62
Boshqarish jarayoni muayyan maqsadga erishishga yo’naltirilgan.
SHundan
kelib chiqib boshqarish jarayonini boshqariladigan ob’ektdagi jarayonga muvofiq
keluvchi maqsad va hajm o’rtasidagi farqni kamaytirishga intilish sifatida ko’rib
chiqish mumkin.
Boshqarish jarayonida to’g’ri va teskari aloqa kanallari bo’yicha tizimning
boshqaruvchi va boshqariluvchi qismlari o’rtasida axborot almashinuvi kechadi.
Oldiga qo’yilgan maqsadlarni bajarish uchun tizimning
boshqaruvchi qismi
boshqariluvchi ob’ektga axborot uzatishning to’g’ri kanali bo’yicha boshqaruvchi
ta’sirlar jo’natadi. Teskari aloqa kanali bo’yicha boshqariluvchi ob’ektdan boshqarish
jarayoni holati va boshqaruvchi ta’sir bajarilishi natijalari haqida axborot kelib
tushadi.
Demak, boshqarish mohiyatini boshqariluvchi ob’ektga boshqaruvchi ta’sir
ko’rinishida etkaziluvchi qarorlar qabul qilish uchun barcha kelib tushuvchi axborotni
tizimning boshqariluvchi qismida qayta ishlash, deb izohlash mumkin.
4.4-rasm. Boshqaruvning kibernetik modeli
Iqtisodiy ob’ektning axborot tizimi.
Axborot konturi
doirasida boshqarish
maqsadlari xaqida, boshqariluvchi jarayon holati xaqida, boshqaruvchi ta’sirlar
xaqida axborotga ega bo’linadi va uzatiladi. Axborot konturi axborotlarni yig’ish,
uzatish, qayta ishlash va saqlash vositalari,
shuningdek, axborotlarni ishlovchi
xodimlar bilan birgalikda mazkur
iqtisodiy ob’ektning axborot tizimini
tashkil etadi.
Bu tizim dinamik rivojlanuvchidir, chunki axborot o’zgarishlarga
uchraydi, uning
tezligi iqtisodiy ob’ekt bajarayotgan vazifalarga bog’liq. Axborot tizimiga kiradigan
ma’lumot sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va ma’lumotlarni
yig’ish tizimi, ko’rib chiqiladi. CHiqadigan axborot
sifatida esa qarorlarni
shakllantirish va qabul qilish, ya’ni axborotdan maqsadli ravishda foydalanish tizimi
tahlil etiladi. Demak, axborot tizimi axborotni boshlang’ich yig’ish va undan
ikkilamchi foydalanish tizimi bilan o’zaro bog’liq [13,15]
63
Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun boshqarish
tizimi u bilan tugamaydi. Qarorlar qabul qilish ishlab chiqarishga ta’sir ko’rsatuvchi
boshqarish tizimining boshqa tomonini tashkil etadi.
Axborot tizimi tushunchasi uzluksiz axborot
tushunchasi va uning moddiy
namoyon bo’lishi bilan bog’liq. Bunda axborot tizimining ikki tomoni, ya’ni
texnologik va mazmuniy jihatini farqlash lozim. Axborot tizimiga texnologik
yondoshuv uni axborot protseduralarini(ma’lumot yig’ish, ro’yhatga olish, uzatish,
saqlash, jamlash, qayta ishlash va xakazolar) kompleks amalga oshirish bilan bog’liq
boshqaruv jarayonlarining biri sifatida ko’rib chiqishni ko’zda tutadi. Protseduralarni
bajarish tashkilotning asosiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida ro’y beradi.
Boshqarishni avtomatlashtirish birinchi galda axborot
protseduralarini bajarishga
yo’naltirilgan.
Axborot tizimiga mazmuniy yondoshuv u yoki bu tashkilotning funktsional
vazifasi bilan bog’liq va aniq bir axborot birliklarining (rekvizit va ko’rsatkichlar,
massiv va oqimlar) tarkibi shu bilan belgilanadi. Hal qiluvchi axborot vazifalari
doirasi va natijalar ro’yxati axborot tizimining mazmuni bilan belgilanadi. Tashkilot
axborot
tizimining mazmunida, asosiy faoliyatida qanday rol o’ynamasin, har bir
tashkilotning tuzilishi va har bir bo’linma faoliyatining yo’nalishi aks etadi.
Axborot tizimlariga texnologik yondoshuv axborotni protseduralar ob’ekti
sifatida ko’rib chiqishga imkon beradi, mazmuniy
yondoshuv esa axborotning
ma’naviy tahlili, uning qiymatini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: