Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/145
Sana02.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#310869
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   145
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

5. Ba’zi axborot tizimlari tavsifi
 
Qaror qabul qilish tizimlari
 
Qaror qabul qilish va unga mos axborot tizimlari asosan amerikalik 
olimlarning  sa‟y  harakatlari  bilan 
XX
  asrning 
70
-yillar  oxiri 
80
-yillar 
boshlarida  yuzaga  keldi.  Bu  shaxsiy  kompyuterlar,  standart  amaliy 
dasturlar  paketlarining  keng  tarqalishiga  imkoniyat  yaratdi,  hamda 
sun‟iy intellekt tizimini yaratishda yutuq bo„ldi. 
Qaror qabul qilish tizimining asosiy xususiyati inson va kompyuter 
muloqotini  tashkillashtirishning  yangi  sifatli  usullari  hisoblanadi. 
Texnologiyaning  asosiy  maqsadi  bo„lgan  qaror  ishlab  chiqarish 
iteratsion  jarayon  natijasida  amalga  oshiriladi  va  bunda  quyidagilar 
ishtirok etadi: 
 
Hisoblash bo„g„ini va boshqaruv obyekti sifatida qaror qabul 
qilish tizimi. 
 
Boshqaruv bo„g„ini sifatida inson, dastlabki ma‟lumotlarni beradi 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
43 
 
va kompyuterda hisoblash natijalarini baholaydi. 
Iteratsion  jarayonning  tugallanishi  inson  ixtiyorida  amalga 
oshiriladi.  Bunday  holda,  axborot  tizimining  foydalanuvchi  bilan 
birgalikda  qaror  qabul  qilish  uchun  axborot  yaratish  qobiliyati  haqida 
gapirish mumkin. 
 
Qaror  qabul  qilish  tizimning  bunday  xususiyatiga  xos  bir  qator 
farqlanuvchi tavsiflarni ko„rsatish mumkin: 
 
yomon tartiblangan (formallangan) masalalarni yechishga 
yo„naltirilganlik; 
 
masalalarni yechish matematik model va uslublari imkoniyatlari 
asosida kompyuter ma‟lumotlariga ishlov berish va kirishning 
an‟anaviy usullari mosligi. 
Qaror  qabul  qilish  tizimi  boshqaruvning  ixtiyoriy  darajasida 
qo„llanilishi mumkin. Bundan tashqari, boshqaruvning turli darajalariga 
tadbiq  qilinayotgan  qarorlar  ko„pincha  moslashtirilishi  zarur.  Shu 
sababli  texnologiya  va  tizimning  vazifasi  qaror  qabul  qiluvchi  shaxsni 
boshqaruvning ham bir, ham turli darajalariga moslashtirish hisoblanadi. 
Birlamchi  ma‟lumotlar  asosida  qarorlarni  ishlab  chiqish  jarayonini 
ikki  bosqichga  bo„lish  mumkin:  mumkin  bo„lgan  qarorlarni  turli 
modellardan  foydalangan  holda  matematik  yo„l  bilan  shakllantirish  va 
sub‟yektiv omillar asosida optimal qarorni tanlash. 
Qarorlar qabul qiluvchilarning talablari ko„pgina xollarda birlamchi 
ma‟lumotlarga ishlov berish natijasida olinishi mumkin bo„lgan texnik- 
iqtisodiy  ko„rsatkichlarga  qaratilgan.  Natijaviy  va  birlamchi 
ma‟lumotlarning funksional bog„liqliklarini tahlil qilib, axborot tizimini 
qurish mumkin. Odatda birlamchi  ma‟lumotlar turlicha bo„lib, ularning 
kelish intensivligi juda yuqori, qiziqtirilayotgan oraliqda umumiy hajmi 
katta.  Ikkinchi  tomondan,  talab  qilinayotgan  davrda  ko„rsatkichlari 
tarkibi nisbatan kichik. 
Boshqarilayotgan 
jarayon 
holatining 
axborotlashtirilganlik 
darajasiga,  obyekt  modeli  va  boshqaruv  tizimi  aniqligi,  tashqi  muhit 
bilan  o„zaro  aloqasiga  qarab,  qaror  qabul  qilish  jarayoni  turli 
sharoitlarda  kechadi: 
aniqlik  sharoitida,  xavf  sharoitida,  noaniqlik 
sharoitida va ko‘pqirralilik sharoitida qaror qabul qilish.
 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
44 
 
Aniqlik sharoitida qaror qabul qilish. 
Bu masalada boshqaruv tizimi 
va  obyekt  modeli  berilgan  deb  qaraladi,  tashqi  soha  ta‟siri  esa  hisobga 
olinmaydi.  Shu  sababli,  manbalardan  foydalanishning  tanlangan 
strategiyasi  va  yakuniy  natija  o„rtasida  bir  qiymatli  aloqa  mavjud 
bo„ladi.  Aniqlik  sharoitida  qarorlar  foydaliligini  baholash  uchun  ko„p 
samara beruvchi qarorni qabul qilish kifoya. Agar bunday qarorlar ko„p 
bo„lsa,  ular  teng  kuchli  hisoblanadi.  Aniqlik  sharoitida  qaror  qidirish 
uchun matematik programmalash usullaridan foydalaniladi. 
Xavflilik  sharoitida  qaror  qabul  qilish. 
Bu  sharoitda  qaror  qabul 
qilish  uchun,  aniq  tahlil  qilish  mumkin  bo„lmagan  va  uning  holatlari 
taqsimoti ehtimolligi  ma‟lum bo„lgan, tashqi  muhit ta‟siri ham hisobga 
olinishi  zarur.  Bunday  sharoitlarda  zarur  bo„lgan  strategiyadan 
foydalanish,  namoyon  bo„lish  ehtimoli  berilgan  deb  qaraluvchi  yoki 
aniqlanishi  mumkin  bo„lgan,  turli  natijalarga  olib  kelishi  mumkin. 
Strategiyani  tanlash  va  baholash  hal  qiluvchi,  yakuniy  natijaga  erishish 
ehtimolligini hisobga oluvchi qoida yordamida keltiriladi. 
Noaniqlik  sharoitida  qaror  qabul  qilish. 
Yuqoridagi  masala  kabi, 
yakuniy  natija  va  strategiyani  tanlash  o„rtasida  bir  xil  aloqa  mavjud 
emas.  Bundan  tashqari,  yakuniy  natijalarning  chiqish  ehtimolligi  ham 
noaniq.  Har  bir  «strategiya–yakuniy  natija»  juftligiga  yutuq  sifatida 
tashqi  baholash  mos  qo„yiladi.  Chegaralanishning  eng  keng  tarqalgani 
maksimal kafolatlangan yutuqni olish hisoblanadi. 
Ko‘pqirralilik  sharoitida  qaror  qabul  qilish. 
Yuqorida  sanab 
o„tilgan  masalalarda  ko„pqirralilik  bir-biriga  keltirib  bo„lmaydigan  bir 
necha  mustaqil  maqsadlarning  mavjudligida  yuzaga  keladi.  Ko„p  sonli 
qarorlarning  mavjudligi  optimal  strategiyani  tanlash  va  baholashni 
murakkablashtiradi. 
Mumkin 
bo„lgan 
qaror 
yo„llaridan 
biri 
modellashtirish usullarini qo„llashdir. 
Qarorlar  qabul  qilish  uchun  quyidagi  tashkil  etuvchilarning 
mavjudligi  majburiy  hisoblanadi:  tahlil;  bashorat  qilish;  vaziyatli 
modellashtirish. 
Hozirgi kunda qaor qabul qilish tizimlari ikki turga ajratiladi. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish