75
ma’lumotlarni kiritish, ko’rish va muloqotlar rejimida ishlashga mo’ljallangan
darcha shakllarini loyihalash vositalari;
berilgan sharoitlarda ma’lumotlarni tanlash uchun talablar yaratish, shuningdek,
ularni ishlash bo’yicha operatsiyalar bajarish vositalari;
ishlov natijalarini foydalanuvchiga qulay ko’rinishda bosmaga chiqarish
uchun
ma’lumotlar bazasi ma’lumotlaridan hisobot yaratish vositalari;
til vositalari - makroslar, qurilgan algoritmik til (Dbase, Visual Basic yoki
boshalar), talablar tili (QBE-
Query Example, SQL) va h.k. Ular ma’lumotlarni
ishlashining nostandart algoritmlarini, shuningdek foydalanuvchi topshiriqlaridagi
voqealarni ishlash protseduralarini bajarish uchun qo’llaniladi.
SHunday qilib, ma’lumotlar banki bir necha ma’lumotlar bazasi, boshqarish va
amaliy dasturlardan tashkil topadi. Bu elementar AT
ga yuklatilgan vazifalarni
bajarishda asosiy rol o’ynaydi. SHu bilan birga, ma’lumotlar bankining samarali
faoliyati uning ta’minlovchi elementlariga ham bog’liqdir. Bu ta’minot
tarkibiga
quyidagi elementlar kiradi.
Texnik ta’minot ma’lumotlar banki va foydalanuvchilarning ish faoliyatini
avtomatlashtirish imkoniyatini yaratadigan texnik vositalardan tashkil topadi. Bunday
vositalar jumlasiga EHM,
tashqi qurilmalar, axborotni tashish, uzatish vositalari,
aloqa tarmoqlari, abonent punktlari va boshqalar kiradi.
Matematik ta’minot - funktsional masalalarni echish va Ma’lumotlar
bankini
boshqarish usullari, matematik modellar va algoritmlar to’plamidan tashkil topadi.
Dasturiy ta’minot-Ma’lumotlar bankining faoliyatini amalga oshirish dasturlari
va turli xil qo’shimcha vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan servis dasturlarning
to’plamidan iborat bo’ladi.
Axborot ta’minoti-ma’lumotlarni turkumlash va ixchamlashtirish, ifodalash va
taqdim etish tizimlaridan tashkil topadi.
Lingvistik ta’minot - MBBTda foydalaniladigan tillar, lug’atlar
majmuasi
orqali tashkil qilinadi.
Tashkiliy ta’minot - Ma’lumotlar bankining kundalik faoliyatini ifodalovchi
rasmiy hujjatlar, me’yoriy ko’rsatmalar to’plamidan iborat bo’ladi.
YUqorida aytib o’tilgandek, ma’lumotlar banki inson-mashina tizimi
hisoblanadi, ya’ni axborot tizimidir. Hozirgi kunda ma’lumotlar
banklari inson
faoliyatining turli sohalarida, masalan, iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarishda,
ilmiy-
tadqiqot ishlarini boshqarishda, ommaviy axborot xizmatlarini ko’rsatishda
qo’llanilmoqda. Bunda ma’lumotlar bankini axborot tizimi sifatida faoliyat
yuritishida quyidagi ikki shaklning biridan foydalaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: