Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/145
Sana02.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#310869
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   145
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Videokonferensiyalar
 
Videokonferensiyalar  ham  audiokonferensiyalar  kabi  maqsadlarga 
yo„naltirilgan  bo„lib,  videoapparatlarni  qo„llash  bilan  farqlanadi. 
Ularning  o„tkazilishi  ham  kompyuter  ishtirokini  talab  qilmaydi. 
Videokonferensiya  jarayonida  bir-biridan  masofaviy  uzoqlashgan 
ishtirokchilar  televizor  ekranida  o„zlarini  va  boshqa  ishtirokchilarni 
ko„rishlari  mumkin. Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz boshqaruvi 
ham uzatiladi. 
Videokonferensiyalar  transport  va  yo„llanma  harajatlarini 
kamaytiradi.  Ko„pgina  firmalar  ularning  nafaqat  bu  jihatlaridan 
foydalanadilar.  Ular  bunda  muammolarni  yechishda  markaziy  ofisdan 
masofaviy  uzoqlashgan  xodimlar  va  menejerlarni  maksimal  jalb  qilish 
imkoniyatini ko„rmoqdalar. 
Videokonferensiyalarni 
qurishning 
uch 
konfiguratsiyasi 
ommaviydir: 
 
bir tomonlama video- va audioaloqa. 
Bu yerda video va 
audiosignallar bir yo„nalishda yuboriladi, masalan, loyiha 
rahbaridan bajaruvchiga; 
 
bir tomonlama video- va ikki tomonlama audioaloqa. 
Ikki 
tomonlama audioaloqa videotasvirni qabul qilayotgan 
konferensiya ishtirokchilariga videoxabar jo„natayotgan 
ishtirokchi bilan audioaxborotlar almashish imkonini beradi; 
 
ikki tomonlama video- va ikki tomonlama audioaloqa. 
Bunday 
ancha murakkab bo„lgan tuzilishda koferensiyaning barcha 
ishtirokchilari ikki tomonlama video va audioaloqadan 
foydalanadilar. 
Videomatn. 
Monitor ekranida matnli va grafik ma‟lumotlar tasvirini 
olish  uchun  kompyuterni  qo„llashga  asoslangan.  Qaror  qabul  qiluvchi 
shaxslar  uchun  axborotni  videomatn  ko„rinishida  olishning  uch  xil 
imkoniyati mavjud: 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
123 
 
 
o„z shaxsiy kompyuterlarida videomatn fayllarini yaratish; 
 
maxsuslashtirilgan kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan 
videomatn fayllariga kirish huquqini olish uchun shartnoma 
tuzish. Sotish uchun mo„ljallangan bunday fayllar kompaniyaning 
mos xizmatini ko„rsatuvchi serverlarida saqlanishi yoki optik 
disklarda taqdim etilishi mumkin; 
 
boshqa korxonalar bilan ularning videomatn fayllariga kirishga 
ruxsat olish uchun shartnomalar tuzish. 
Korxonalar  o„rtasida  o„z  mahsulotlarining  kataloglari  va  narxlari 
bilan  videomatnli  ko„rinishda  almashish  ommaviylashib  bormoqda. 
Videomatn  savdosi  bilan  shug„ullanayotgan  kompaniyalar  xizmati 
gazeta  va  jurnallar  bilan  raqobatlasha  bormoqdalar.  Hozirgi  kunda 
ko„plab  davlatlarda  gazeta  va  jurnallarning  videomatn  shakliga 
buyurtma  berish  mumkin  (birja  axborotlarining  joriy  holati  haqida 
gapirmasa ham bo„ladi). 
Faksimil  aloqasi. 
Bunday  aloqa  kommunikatsion  kanalning  bir 
boshida  hujjatni  o„qish  va  uning  tasvirini  ikkinchi  boshida  tasvirlash 
imkoniyatiga ega bo„lgan faks-apparatni qo„llashga asoslangan. 
Faksimil aloqasi ishtirokchilarning geografik holatidan qat‟iy nazar, 
muammoni  hal  qilayotgan  ishtirokchi  guruhlarga  qaror  qabul  qilishda 
hujjatlarni tez va oson tarqatishda o„z hissasini qo„shmoqda. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish