Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/130
Sana28.07.2021
Hajmi2,13 Mb.
#131056
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   130
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Internet  –  axborotlarni  qidirish,  saqlash  va  uzatish  uchun  ajoyib 
tarmoqdir. Bu hayotimizning axborot loyihasidir.  
Uning xizmat doirasi keng: 
 ilm va san‟at, tijorat va siyosat; 
 o„qish va ish, dam olish va ko„ngilochar o„yinlar; 
 ajoyib insonlar bilan uchrashuvlar, xizmat sohasi va boshqalar. 
Internetning barcha axborotlari elektron ko„rinishda taqdim 
etilgan. 
Internet  –  jahon  bo„yicha  kompyuterlar  tarmoqlaridan  tuzilgan 
yaxlit  tarmoq  bo„lib,  unda  yagona  «til»  –  andoza-qoidalar  majmui 
asosida  axborot  almashadilar.  Uning  nomi  «tarmoqlararo»  degan 
ma‟noni  anglatadi.  Umuman  olganda  Internetni  tarmoqlarning  tarmoqi 
sifatida qabul qilish to„g„ri bo„ladi. 
Internet  unga  ulangan  tarmoqqa  kiruvchi  kompyuterlarning  o„zaro 
ma‟lumotlar  almashish  imkoniyatini  yaratib  beradi.  Internet  davlat 
buyurtmalarini  bajarishda  tashkilotlarning  birgalikda  olib  boriladigan 
faoliyatlarini yengillashtirish maqsadida o„tgan asrning 60-yillari oxirida 
(yanada  aniqroq  aytadigan  bo„lsak,  1969-yilning  2-yanvarida)  AQSh 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
108 
 
mudofaa  vazirligining  loyihasi  asosida  yuzaga  kelgan.  Bu  boshlang„ich 
tarmoq  ARPANet  bo„lib,  avvalo  Kaliforniya  va  Yuta  shtatlaridagi  4  ta 
kompyuterni  o„zaro  bog„lagan.  1972-yilda  ARPANet  tajriba  tarmog„i 
namoyish  etiladi.  U  40  ta  kompyuterdan  iborat  bo„lib,  barcha 
kompyuterlar  teng  huquqli  bo„lishga  va  resurslarga  faqat  murojaat 
qilishga  mo„ljallangan  dasturiy  ta‟minot  yordamidagina  kirish  mumkin 
bo„lgan.  Keyinchalik  bu  tarmoq  kengayib  80-yillar  oxirida  (1987-yil 
NSFNet Backbon) AQSh milliy ilmiy jamiyatning ixtiyoriga topshirildi va 
NSFNet  (National  Science  Foundation  (NFS)  –  Milliy  ilmiy  fond) 
shaklida rivoj topdi. Bu davrda boshqa davlatlarda ham milliy tarmoqlar 
shakllana  bordi.  Asta-sekin  turli  davlatlarning  kompyuter  tarmoqlari 
birlasha bordi va 90-yillarga kelib hozirgi Internet tarmog„i shaklandi. 
Internetdan foydalanishda quyidagi tendentsiyalar kuzatildi: 
1981-yilda 213 ta kompyuter; 
1983-yilda 562 ta kompyuter; 
1986-yilda 5089 ta kompyuter; 
1992-yilda 727000 ta kompyuter; 
1995-yilda 20 mln.dan ortiq kompyuter. 
Bundan  ko„rinib  turibdi-ki,  Internet  tarmog„iga  ulangan 
kompyuterlar soni yil sayin ortib bormoqda. 
Internetga  egalik  qilish  huquqi  hech  kimga  berilmagan,  ya‟ni  turli 
davlatlar  vakillaridan  tashkil  topgan  BMTga  o„xshash  maxsus  nazorat 
qiluvchi  tashkilotlar  yo„q.  1998-yilda  Amerika  hukumati  Internetga 
tegishli  bo„lgan  masalalarni  yechish  (foydalanuvchilarning  huquqilarni 
himoyalash, intellektual mulkni himoyalash, ta‟magirlikka qarshi kurash 
va  h.k.)  uchun  bir  nechta  notijorat  tashkilotlarini  tashkil  qilishni  taklif 
qildi.  Natijada  Internet  Corporation  for  Assigned  Names  &  Numbers 
(ICANN) tashkiloti yuzaga keldi. 
Internet  XX  asrning  buyuk  kashfiyotlaridan  biri  hisoblanadi.  Ushbu 
kashfiyot  tufayli  jahondagi  millionlab  kompyuterlar  yagona  tarmoqqa 
birlashtirildi.  Bosh  kompyuterni  internet  tarmog„iga  ulash  uchun 
joylardagi  internet  ishini  boshqaruvchi  tashkilotga  murojat  qilinishi 
kerak. 
Kompyuterni  internetga  yuklash  uchun  dastlab  telefon  tarmog„i 
orqali internetda xizmat ko„rsatadigan provayder serveriga ulanish kerak 
bo„ladi.  Ulanish  vaqtida  kompyuterda  mijozning  ismi  (login)  va  paroli 
kiritilishi  talab  qilanadi.  Agar  kiritilgan  ism  va  parol  to„g„ri  bo„lsa, 
mijozning  kompyuteri  provayder  serveriga  ulanadi.  Ulanish  va  uning 
tezligi  xaqida  ma‟lumot  oynasi  hamda  kompyuterning  topshiriqlar 
jadvalida oldinma-keyin joylashgan kompyuterlar tasviri paydo bo„ladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
109 
 
Ushbu jarayonlar to„g„ri bajarilgandan so„ng, istalgan biror-bir brauzer-
dastur yordamida Internet tarmog„iga ulaniladi. Agar aloqa o„rnatilmay 
qolsa,  aloqa  o„rnatilmaganligi  haqida  xabar  beruvchi  oyna  paydo 
bo„ladi. Bunday xolda aloqani o„rnatish uchun yuqoridagi jarayon qayta 
takrorlanadi. 
Internet  tarmog„ida  barcha  mavjud  bo„lgan  aloqa  tarmoqlaridan 
foydalanilmoqda: past tezlikdagi telefon tarmoqlaridan yuqori tezlikdagi 
raqamli 
sputnik 
kanallarigacha. 
Internet  tarmog„ida  ko„plab 
kompyuterlar Unix yoki VMS operatsion tizimlarida ishlamoqda. Bundan 
tashqari, NetBlazer  yoki Cisco turidagi maxsus tarmoq marshrutizatorlari 
taqdim  etilgan.  Internetda  «WWW»  nom  tarkibiga  kiruvchi  manbalar 
ko„pchilikni  tashkil  etadi.  Yuqori  darajaning  eng  katta  domeni  «COM» 
hisoblanadi  va  u  3,96  mln.dan  ortiq  saytga  ega  bo„lib,  saytlar  umumiy 
sonining 25% ini tashkil etadi. Hozirda  EDU, NET, Japan, NIL domenlari 
ham tez kengayib bormoqda. 
Internet  turli  korxona  va  tashkilotlarga  tegishli  bo„lgan  ko„plab 
lokal  va  global  tarmoqlardan  tashkil  torgan.  Bu  tarmoqlar  o„zaro  turli 
aloqa  tarmoqlari  orqali  bog„langan.  Internetni  turli  kattalikdagi 
tarmoqlardan  tashkil  topgan  va  o„zaro  bir-biri  bilan  xabar,  fayl  va 
boshqalar  jo„natib,  faol  aloqada  bo„lgan  mozaika  ko„rinishida  tasavvur 
qilish mumkin. 
Internet tarmog„ini tashkil etuvchi negiz kompyuterlar xostlar (Host) 
yoki  tarmoq  bo„g„inlari  deyiladi.  Bunday  kompyuterlar  o„rtasida  aloqa 
24  soat  mobaynida  davom  etadi.  Ular  ilmiy  va  o„quv  binolarida, 
korxonalarda,  katta  firmalarda  va  boshqa  korxonalarda  joylashgan. 
Tarmoq bo„g„inlari o„rtasida aloqa shisha tolali, sputnikli, radioreleli va 
telefon kanallari orqali amalga oshiriladi. 
Internet  ko„pqavatli  tarkibga  ega.  Asos  tarmoqda  yuqori tezlikdagi 
optik  bog„lanish  kanallaridan  foydalaniladi.  Unga  lokal  tarmoqlar  va 
kompyuterlar  bilan  o„zaro  aloqalarni  ta‟minlovchi  hududiy  tarmoqlar 
ulangan.  Lokal  tarmoqlar  va  kompyuterlar  Internet  provayderlari 
deyiladi. 
Internet provayderi – bu Internet xizmatini taqdim etuvchi firma yoki 
tashkilot. Internetda ishlash sifati va qulayligi provayderga bog„liq. 
Yaxshi provayderni tanlashda quyidagi qiyinchilar mavjud: 
1.
 Internet xizmati to„plami va ularning narxi. 
2.
 Provayder bilan aloqaning sifati (provayderning kirish 
tarmoqlarida qanday modem o„rnatilgan – sifatli modemlar 
aloqani ishonchliroq ta‟minlaydi); 
3.
 Internetning boshqa provayderlari bilan o„tkazuvchanlik 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
110 
 
qobiliyati. 
4.
 Ma‟lumotlarni uzatishda bog„lanish tezligi. 
5.
 Texnik yordam va maslahat xizmatining mavjudligi yoki mavjud 
emasligi. 
2005-yilga  kelib  O„zbekistonda  provayderlar  soni  salkam  600  taga 
yetdi.  Internet  tarmog„idan  foydalanuvchilar  soni  esa  780  ming  nafarni 
tashkil etdi. To„rt mingga yaqin o„zbek saytlari ro„yxatdan o„tkazildi. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish