- «Kredit» atamasi (ECTS-credit)- sinovdan o‘tdi, maʼlum bir kursni o‘quv yurtida o‘tganligi haqidagi guvohnoma maʼnosini anglatadi. ECTSda «Kredit» - shartli sinov birligi bo‘lib, talabaning o‘quv fanining maʼlum bir qismini o‘tganligi haqidagi maʼlumot beradi. Har bir o‘quv faniga maʼlum miqdordagi kredit birliklari ajratiladi. Kredit birliklari soni, talabalarning mehnat sarfiga mos holda belgilanadi.
- ECTS da kreditlar yig‘indisi semestrda - 30, o‘quv yilida – 60, bakalavriatdagi o‘quv davrida – 240 ni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |