalarini
avtomatlashtirishga mо’ljallangan sanoat korxonalari, shuningdek, ishlab
chiqarilmaydigan obyektlar uchun ( mehmonxonalar, banklar, magazinlar va hokazo).
Bunga о’xshash tizimlarning asosiy funksiyasi quyidagilardir: tezkor nazorat va
boshqaruv, tezkor hisob va tahlil, kelajakka mо’ljallangan (perspektiv) va tezkor
rejalashtirish, buxgalter hisobi, sbitni boshqarish, ta‘minot va boshqa iqtisodiy va tashkiliy
masalalar.
Texnologik jarayonni (TJ) boshqaruvchi AT – ishlab chiqarish amallarini nazorat va
boshqaruvchi ishlab chiqarishning shaxsiy tarkibiy funksiyalarini avtomatlashtirishga mо’ljallangan. Bunday tizimlarda odatda texnologik jarayon (temperatura, bosim, kimyoviy tarkib va hokazo) parametrlari о’zgarishini rivojlangan vositalari borligi nazarda tutiladi, ya‘ni ruxsat berilgan parametr qiymatlari protsedurasi va texnologik jarayon boshqaruvi.
AT avtomatlashtirilgan loyihalash (ATAL-SAPR) – loyihachi-muhandislar,
konstruktorlar, arxitektorlar, yangi texnika yoki texnologiya yaratuvchi dizaynerlar
funksiyasini avtomatlashtirishga mо’ljallangan. Bunday tizimlarning asosiy funksiyasi
quyidagilardir: muhandislik hisob, grafik hujjatlarni yaratish (chizmalar, sxemalar,
rejalar), loyiha hujjatlarini yaratish, loyihalanayotgan obyektlarni modellashtirish.
Integrallashgan (korporativ) AT – firmaning hamma funksiyasini avtomatlashtirishda
foydalaniladi va rejalashtirishdan boshlab mahsulotni sotishgacha bо’lgan jarayonni о’z
ichiga oladi. Ular qator modullarni (nimtizimlarni) о’z ichiga olib, bitta axborot fazosida
ishlaydilar va mos yо’nalish faoliyatini qо’llash funksiyasini bajaradi. Korporativ tizim
modullari bilan yechiladigan tipik masalalar, quyidagi 1.1-jadvalda keltirilgan.


AT lari bozorining zamonaviy holatini tahlil qilinganda tashkiliy boshqaruv axborot
tizimlariga bо’lgan talab turg’un о’sayotganini kо’rsatayotir, integrallashgan boshqaruv
tizimlarga talab о’sayotgani aniqlanayotir. Alohida funksiyalarni avtomatlashtirish,
masalan, buxgalter hisobi yoki tayyor mahsulotni sotish, bu kо’p tashkilotlar uchun о’tib
bо’lingan bosqich hisoblanadi.
Download 203,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish