Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/145
Sana02.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#310869
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   145
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

CASE-texnologiya
 
deyilganda,  dasturiy  ta‟minotni  yaratish  va 
boshqarish  jarayonlarini  ta‟minlovchi  dasturiy  vositalar  kompleksi 
tushuniladi.  U  o„z  ichiga  talablarni  shakllantirish  va  tahlil  qilish, 
loyihalash, hujjatlashtirish, sifatini ta‟minlash, sinovdan o„tkazish, kodni 
generatsiyalash, tuzilmaviy boshqaruv va loyihani boshqarishni oladi. 
CASE
-texnologiyalar  axborot  tizimlarini  loyihalash  uslubiyatini, 
hamda  predmet  sohasini  ko„rgazmali  shaklda  modellashtirish 
imkoniyatini beruvchi anjomiy vositalar to„plamini ifodalaydi. Shu bilan 
birga  bu  modelni  butun  loyihalash  bosqichlarida  tahlil  qiladi,  axborot 
tizimini  boshqaradi  va  foydalanuvchi  talablariga  mos  ravishda 
ilovalarini  ishlab  chiqadi. 
CASE
-vositalarning  ko„pgina  qismi  tizim  va 
dasturiy  vositalarning  dinamik  holatini,  tizimning  modellari  o„rtasidagi 
bog„lanishlarni,  diagramma  yoki  matn  ko„rinishida  tashqi  talablarni 
bayon  etish  uchun  tarkibiy  (asosan)  yoki  tahlil  va  yo„naltirilgan 
loyihalash  uslublarini  qo„llaydi.  Tahlillar  natijalariga  ko„ra, 
CASE

texnologiya  axborot  texnlogiyalarining  izchil  turiga  kiradi. 
CASE

vositalarni har qanday vosita kabi, qo„llay olish zarur. Noto„g„ri tadbiq 
qilish  ko„plab  noqulayliklar  keltirib  chiqarishi  mumkin.  Shu  sababli, 
quyidagilarni ko„rsatib o„tish mumkin: 
1.
 
CASE
-vositalar tezda samara bermasligi, bir oz vaqt o„tgandan 
so„ng natija olinishi mumkin; 
2.
 
CASE
-vositalarni tadbiq qilishga sarflangan real harajatlar odatda 
ularni sotib olish harajatlaridan ancha ortiq bo„ladi; 
3.
 
CASE
-vositalar tadbiq qilish jarayoni samarali amalga 
oshirilgandan so„ng sezilarli darajadagi natijalarni olish 
imkoniyatini ta‟minlaydi. 
CASE
-vositalarni tanlash va baholashning asosiy cheklanishlari 
quyidagilardan iborat: 
1)
 
funksional tavsiflari: 
a.
 
bajarilish muhiti: loyihaviy muhiti, dasturiy ta‟minot, texnik 
vositalar, texnologik muhit; 
b.
 
hayot sikli fazasiga yo„naltirilgan funksiyalari: modellashtirish, 
amalga oshirish, sinovdan o„tkazish; 
c.
 
umumiy funksiyalari: hujjatlashtirilganlik, konfiguratsiyani 
boshqarish, loyihani boshqarish. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
91 
 
2)
 
ishonchlilik; 
3)
 
foydalanishning soddaligi; 
4)
 
samaradorlik; 
5)
 
kuzatuvchanlik; 
6)
 
ko„chiruvchanlik; 
7)
 
umumiy cheklanishlar (narxi, sarf-harajat, tadbiq etish samarasi, 
ta‟minotchi tavsiflari). 
Zamonaviy 
CASE
-vositalar  axborot  tizimlarini  loyihalashning 
ko„plab  texnologiyalarini  qamrab  olgan:  sodda  tahlil  va  hujjatlashtirish 
vositalaridan  dasturiy  ta‟minotning  butun  hayot  siklini  qamrab  olgan 
avtomatlashtirish vositalarigacha. 
Axborot tizimlarini ishlab chiqishda eng ko„p mehnat talab qiluvchi 
bosqichi  loyihalash  va  tahlil  qilish  hisoblanadi. 
CASE
-vositalar  texnik 
qarorlarni qabul qilish va loyiha hujjatlarini tayyorlash jarayonda sifatni 
ta‟minlaydi.  Bunda  axborotlarni  vizual  taqdim  etish  usullari  katta 
ahamiyatga 
ega. 
Modellashtirishning 
grafik 
vositalari 
ishlab 
chiquvchilarga  mavjud  axborot  tizimini  ko„rgazmali  shaklda  o„rganish, 
qo„yilgan  maqsad  va  mavjud  chegaralanishlarga  mos  ravishda  ularni 
qayta  qurish  imkonini  beradi.  Zamonaviy 
CASE
-vositalar  injinering 
(dasturiy  tizimni  ishlab  chiqish)  va  avtomatlashtirilgan  reinjinering 
(dasturiy tizim boshlang„ich modelini tiklash) jarayonlarini ta‟minlaydi. 
CASE
-vositalar  toifasiga  chegaralangan  imkoniyatlarga  ega  shaxsiy 
kompyuterlar  uchun  nisbatan  arzon  tizimlar  bilan  bir  qatorda  hisoblash 
platformalari va operatsion muhitlar uchun qimmat bo„lgan tizimlar ham 
kiradi.  Zamonaviy  dasturiy  vositalar  bozorida 
300
  ga  yaqin  turli 
CASE

vositalar  mavjud  bo„lib,  ularning  eng  kuchlilari  g„arbning  yetakchi 
kompaniya  va  tashkilotlari  tomonidan  qo„llanilmoqda.  Odatda 
CASE

vositalarga  dasturiy  ta‟minot  hayot  siklining  u  yoki  bu  mosligi 
jarayonlarini avtomatlashtiruvchi va quyidagi xususiyatlarga ega bo„lgan 
har qanday dasturiy vosita kiradi: 
 
ishlab chiquvchi bilan qulay interfeysni ta‟minlovchi va uning 
ijodiy imkoniyatlarini rivojlantiruvchi, axborot tizimini 
hujjatlashtirish va bayon etish uchun kuchli grafik vositalar; 
 
axborot tizimlarini ishlab chiqish jarayonlarining 
boshqaruvchanligini ta‟minlovchi 
CASE
-vositalar alohida 
komponentlarining integratsiyasi; 
 
maxsus yo„l bilan loyihalash metama‟lumotlarining 
(repozitoriylar) tashkillashtirilgan saqlashini qo„llash. 
Integrallashgan 
CASE
-vosita  (yoki  dasturiy  ta‟minotning  hayot 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
92 
 
siklini  to„liq  ta‟minlovchi  vositalar  to„plami)  quyidagi  komponentlarni 
o„z ichiga oladi: 
 
CASE
-vositaning asosi hisoblangan repozitoriy. U loyiha 
talqinlari va uning alohida komponentlarini saqlashni ta‟minlashi, 
guruhli ishlab chiqishda turli ishlab chiquvchilar axborotlarini 
sinxronlashtirishi, metama‟lumotlarning to„laligini va to„g„riligini 
nazorat qilishi lozim; 
 
axborot tizimi modelini tashkil qiluvchi, iyerarxik bog„langan 
diagrammalarni (
DFD

ERD
 va boshqalar) yaratish va tahrirlashni 
ta‟minlovchi tahlil qilish va loyihalashning grafik vositalari; 
 
4GL tili va kod generatorlarini o„z ichiga olgan holda ilovalarni 
ishlab chiqish vositalari; 
 
konfiguratsion boshqarish vositalari; hujjatlashtirish vositalari; 
 
testlash vositalari; 
 
loyihani boshqarish vositalari; reinjiniring vositalari. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish