Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/145
Sana02.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#310869
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   145
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

 
va 
tashqi
 
tahdidlar. 
Ichki  tahdidlar
 
konfidensial  axborotni  o„z  ichiga  olgan  tizim 
o„rnatilgan obyekt xodimlari tomonidan yuzaga kelishi mumkin. Bunday 
tahdid 
maoshning 
qoniqtirmasligi 
yoki 
rahbariyat 
bilan 
kelishmovchiliklar  natijasida,  hamda  yuqori  darajaga  o„tishiga  harakat 
qiluvchi  alohida  xodimlarning  axborotni  olishga  qiziqqan  shaxslarga 
berishga harakatlari oqibatida sodir bo„ladi. 
Tashqi tahdidlar
 
raqobatchi tashkilotlar, jinoyatchi elementlar, horijiy 
qidiruv  (razvedka)  xizmatlari  tomonidan  davlat  tarkibi,  jamoatchilik 
tashkilotlari,  ommaviy  axborot  vositalari  vakillari  bilan  o„zaro 
munosabatlar  masalalarini  noto„g„ri  qo„yishlari  sababli  yuzaga  kelishi 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
142 
 
mumkin. 
Axborotning  passiv  tashuvchilariga  tashqaridan  tahdidlar  quyidagi 
usullar bilan qaratilgan bo„lishi mumkin: 
 
turli axborot tashuvchilardan nusxa olish yoki o„g„irlash; 
 
kommunikatsiya jarayonida axborotni olish; 
 
axborotni aloqa tarmog„i orqali uzatilishi jarayonida olish; 
 
axborotni yo„qotish yoki uning tashuvchilarini ishdan chiqarish; 
 
maxfiy axborot saqlanayotgan hujjat va materiallarni tasodifiy 
yoki rejalashtirgan holda raqobatchilarga yetkazish. 
AQSh
da konfidensial axborotni o„g„irlash firmalarga yiliga 
20 mlrd

dollardan  ortiq  ziyon  yetkazmoqda.  Amerikalik  tadqiqotchilarning 
ma‟lumotlariga  ko„ra, 
AQSh
dagi 
44%
  tadbirkorlar  raqobatchilari 
tomonidan  o„tkazilgan  izlanishlarning  natijalarini  bilish  uchun 
noqonuniy  harakatlar  qilishga  tayyordirlar.  Agar  maqsad,  muhim 
bilimlarga  ega  bo„lmagan  holda,  raqobat  yuqori  darajada  bo„lgan 
bozorda muqim o„rin egallash bo„lsa, ularning soni 
79%
 ga ortadi. 
Axborot  olish  uchun  buyurtmachi  kichik  va  katta  tijorat 
tadbirkorlari,  davlat  korxonalari  rahbarlari,  hamda  horijiy  davlatlar 
elchixonalari  bo„lishlari  mumkin.  Chet  el  amaliyoti  tahlili  shuni 
ko„rsatadiki, begonalarning sirlarini o„g„irlashga moslashtirilgan xususiy 
xavfsizlik  xizmatlarida  ko„p  sonli  sotib  oluvchi  va  buyurtma  beruvchi 
mijozlar mavjud. Masalan, Buyuk Britaniyada agentliklardan biri sanoat 
shpionaji  faktlarini  tekshirish,  korxona  va  firmalar  xavfsizligini 
ta‟minlash  bilan  birga  raqobatchi  xususiy  korxonalar  haqida  axborot 
to„plash  (o„g„irlash)  bilan  ham  shug„ullanadi.  Hozirgi  kunda  bozor 
iqtisodiyotiga  o„tgan  davlatlarda  yuzlab  va  minglab  agentliklar  va  o„n 
minglab  sanoat  josuslari  harakat  qilmoqda.  G„arb  firmalari  o„z 
daromadlarining 15% ini axborotlarni himoyalash uchun sarflaydilar. 
Konfidensiallik(mahfiylik)ning 
buzilishiga 
xavflar 
berkitilgan 
axborotni  oshkor  etishga  yo„naltirilgan.  Kompyuter  xavfsizligi 
terminlarida  mahfiylikning  buzilishiga  xavflar  kompyuter  tizimida 
saqlanayotgan yoki bir tizimdan boshqa tizimga uzatilayotgan qandaydir 
maxfiy axbortga ruxsatsiz kirish amalga oshirilganda yuzaga keladi. 
Aloqa  tarmoqlari  orqali  uzatilayotgan  yoki  kompyuter  tizimida 
saqlanayotgan 
axborotning  yaxlitligiga  xavflar 
uning  tarkibini 
o„zgartirishga,  sifatini  buzishga  yoki  butunlay  yo„qotilishiga 
yo„naltirilgan.  Bunday  xavf  asosan  axborotni  uzatish  tizimlari  – 
kompyuter tarmoqlari va telekommunikatsiya tizimlari uchun dolzarbdir. 
Axborot  yaxlitligi  atayin  g„araz  niyatlarda,  hamda  tizimni  o„rab  turgan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
143 
 
muhitning  obyektiv  ta‟siri  natijasida  buzilishi  mumkin.  Axborot 
yaxlitligini  atayin  buzishni  o„zgartirish  huquqiga  ega  bo„lgan  shaxslar 
tomonidan  maqsadli  rejalashtirilgan  o„zgartirishlar  bilan  adashtirmaslik 
lozim (masalan, qandaydir berilganlar bazasini davriy o„zgartirish). 
Ish qobiliyatining buzilishiga bo‘lgan xavflar 
(xizmat ko„rsatishdan 
voz  kechish)  axborotlarga  ishlov  berishning  avtomatlishtirilgan 
tizimlarining ishchi qobiliyatini pasaytirish yoki uning ba‟zi manbalariga 
kirishni ta‟qiqlab qo„yish vaziyatlarini yuzaga keltirishga qaratilgan. 
Masalan, tizimning bir foydalanuvchisi qandaydir xizmatga kirishni 
so„rasa,  boshqasi  bu  kirishni  to„sishga  harakat  qiladi.  Bunda  birinchi 
foydalanuvchi xizmat ko„rsatishga rad javobini oladi. Manbaga kirishni 
to„sish doimiy yoki vaqtli bo„lishi mumkin. 
Axborotlarga ishlov berishning avtomatlishtirilgan tizimlari (
AIBAT

turli  darajadagi  avtonomlikka  ega  bo„lgan,  o„zaro  bog„langan  va 
ma‟lumotlar  almashuvchi  ko„p  sonli  tashkil  etuvchilardan  tuzilgan 
murakkab  tizimni  ifodalaydi.  Amaliy  har  bir  tashkil  etuvchi  tashqi 
ta‟sirga  uchrashi  yoki  ishdan  chiqishi  mumkin. 
AIBAT
  ning  tashkil 
etuvchilarni quyidagi guruhlarga bo„lish mumkin: 
 
apparat vositalari – 
EHM
 va uning tashkil etuvchilari 
(protsessorlar, monitorlar, terminallar, periferiya qurilmalari – 
disk yurituvchilar, printerlar, nazoratchilar, kabellar, aloqa 
tarmoqlari) va boshqalar; dasturiy ta‟minot – sotib olingan 
dasturlar, boshlang„ich, obyektli, yuklanuvchi modullar, 
operatsion tizimlar va tizim dasturlari, utilitlar, tahlil qiluvchi 
dasturlar va h.k.; 
 
ma‟lumotlar – magnit tashuvchilarda vaqtincha va doimiy 
saqlanuvchi axborotlar, chop qilingan axborotlar, arxivlar, tizim 
jurnallari va h.k.; 
 
xodim – xizmat ko„rsatuvchi xodim va foydalanuvchilar. 
Axborotlarga  ishlov  berishning  avtomatlishtirilgan  tizimlariga 
bo„lgan  tahdidlarni  ikki  guruhga  bo„lish  qabul  qilingan:  tasodifiy  va 
rejalashtirilgan. 
AIBAT
ni  loyihalash,  tayyorlash  va  ishga  tushurish  tahlili  shuni 
ko„rsatadiki,  axborot 
AIBAT
  bajarilishining  barcha  bosqichlarida  turli 
tasodifiy  ta‟sirlarga  uchraydi.  Axborotlarga  ishlov  berishning 
avtomatlishtirilgan 
tizimlarining 
ishlashi 
jarayonida 
quyidagilar 
tasodifiy ta‟sirlarning sababchilari bo„lishi mumkin: 
 
elektr ta‟minotining uzilishi; 
 
apparaturadagi uzilishlar va ishdan chiqish holatlari; dasturiy 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
144 
 
ta‟minotdagi xatoliklar; 
 
xizmat ko„rsatuvchi xodim va foydalanuvchilarning ishdagi 
xatoliklari; 
 
tashqi muhit ta‟siri natijasida aloqa tarmoqlarida yuzaga 
keladigan nosozliklar. 
Rejalashtirilgan  xavflar  axborot  manbalaridan  foydalanuvchilarga 
ziyon  yetkazishni  maqsad  qilib  qo„yadi.  Ularni  ikki  turga  bo„lish 
mumkin: 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish