Paragmatik boyitish qaror qabul qilish uchun axborotni qo„llashda
muhim bosqich hisoblanadi. Olingan axborotlardan foydalanuvchi
maqsad va vazifalariga mos keluvchi eng zarurlari tanlab olinadi.
Axborotlarga ishlov berish
Axborotlarga ishlov berish deyilganda, bir «axborot obyekti» ustida
ma‟lum bir algoritmlarning bajarilishi natijasida boshqa «axborot
obyekti»ni shakllantirish tushuniladi. Bu jarayon axborotning turli-
tumanligi va hajmi ortishining asosiy vositasi hisoblanadi.
Ishlov berishning eng yuqori darajasida sonli va sonli bo„lmagan
ishlov berish usullarini ko„rsatish mumkin. Ko„rsatilgan ishlov berish
turlari «ma‟lumot» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Sonli ishlov
berishda o„zgaruvchi, vektorlar, matritsalar, ko„p o„lchovli massivlar,
www.ziyouz.com kutubxonasi
14
o„zgarmaslar kabi obyektlar qo„laniladi. Sonli bo„lmagan ishlov
berishda obyekt sifatida fayllar, yozuvlar, maydonlar, tarmoqlar,
nisbatlar va hokazolar olinishi mumkin. Yana bir farqli tomoni shundaki,
sonli ishlov berishda ma‟lumotlar mazmuni katta ahamiyatga ega emas,
ayni vaqtda sonli bo„lmagan ishlov berishda bizni yaxlitligicha mosligi
emas, balki obyekt haqida ma‟lumotlar qiziqtiradi.
Zamonaviy hisoblash texnikasi yutuqlari nuqtai nazaridan
axborotlarga ishlov berishning quyidagi turlarini ajratish mumkin:
ketma-ket ishlov berish, bir protsessorga ega bo„lgan, an‟anaviy
fon-neyman arxitekturali EHMlarda qo„laniladi;
parallel ishlov berish, EHMda bir necha protsessor bo„lganda
qo„llaniladi;
konveyerli ishlov berish, turli masalalarni yechish uchun EHM
arxitekturasida ayni bir manbalardan foydalanish bilan bog„liq.
Elektron hisoblash mashinalarning mavjud arxitekturalarini
axborotga
ishlov berish nuqtai nazaridan quyidagi sinflardan biriga taalluqli
deb olish qabul qilingan:
Buyruq va ma’lumotlar yakka oqimli arxitekturaci (SISD). Bu
sinfga, «atribut-qiymat» juftligi bilan ishlovchi, markaziy protsessor
bo„lgan, an‟anaviy fonneyman arxitekturali bir protsessorli tizimlar
tegishlidir.
Buyruq va ma’lumotlar yakka oqimlari arxitekturaci (SIMD). Bu
sinfning alohidaligi, bir xil protsessorlarni boshqaruvchi bir (markaziy)
nazoratchining
mavjudligi
hisoblanadi.
Nazoratchi,
protsessor
elementlari imkoniyatlariga, protsessorlar soniga, qidiruv rejimini
tashkilashtirish va manzil tasniflariga qarab, quyidagilarni ajratish
mumkin:
vektorli va matritsali masalalarni yechish uchun qo„llaniluvchi
matritsali protsessorlar;
sonli bo„lmagan masalalarni yechishda va unda saqlanayotgan
ma‟lumotlarga to„g„ridan-to„g„ri murojaat qilish mumkin bo„lgan
xotiralarni qo„llovchi assosiativ protsessorlar;
sonli va sonli bo„lmagan ishlov berish uchun qo„llaniluvchi
protsessor ansambllari;
vektorli va konveyerli protsessorlar.
Ko‘p oqimli buyruqlar va bir oqimli ma’lumotlar arxitekturalari
(MISD). Bu sinfga konveyerli protsessorlarni kiritish mumkin.
Ko‘p oqimli buyruqlar va ko‘p oqimli ma’lumotlar arxitekturalari
www.ziyouz.com kutubxonasi
15
(MIMD). Bu sinf axitekturalariga quyidagi konfiguratsiyalarni kiritish
mumkin: multi protsessorli tizimlar, multiishlov beruvchi tizimlar, ko„p
mashinalardan tashkil topgan hisoblash tizimlari, hisoblash tarmoqlari.
Ma‟lumotlar bilan ishlash jarayonini shartli ravishda quyidagicha
taqsimlash mumkin:
Ma’lumotlarni yaratish – ishlov berish jarayoni sifatida, qandaydir
algoritmning bajarilishi natijasida axborot yaratishni va keyinchalik
undan yuqori darajalarda foydalanishni nazarda tutadi.
Ma’lumotlarni modifikatsiyalash – yangilarini kiritish va
keraksizlarini yo„qotish yo„li bilan amalga oshiriluvchi, aniq predmet
sohasidagi o„zgarishlarni tasvirlash bilan bog„liq bo„lgan axborotlardir.
Xavfsizlik, nazorat va yaxlitlik – axborot modelida predmet
sohasining holatini tasvirlash uchun yo„naltirilgan va axborotning
xavfsizligini, texnik va dasturiy vositalar zararlanishi va uzilishlaridan
himoyalanishni ta‟minlaydi. Kompyuter xotirasida saqlanayotgan
axborotni qidirish, turli so„rovlarga javob berishda mustaqil harakat va
axborotga ishlov berishda yordamchi amal sifatida amalga oshiriladi.
Qaror qabul qilish – axborotga ishlov berishda bajariluvchi asosiy
amal hisoblanadi. Qabul qilinadigan qarorlarnig ko„pligi turli matematik
modellardan foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi.
Hisobotlar, hujjatlar yaratish – axborotni ham inson, ham
kompyuter tomonidan o„qiy olish mumkin bo„lgan formaga
aylantirishdir. Bu amal xujatlarni saralash va skanerlash, hisoblash,
ishlov berish amallari bilan bog„langan.
Axborotlarga ishlov berish amallari eng keng qo„llaniladigan muhit
qarorlar qabul qilish muhiti hisoblanadi. Qaror qabul qilish jarayonlari
haqida keyingi mavzularimizdan birida to„xtalib o„tamiz.
www.ziyouz.com kutubxonasi
16
Do'stlaringiz bilan baham: |