Avtomatlashgan loyihalash tizimlari
Loyihalashni avtomatlashtirish har qanday ishlab chiqarish sohasida
samarali masalalardan biri hisoblanadi. Masalan, mashinasozlikda
detallar, bo„g„inlar va tayyor mahsulotning sexda bo„lish vaqti bilan
o„lchanuvchi korxonaning ishlab chiqarish sikli loyihalash boshlanish
vaqtidan tayyor mahsulot chiqarishgacha bo„lgan vaqtning 1% ini
tashkil etadi, qolgan 99%i konstruktorlik, tajribaviy-konstruktorlik va
ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashga to„g„ri keladi. Ikkinchi
tomondan
avtomatlashgan
loyihalash
masalasini
yechishning
murakkabligi, aniq predmet sohasining turli-tumanligi bilan bog„liq.
Avtomatlashgan loyihalash tizimlari (
SAPR
– системы автомати-
зированного проектирования
) mahsulotlar yaratishning asosan
quyidagi yo„nalishlarida qo„llaniladi:
tekislikda chizish, hajmli modellashtirish va fotoreal
vizuallashtirish uchun universal grafik paket;
ilovalar yaratish uchun ochiq grafik muhit (turli sohalarda turlicha
reja va texnik masalalarni yechish uchun
SAPR
);
grafik redaktor va ilovalar grafik muhiti; konstruktorlik
loyihalash ochiq muhiti;
mutaxassis bo„lmaganlar uchun
SAPR
(uyda foydalanish uchun).
Universal grafik paket darajasida
SAPR
-mahsulotning
imkoniyatlarini
AutoCAD 2000
(Rossiyada eng keng tarqalgan chizmachilik paketi)
misolida ko„rish mumkin.
Autodesk
firmasi tomonidan yaratilgan yangi
ishlanmaning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
samaradorlikni pasaytirmagan holda bir seansda bir necha chizma
fayllari bilan ishlash imkoniyati;
qirra va yoqlar darajasida qattiq tanali obyektlarni tahrirlash
imkonini beruvchi modellashtirish vositalarining mavjudligi;
obyektlar xossalariga murojaat qilish mumkinligi; obyektlarni
turlari va xossalari bo„yicha tanlash, guruhlash va filtrlash
mumkinligi;
bloklarni yaratish va tahrirlash texnologiyasining mavjudligi;
ekranda tasvirlash bilan birga chiziqlarning qalinligini
www.ziyouz.com kutubxonasi
79
boshqarish; bloklar, tashqi jo„natmalar, tasvir va chizma fayllari
bilan ishlash uchun
drag-and-drop
texnologiyasining yangi
interfeysi –
DesignCenter
ning qo„shilishi;
chop qilishga chiqarmasdan, qatlamlar bilan ishlash
imkoniyatining mavjudligi;
simli karkasdan bo„yashgacha bo„lgan vizuallashtirishning bir
necha rejimi mavjudligi;
yaratishda va tahrirlashda kiritishning aniqligini ta‟minlash
vositalarining mavjudligi;
chizmalarni birlashtirish va chop qilishga chiqarish imkoniyati;
o„lchamlar va o„lcham stillari bilan ko„rgazmali ishlash;
koordinata tizimlari va ko„rinishlarni boshqarish vositalarining
mavjudligi;
chizmaga gipermurojaat qo„yish mumkinligi; tashqi berilganlar
bazalari bilan ishlash;
Visual LISP
va
Visual Basic
redaktorlari yordamida sozlash
vositalarining mavjudligi;
talqinlarning mosligi (
DWG AutoCAD R14, R13
va
DFX AutoCAD
R14, R13, R12
formatlarda).
Mutaxassislarning baholashlariga ko„ra
AutoCAD 2000 2D/3D
o„rta
narx toifasida universal grafik paket hisoblanadi.
SAPR
ning radioelektronika soxasida qo„llanilishiga to„xtalib
o„tamiz. Radioelektronika keng ilmiy-texnik soha hisoblanadi, shu
sababli radioelektron apparatlarni
(
REA
)
loyihalash muammosiga
to„xtalamiz.
REA
ni loyihalash sohasida
SAPR
ga qo„yiladigan asosiy talablar
quyidagilardan iborat bo„ladi:
REA
loyihalash barcha kompleks masalalarini yechish: tarkibiy,
funksional va printsipial sxemalarni kiritish; hisoblashlarni
bajarish;
modellashtirish; apparaturalarni loyihalash; ishlab chiqarishning
texnologik tayyorgarligi va uni tayyorlash;
elementlar va bo„g„inlar to„liq kutubxonasining, ko„plab
parametrlarni jamlagan va yengil o„zgartirish imkoniyatiga ega
bo„lgan signal va shovqinlar generatorlarining mavjudligi;
GOST
va ma‟lumotlar omborlari ma‟lumotnomalarining
mavjudligi;
zarur hisoblashlarni amalga oshirish (ishchi rejimlar,
ishonchliligi, quvvati va boshqa parametrlar);
www.ziyouz.com kutubxonasi
80
boshqa informatsion tizimlardan axborotni import va eksport
qilish imkoniyati;
turli periferiyani qo„llash.
REA
ni loyihalash jarayonini bosqichlarga (tizimli, sxemali, loyihali,
texnologik, ishlab chiqarish), loyihalanayotgan
REA
ni esa darajalarga
(tizim, tizim osti yoki apparatura, anjom, blok, katakcha yoki bo„g„in)
bo„lish qabul qilingan. Bunday bo„linishdan kelib chiqadiki,
SAPR
barcha bosqichlar va loyihalash darajalarini to„liq hajmda ta‟minlashi
lozim. Ammo, amaliyotda bunday yondashuv to„liq amalga
oshirilmagan.
Oxirgi yillarda mutaxassis bo„lmaganlar uchun
SAPR
(uyda
foydalanish uchun) katta qiziqish uyg„otmoqda. Ulardan foydalanish
sohalari: individual qurilish, havaskorlik modellashtirish va loyihalash
va boshqalar. Bunday sinfga qo„yiladigan aosiy talablar-qoniqarli narh
va kompyuter manbalariga talablarning katta emasligi.
Avtomatlashtirilgan loyihalash sohasida ochiq muhitlarni qo„llash
samarali hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi loyihalash jarayonini
avtomatlashtirish hisoblanadi (loyihalanayotgan obyekt tarkibini tanlash,
zarur hisob-kitoblar va h.k). Bunday yondashuvni amalga oshirishga
grafik qobiq ko„rinishida amalga oshirilgan almashuvchi muammoga
yo„naltirilgan
DiaCAD
(SPRUT-texnologiyalar)
misol bo„la oladi.
Ammo
DiaCAD SPRUT
-texnologiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi
va berilgan predmet muhitida loyihalash jarayonini formallash amalga
oshirilgan hollarda qo„llaniladi. Mumkin bo„lmagan joylarda esa, taniqli
grafik redaktorlarida kabi, interfaol chizma vositalari qo„llaniladi.
DiaCAD
ning imkoniyatlari yechiladigan masalalar ro„yxati bilan
aniqlanadi:
GOST
talablariga rioya qilgan holda chizmalarni tezkor ishlab
chiqish;
iyerarxik grafik ma‟lumotlar omborlarini yaratish va foydalanish;
intellektual tahrirlash (o„lchamlari qiymatlarini o„zgartirish yo„li
bilan chizmani tahrirlash);
dasturlashsiz parametrlangan dasturlarni olish.
DiaCAD
ni funksional jihatdan ikki qismga ajratish mumkin: grafik
berilganlar bazasi administrator muhiti va konstruktor muhiti.
Grafik berilganlar bazasining administrator muhiti iyerarxik grafik
berilganlar bazasi bilan ishlash uchun mo„ljallangan va quyidagi
masalalarini yechish imkonini beradi:
ixtiyoriy iyerarxik tartibli berilganlar bazasini yaratish; chizmani
www.ziyouz.com kutubxonasi
81
tezkor ko„rish;
bir chizmadan ikkinchisiga ma‟lumotlarni ko„chirish;
chizmani graf quruvchi yoki chop qilish qurilmasiga chiqarish.
Konstruktor muhiti chizmalar va geometrik modellar yaratish va
tahrirlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |