Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Axborotning jamiyat rivojidagi o‘rni



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/145
Sana02.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#310869
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   145
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Axborotning jamiyat rivojidagi o‘rni
 
Insoniyat  jamiyati  rivojlanishining  barcha  bosqichlari  texnik 
rivojlanish 
asosida 
amalga 
oshgan. 
Avtomatlashtirish 
mehnat 
unumdorligining ortishiga olib keldi. Mehnat jamoalarining shakllanishi 
bilimlar  bilan  almashish  zaruratini  yuzaga  keltirdi.  Birinchi  navbatda 
avloddan  avlodga  og„zaki  berildi.  Yozuvning  yaratilishi  ularni  axborot 
ko„rinishida  berish  imkoniyatini  yaratdi.  Axborotning  yuzaga  kelishi 
insoniyat jamiyatining izlanishlari natijasi bo„ldi. 
Hozirgi  kunda  axborot  eng  qimmat  manbalardan  biri  hisoblanadi. 
Bu  material  ishlab  chiqarish  muhitidan  mehnat  manbalarini  axborot 
muhitiga ko„chirishda ko„rinadi. 
XIX 
asrning  oxirlarida 
AQSh
da  ishga  yaroqli  aholining  95%  dan 
ortig„i  jismoniy  mehnat  bilan  va 
5%
  ga  yaqini  esa  axborotga  ishlov 
berish  bilan  shug„ullangan.  Hozirgi  kunga  esa,  mehnat  manbalari 
nisbatining deyarli aksini ko„rishimiz mumkin. 
Shunday  fikrlar  mavjudki,  jahon  ta‟lim  tizimidagi  inqirozni 
axborotlashtirish  negizida  bartaraf  etish  mumkin.  Hozirgi  kunda 
AQSh
 
oliy  ta‟limini  yuz  milliardinchi  tijorat  deb  nomlamoqdalar.  Ta‟lim 
texnologiyalari  eksportchilaridan  biri  hisoblangan  amerikaliklar  yiliga 
g„aznaga  o„rtacha 
7
  mlrd.  dollar  tushuradilar.  Bu  yalpi  milliy 
mahsulotning 
2,7%
  ini  tashkil  etadi. Har  yili 
AQSh
da 
454
  mingga  yaqin 
xorijiy  talabalar  tahsil  oldalar.  Ulardan 
57%
  i  osiyoliklar, 
15%
  i  esa 
yevropaliklardir. 
Bunday 
natijalarga 
erishish 
asosan 
axborot 
texnologiyalarini keng tadbiq qilish natijasida bo„ldi. 
Jahon  hamjamiyatining  iqtisodga  intilishi  natijasida  axborot, 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
10 
 
telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari tez o„zgarib bormoqda. 
Telekommunikatsiyalarning  rivojlanishida  yuridik  shaxslar  va 
raqobatga  ko„proq  tayanilmoqda.  Axborotga  ishlov  berish  ham 
rivojlangan,  ham  rivojlanayotgan  davlatlarda  iqtisodiyotning  barcha 
sohalarida  katta  ahamiyatga  ega  bo„lmoqda.  Ma‟lumotlarni  siqishning 
yangi  vositalari  ishlab  chiqildi.  Shisha  tolali  va  simsiz  aloqa 
texnologiyalari  yangilanib  bormoqda.  Bog„lanish  xizmatlari  narxi  tez 
tushib bormoqda. Yaqin 
20
 yil ichida axborot almashinuvi deyarli tekin 
bo„lishi mumkin. Raqamli aloqa texnologiyalariga o„tish ma‟lumotlarni 
uzatish, 
axborotni 
tarqatish 
va 
boshqa 
axborot 
xizmatlarini 
yaqinlashtirishga 
olib 
keladi 
va 
global 
tarmoqlarning 
yangi 
imkoniyatlarini  ochadi.  Yangi  texnologiyalar  rivojlanish  yo„lidagi  turli 
to„siqlarni bosib o„tish imkoniyatini yaratadi. Masalan, masofaviy ta‟lim 
tizimi uning an‟anaviy usullariga hayotiy qo„shimcha bo„lishi mumkin. 
Axborot  jamiyatida  katta  axborot  oqimining  yuzaga  kelishi 
quyidagilar bilan asoslanadi: 
 
ilmiy izlanishlar va tajriba-loyiha ishlari natijalarini bayon 
etuvchi hisobotlar, dissertatsiyalar va boshqa hujjatlar soninig 
jadal sur‟atlar bilan ortishi; 
 
insoniyat faoliyatining turli soxalari bo„yicha davriy nashrlarning 
doimiy ortib borishi; 
 
odatda magnit lentalarga yoziluvchi va kommunikatsiya tizimlari 
doirasiga tushmaydigan turli-tuman ma‟lumotlarning yuzaga 
kelishi. 
Buning  natijasida  axborot  krizisi  yuzaga  keladi.  U  quyidagilarda 
namoyon bo„ladi: 
 
inson tomonidan axborotni qabul qilish va qayta ishlov berishning 
chegaralanganligi va saqlanayotgan axborot massivlarining 
mavjud bo„lgan kuchli oqimi o„rtasida ziddiyatlar yuzaga keladi; 
 
katta hajmdagi ortiqcha axborot yuzaga keladi, bu foydalanuvchi 
uchun zarur axborotlarni qabul qilishni qiyinlashtiradi; 
 
ma‟lum bir darajada, axborotning tarqalishiga to„sqinlik qiluvchi, 
iqtisodiy, siyosiy va boshqa sotsial to„siqlar yuzaga keladi. 
Masalan, ko„pincha sirni saqlash sababli turli tashkilotlar 
xodimlari zarur axborotdan foydalana olmaydilar. 
Bu kabi sabablar noqulay vaziyatni yuzaga keltiradi. Dunyoda katta 
hajmdagi  axborot  potensiali  yig„iladi,  ammo  insonlar  ulardan  o„z 
imkoniyatlari doirasida foydalana olmaydilar. 
Axborot  krizisining  yuzaga  kelishi  jamiyat  oldiga  yuzaga  kelgan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
11 
 
vaziyatdan  chiqib  ketish  yo„llarini  qidirish  zaruratini  qo„ydi.  EHMlarni 
faoliyatning  turli  sohalariga  tadbiq  qilinishi  yangi  evolyutsion 
jarayonning birinchi qadami bo„ldi.  
Axborot  jamiyatida  jamiyatning  ko„plab  ishchilari  axborotni, 
ayniqsa uning yuqori shakli bo‘lgan bilimlarni
,  ishlab  chiqish,  saqlash, 
qayta ishlash va uzatish bilan band bo„ladilar. 
Axborot jamiyatining xarakterli tomonlari quyidagilardan iborat: 
 
informatsion krizis muammosi hal etiladi, ya‟ni axborot oqimi va 
axborot tanqisligi o„rtasidagi qarama-qarshilik yechiladi; 
 
axborotning boshqa manbalarga nisbatan ustunligi ta‟minlanadi; 
rivojlanishning asosiy shakli axborot iqtisodi bo„lib boradi; 
 
yangi informatsion texnika va texnologiyalar yordamida 
bilimlarni avtomatik generatsiyalash, saqlash, ishlov berish va 
foydalanish jamiyat asosini tashkil etib boradi; 
 
informatsion texnologiya insoniyat sotsial faoliyatining barcha 
sohalarini qamrab olgan holda global tavsifga ega bo„ladi; butun 
insoniyat olamining axborot birligi shakllanib boradi; 
 
jamiyatni boshqarish, o„rab turgan muhitga ta‟sirning optimal 
prinsiplari amalga oshiriladi. 
Jamiyatni axborotlashtirishning salbiy tomonlari sifatida quyidagi 
holatlarni keltirib o„tish mumkin: 
1.
 
Jamiyatga ommaviy axborot vositalari ta‟sirining yanada ortib 
borishi. 
2.
 
Axborot texnologiyalarining tashkilotlar va insonlar shaxsiy 
hayotiga yanada chuqurroq kirib borishi. 
3.
 
Sifatli va ishonchli axborotlarni saralash muammosining yuzaga 
kelishi va boshqalar. 
Axborot industriyasi rivojlangan davlatlar axborot jamiyatiga 
o„tishga 
eng  yaqin  turganlar  hisoblanadi.  Bularga 
AQSh

Yaponiya

Angliya

Germaniya
 va 
G‘arbiy Yevropa
 davlatlarini kiritish mumkin. Bu davlatlarda 
davlat  siyosatining  yo„nalishlaridan  biri,  axborot  industriyasida 
innovatsiyalarni  qo„llab-quvvatlash  va  investitsiyalash  bilan  bog„lq 
bo„ghan  kompyuter  tizimlari  va  telekommunikatsiyani  rivojlantirish 
hisoblanadi. 
So„nggi informatsion inqilob yangi yo„nalishni olg„a suradi – yangi 
bilimlarni  ishlab  chiqish  uchun  texnik  vositalar,  usullar,  texnologiyalar 
ishlab  chiqish  bilan  bog„liq  bo„lgan 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish