66
bo„lgan yordamchi manbalarni hisobga olish hisoblanadi.
Zamonaviy ishlab chiqarishda ko„plab yetkazib beruvchi va
xaridorlar ishtiroki tufayli yangi mantiqiy zanjirlar konsepsiyasi
(Supply
Chain)
yuzaga keldi.
Bu konsepsiyaning maqsadi ishlab chiqarish
faoliyatini tahlil
qilishda tovarning xom-ashyodan tayyor mahsulotga aylanish barcha
zanjiri (tarmoq) faoliyatini hisobga olish.
Bunda quyidagi omillarga e‟tibor beriladi:
butun mantiqiy zanjirda mahsulot narhi shakllanadi, ammo
tijoratchi iste‟molchiga sotish bosqichi aniqlovchi hisoblanadi;
barcha amallarning samaradorligi mahsulot narhiga ta‟sir
ko„rsatadi; mahsulotni boshlang„ich ishlab
chiqarish bosqichi
ko„proq boshqariluvchi hisoblanadi, ko„proq sezilarlisi – yakuniy
(sotilgani).
Mantiqiy zanjirlar konsepsiyasining navbatdagi rivoji mahsulotning
hayot siklini to„liq o„zida jamlagan bir necha kompaniyalar tizimiga
yoki bir kompaniyaning bir necha «virtual tijoratlarga» taqsimlangan
virtual tijorat g„oyasi hisoblanadi.
Yuqorida ko„rib o„tilgan usullar alohida dasturiy mahsulotlarda va
Intranet doirasida korporativ boshqaruv anjomi sifatida ko„rinadi.
Ishlab chiqarish jarayoni to„g„ridan-to„g„ri ta‟sir ko„rsatuvchi
axborotlarni qabul qilish sifatining ortishi bilan bog„liq. Bu borada
www.ziyouz.com kutubxonasi
67
Intranet tashkilot faoliyatida sezilarli iqtisodiy samara beradi.
Tashkilotning axborot tizimi uchun «axborotni chop qilish», «axborot
oluvchilar», «axborotni taqdim etish» tushunchalari asosiy bo„lib
bormoqda.
Intranet arxitekturasi axborot tizimlarining tabiiy rivojlanishi bo„ldi:
markazlashtirilgan arxitekturadan «mijoz-server» orqali Internetga.
Shaxsiy kompyuterlarning qo„llanilishi bilan axborot tizimining bir
qismini ishchi stolga ko„chirish imkoniyati yuzaga keldi. Shunday qilib,
taqsimlangan axborot tizimlarni yaratish zarurati yuzaga keldi. Bu
maqsadlarga tarmoqda dastur va kompyuterlar o„zaro aloqalari modeliga
asoslangan «mijoz-server» arxitekturasi mos keladi.
An‟anaviy tushunchada, «mijoz-server» tizimi ma‟lumotlarni
yetkazib berishni amalga oshiradi va ular uchun quyidagilar
xarakterlidir:
serverda axborot emas, ma‟lumotlar yuzaga keladi; mijozlar
bilan
ma‟lumot almashish uchun yopiq protokol qo„llaniladi;
ma‟lumotlar mijozlar kompyuterlariga uzatiladi, qayta ishlanadi
(interpretatsiya qilinadi) va axborotga almashtiriladi;
amaliy tizim qismlari mijozlar kompyuterlariga joylashtiriladi.
«Mijoz-server» tizimining asosiy afzalliklari:
tarmoqda bosimning kamligi (ishchi stantsiya serverga ma‟lum
bir ma‟lumotlarni qidirish uchun so„rovlar uzatadi, server
qidirishni o„zi amalga oshiradi va tarmoq orqali faqat so„rovga
ishlov berish natijalarini, ya‟ni bir
yoki bir necha yozuvlarni
uzatadi);
yuqori ishonchlilik («mijoz-server» texnologiyasiga asolangan
MOBT, uzilishlarda avtomatik tiklashni ta‟minlaydi);
foydalanuvchilar huquqlarini sozlash darajasi (bir
foydalanuvchiga ma‟lumotlarni faqat ko„rishni sozlash,
boshqalariga ko„rish va tahrirlash, uchinchilari hech qanday
ma‟lumotlarni ko„rmasliklari mumkin);
katta o„lchamli maydonlarni qo„llash (o„lchamlari bir
necha yuz
Kbayt va Mbayt bo„lgan ma‟lumotlar turlarini ta‟minlash).
«Mijoz-server» tizimi bir qator kamchiliklarga ham ega:
administrator tayinlashning qiyinligi;
axborotning ruxsatsiz kirishdan yetarli darajada
himoyalanmaganligi;
bu axborot tizimi uchun server va mijozning muloqot
qilishi
uchun yopiq protokol.
www.ziyouz.com kutubxonasi
68
Keltirilgan kamchilliklarni yo„qotish uchun markazlashgan tizim va
an‟anaviy «mijoz-server» tizimining eng yaxshi sifatlarini birlashtirgan
Intranet tizimi arxitekturasi ishlab chiqilgan. Bunda barcha axborot
tizimi markaziy kompyuterda joylashadi. Ishchi o„rinlarda, axborot
tizimlaridagi jarayonlarni boshqarish imkoniyatini beruvchi, sodda kirish
qurilmalari (navigatorlar) joylashadi. Ekranga uzatish va pultda bosilgan
klavishlar kodlari sodda protokoli yordamida kirish qurilmasi muloqot
qiladigan barcha jarayonlar markaziy
EHM
da amalga oshiriladi.
Intranet tizimining asosiy ustunliklari sifatida quyidagilarni keltirib
o„tish mumkin:
amaliy tizim serverda jamlangan, mijozlarda faqat navigator-
dastur
joylashtiriladi;
server qism va ishchi o„rinlarini markazlashgan boshqaruv
yengillashtirilgan;
foydalanuvchi tomonidan qo„llanilayotgan dasturiy ta‟minotga
bog„liq bo„lmagan interfeys (
OT
,
BBBT
va h.k).
Intranetning muhim ustunligi texnologiyaning ochiqligi hisoblanadi.
Mavjud yopiq texnologiyalarga asolangan dasturiy ta‟minot, qaror biror
firma tomonidan bir ilova uchun ishlab chiqilgan bo„lsa, qulay bo„lib
ko„rinadi. Ammo, axborot tizimlarining rivojlanishini keskin
chegaralaydi.
Hozirgi kunda Intranetda quyidagi yo„nalishlar bo„yicha ochiq
standartlardan keng foydalanilmoqda:
tarmoq manbalarini boshqarish (
Do'stlaringiz bilan baham: